Husiylarning Alloh nozil qilgan ahkomlarni tatbiq qilishayotgani qani?!

428
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Husiylarning Alloh nozil qilgan ahkomlarni tatbiq qilishayotgani qani?!

Husiylarga qarashli siyosiy bo‘lim 1999 yilgi 2 raqamli zakot haqidagi qonun loyihasiga o‘zgartish kiritdi. Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot bo‘limi o‘z bayonotida bunday dedi:

«Husiylar Islomning bu masalaga taalluqli ahkom va fikrlarini bayon qilishgani yo‘q. Biroq hamma diqqatlarini faqat katta miqdorda boylik to‘plashga qaratishdi, uning haloldan kelyaptimi yoki haromdanmi, bunga e’tibor berishmadi! Azbaroyi molga o‘chliklari ularni narsalarni boshqacha nom bilan atashga undadi».

Bayonotda mazkur qonunda kelgan muhim punktlarni qoralab bunday dedi:

«Husiylarning Alloh ahkomlarini tatbiq qilishayotgani qani?! Yoki ular Islom deganda qay yo‘l bilan bo‘lmasin faqat boylik to‘plashni tushunishadimi?!».

Bayonotda yana quyidagilar qo‘shimcha qilindi: «Husiylar odamlardan xums (beshdan biri)ni olishganini o‘tgan besh yil davomida inkor qilib kelishgan edi, bugunga kelib bu narsa oshkor bo‘ldi. Chunki ular odamlardan duch kelgancha undirib olish payiga tushishdi… Bu ularning opportunist, ochko‘zlik va dunyoparastliklarida aks etib turibdi… Go‘yo o‘tgan ummatlar ahvoli nima kechganidan ibrat olishmagandek! Alloh Taolo bunday degan:

أَفَتُؤْمِنُونَ بِبَعْضِ الْكِتَابِ وَتَكْفُرُونَ بِبَعْضٍ

«Yoki Kitobning bir qismiga ishonib, bir qismini inkor etasizlarmi?!»     [Baqara 85]».

Matbuot bayonotining so‘ngida bunday deyildi:

Islomni hayotning barcha sohasida inqilobiy ravishda to‘liq tatbiq qilishning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatisiz imkoni yo‘q. Hizb ut-Tahrir ushbu davlatni barpo etish uchun faoliyat olib borib, ushbu imon va hikmat ahli bo‘lgan yamanliklarni ushbu faoliyatni birgalikda ado etishga da’vat qilmoqda. Rosululloh ﷺ marhamat qiladilar:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi».

Roya gazetasining 2020 yil 24 iyun chorshanba kungi 292-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.