Parad: virus, siyosat…

400
0

Parad: virus, siyosat…

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan paradda ishtirok etish uchun Moskvaga borgan Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov mazkur paradda qatnasha olmadi. Rasmiy xabarda aytilishicha, Jeenbekov bilan birga Moskvaga borgan prezident ma’muriyati xodimi Daniyar Sidiqov va tansoqchilardan birida koronavirus aniqlangani ortidan mana shunday holat yuzaga kelgan.

Tahlil: Rossiyaning Qirg‘iziston prezidentiga ko‘rsatgan muomalasi har tomondan har turli tahlillarga sabab bo‘ldi. Putin Qirg‘iziston prezidentini atayin haqorat qildimi yoki bu Qirg‘iziston prezidentining xalqaro siyosat oldida o‘zini nochor, bechora qilib ko‘rsatishdagi navbatdagi chiqishimi? Tahlillar faqat shu fikrlar atrofida borishi mumkin.

Har ikki holatda ham bu ish Putin tomonidan atayin yoki kelishilgan holda uyushtirildi. Aks holda bu ish Putin rejimiga qarshi atayin sobotaj deb qabul qilingan bo‘lar edi. Bunday bo‘lmadi. Aksincha, Putin paradda qatnashmagan Jiyanbekov bilan telefonda muzokara o‘tkazdi. Saylov oldidan Jiyanbekov Rossiyaga itoatsizlik qila olmaydi.

Qirg‘izistonda g‘arbparast kuchlar paydo bo‘lib, rossiyaparast siyosiy doira zaiflashib bo‘shatib kelyotgan pozitsiyalarni egallab borayapti. G‘arbparast kuchlar mamlakatda siyosiy quvvatga ega bo‘lishlari uchun demokratik qadriyatlar rioya qilinishi va ilmoniy dunyoqarashdagi inson huquqlari himoya qilingan muhit bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Qirg‘izistonda G‘arb hazorati uchun qulay muhit paydo bo‘lib, g‘arbparast kuchlar saylovda undan foydalinishmoqchi edi. Lekin koronavirus pandemiyasi Jeenbekov komandasi uchun juda qo‘l kelib turibdi.

Fovqulodda holat rejimi paytida demokratik qadriyatlar chetga suriladi, inson huquqlari cheklanadi. Qirg‘iziston hukumati bu vaziyatga mahkam tirmashib, fuqorolar ishonchiga zid borishayotganini bilishsa ham, hamda virusga chalinganlar soni kritik nuqtaga etmagan bo‘lsa ham, shuningdek virusdan o‘layotganlar vahimali darajada bo‘lmasa ham, fovqulodda holatni bekor qila olmaydi! Hozir etakchi guruhning vakillari va unga itoatda bo‘lgan xizmatchi qatlam vakillarining o‘zlari kasallar ro‘yxatini to‘ldirishga kirishishdi. Har bir tashkilotga maxfiy topshiriq yuklatilganidek, har bir soha vakillari o‘zidan bir necha odamni virusga chalindi deb e’lon qila boshladi. Prezident aparatining o‘zi ham ularga o‘rnak bo‘lib boryapti.

Demak Qirg‘izistonda siyosiy vaziyat keskinlashib boryapti. Jeenbekov Rossiyada o‘zining yaqin atrofidan virus topilganini olamga oshkora qilish orqali o‘zini Rossiya bilan tarafi bir va maqsadi bir qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan ish prezident va mamlakat uchun sharmandali bo‘lishiga e’tibor ham bermadi.

Hozircha Putinga yana nimalar va’da qilingani ma’lum emas, lekin kutilayotgan parlament saylovi prezident ortida turgan etakchi guruhning hayotiy masalasi bo‘lib, unda engib chiqish uchun ular hech narsadan toyishmaydi. Pandemiya vahimasini kuchaytirish ishlari shu siyosatga aloqador ish bo‘lib, kerak bo‘lsa virusni atayin tarqatishdan ham toyishmaydi. Chunki saylov ulkan g‘irromlik bilan o‘tishi aniq. Norozi kuchlar juda ko‘p. Hokimiyat o‘zini faqat pandemiya vahimasi ortidan kuchli fovqulodda holat va karantin rejim bilan saqlab qolish mumkinligini bilgan holda bir qator taktikalar belgilab ish olib borayapti.

 Butun hokimiyatga qarashli kuchlar, matbuot organ xodimlari va mahalliy kuchlar shu tomon yo‘naltirildi. Hokimiyat endi ortga qayta olmaydi. Lekin xalqdan uzilib borayotgan bu yo‘nalish mamlakatni porox bochkasi singari keskin holatga olib boryapti. Prezident Rossiyaga suyanib xalqdan mutlaq uzilib, uni mensimay, unga hisob bermay qo‘ydi. Masalan shunchalik ko‘p siyosiy, iqtisodiy keskin holatlar yuz berib borayotganiga qaramay Jeenbekov oxirgi vaqtda biror marta xalqqa murojat qilgani yo‘q. Xalqning dardini so‘rab yoki uni sabrga chaqirib qo‘ymadi. Demak siyosiy vaziyat o‘ta keskin, vaziyatlar va vahimalar qalbaki. Keskinlashib borayotgan vaziyatlarni, xalqni karantin qilib uy qamog‘iga olish bilan stabillashtirmoqchi. Bu xom hayol uzoqqa bormaydi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.