Iqtisodning buzilishi va qashshoqlikning ortishi kapitalistik hazoratning oqibatlaridir

359
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Iqtisodning buzilishi va qashshoqlikning ortishi kapitalistik hazoratning oqibatlaridir

Frantsiyaning statistika va tadqiqotlar instituti ma’lum qiladi:

«Koronavirus pandemiyasining Frantsiya iqtisodiyotiga ta’sir qilishi sababli mamlakatdagi mehnat bozorida joriy yilning birinchi choragida yarim million ish joyi yo‘qotilgan. (Frans 24, 2020 yil 6 iyun). Institutning 2020 yil 27 mayda  ma’lum qilishicha, shu yilning birinchi choragida ichki ishlab chiqarish 5.8 % nisbat bilan keskin pasayib ketgan. Vaholanki, joriy yilning ikkinchi choragida bu ko‘rsatkich 20 %ni qayd etishi kerak edi. Institut Frantsiyaning 2020 yilgi iqtisodiyotida 8 % qisqarish yuz berishini taxmin qildi. Karantin to‘xtatilishi ortidan iqtisodiy tanazzul bir oz ko‘tarilgandek bo‘ldi, biroq u koronavirusdan oldingi holati darajasiga aslo ko‘tarila olmaydigan ko‘rinadi. AQSh va Evropadagi statistika institutlari tadqiqot olib borib, dunyoning eng kuchli iqtisodiyotining koronavirus krizisidan so‘ng ham vaziyati yomon bo‘lajagini aytmoqda.

Shu bilan birga, BMTga qarashli Butunjahon Rivojlanish iqtisodiyoti tadqiqot instituti 2020 yil 12 iyun kuni dunyoda qashshoqlik darajasining ortayotganini nashr qilib, qashshoqlik chegarasida bir necha ehtimollar kutilayotganini aytdi. Ayni ehtimollardan biri Jahon Banki kambag‘allikning kuniga 5.5 dollardan yoki undan past yashash chegarasidan, kuniga eng past yashash chegarasiga, ya’ni, 1.9 dollarga tushib ketishini ko‘rish mumkin. Hozirda, aholi jon hisobiga tushadigan daromadning yoki iste’molning 20 %ga pastlab ketishi ehtimoli yuqori darajada bo‘lib turgan bir paytda, g‘oyat qashshoqlikda yashovchi insonlar soni 1.12 milliardga ko‘tarilib ketishi ehtimoli yuqori bo‘lib turibdi. Agar 5.5 dollar miqdoridagi o‘rtacha daromadli davlatlar orasida mana shu pastlash kuzatiladigan bo‘lsa, u holda, 3.7 milliarddan ortiq inson, ya’ni, dunyo aholisining yarmidan ko‘pi qashshoqlik chegarasidan pastda yashashi mumkin bo‘ladi. Agar hukumatlar harakat qilmasalar hamda kambag‘allar duch keladigan kunlik yo‘qotishlarni qoplashga zudlik bilan harakat qilmasalar, dunyodagi eng qashshoq odamlarni kelajakda juda ham qora kunlar kutmoqda. G‘oyat qashshoqlikka tushib qolish xavfi bo‘lgan odamlar soni eng ko‘p mintaqa Janubiy Osiyo bo‘ladi. Janubiy Osiyoda bu borada aholisi zich joylashgan Hindiston birinchi o‘rinda, undan keyin taxminan uchdan bir qismi o‘suvchi Janubiy Afrika turadi».

Roya gazetasi sharhi:

Dunyo davlatlaridagi ushbu iqtisodiy krizislar va tobora ortib borayotgan qashshoqlik holatlarini diqqat bilan kuzatgan kishi, bular asosan, nosoz kapitalistik tuzumning tatbiq qilinishi oqibatida yuzaga kelganini guvoh bo‘ladi. Yana shunga ham amin bo‘ladiki, koronavirus krizisi kapitalistik tuzumning buzuqligini fosh etdi hamda butun dunyoni o‘z domiga tortayotgan krizislarga qarshi kurashish qobiliyati bu tuzumda yo‘qligini, zotan, bu krizislarga shu tuzum sababchi ekanini ochib tashladi. O‘z navbatida, bu yirik kapitalistik davlatlardagi iqtisodiyotlarning – xabarda aytilganidek –  emirilishga olib kelmoqda. Kapitalistik davlatlarga qaram yoki ularning ta’siri doirasida bo‘lgan kichik davlatlarda esa, qashshoqlik tobora kuchayib bormoqda. Bizning aytar so‘zimiz shuki, birin-ketin uzilmay kelayotgan bu krizislardan butun insoniyatning qutulishiga va o‘z yurtlari boyliklaridan bahramand bo‘lib, rohat-farog‘atda, farovon hayot kechirishiga faqat bitta chora bor. U ham bo‘lsa, insoniyat Islom tuzumi va davlati soyasida yashamog‘i, Islomning odil iqtisodi tuzumi tatbiq etilmog‘i darkor… Chunki Islom tuzumigina qashshoqlikni yo‘q qiladi va har qanday favqulodda krizisga to‘g‘ri echim beradi. Bu esa, Robbul olaminning vahisini tatbiq qilish bilan bo‘ladi:

﴿أَلا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ﴾

«Yaratgan zot (o‘zi yo‘qdan bor qilgan narsalarini) bilmasmi, (axir) U mehribon (har narsadan) xabardordir» [Mulk 14]

Roya gazetasining 2020 yil 17 iyun chorshanba kungi 292-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.