Islom bir butundir, uning ahkomlari bo‘lingan holda tatbiq qilinmaydi!

92
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islom bir butundir, uning ahkomlari bo‘lingan holda tatbiq qilinmaydi!

«Anbau Turkiya» agentligi veb-sayti (hijriy 1441 yil 23 shavvol, milodiy 2020 yil 14 iyun yakshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Yakshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan krizislardan chiqishimizning kaliti islom iqtisodidir», dedi.

Erdoganning bu so‘zlari Istanbulda bo‘lib o‘tgan Islom iqtisodiyoti va moliyasi bo‘yicha o‘n ikkinchi Xalqaro konferentsiya chog‘ida yangradi.

Erdogan shu so‘zlarni aytar ekan, «Istanbul qit’alar va madaniyatlarning chorrahasida joylashgan, shuning uchun biz bu shahrimizni islomiy iqtisod va moliya markaziga aylantirmoqchimiz», dedi.

U yana «Turkiya uzun yillardan beri bugungi iqtisodiy nizomni o‘zgartirishga chaqirib keladi, chunki bu tuzumlar bilan adolat o‘rnatish va boyliklarni insoniyat o‘rtasida adolat bilan taqsimlashning imkoni yo‘q, shu sababdan protsentsiz islomiy iqtisod nizomini tatbiq qilishga da’vat qilamiz», deya qo‘shimcha qildi.

Keyin Erdogan «Islomiy banklar muvaffaqiyatli banklar bo‘lib, ko‘plab yirik davlatlarni va Jahon Savdo Tashkilotini o‘ziga jalb qilgani»ni ta’kidladi.

Roya gazetasi sharhi:

Erdogan islomiy iqtisod nizomiga kapitalistik ilmoniy tizimidan turib chaqiryapti. Birinchidan, chaqiriq boshqa, tatbiq qilish boshqa. Bu Erdogan faqat chaqiryapti, biroq islomiy iqtisod nizomidan atigi bitta hukmni ham tatbiq qilayotgani yo‘q. Ikkinchidan, Islom nizomini to‘liq tatbiq qilmasdan islomiy iqtisod nizomini qanday tatbiq qilish mumkin, axir?! Uchinchidan, ilmoniy davlat o‘z e’tiqodiga zid nizomni qanday tatbiq qilsin yoki tatbiq qilishga rozi bo‘ladimi?! Islom sistemasi, undan balqib chiqqan barcha nizomlari bilan Islom sistemasidir, faqat uning islomiy iqtisod nizomigina insoniyat duch kelgan va duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning echa olmaydi. Shuning uchun bizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy… barcha muammolardan qutulmoqchi bo‘lgan har bir kishiga aytar so‘zimiz: Echim Islomdadir, boshqasida emas.

Roya gazetasining 2020 yil 24 iyun chorshanba kungi 292-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.