Jeenbekov paradda ishtirok etish uchun Moskvaga uchib ketdi

443
0

Jeenbekov paradda ishtirok etish uchun Moskvaga uchib ketdi

 Sooronbay Jeenbekov Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etish uchun 23-iyunda Moskvaga uchib ketdi.

 Prezident sayti RF rahbari Vladimir Putin taklifi bilan safar tashkil etilganini xabar qildi.

 Ish safari doirasida Jeenbekov 24-iyunda Moskvaning Qizil maydonidaga harbiy paradda ishtirok etadi.

 Izoh: Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Putin bilan bo‘ladigan uchrashuvga quruq qo‘l bilan borishni lozim topmagan ko‘rinadi. Shu sababli ham 22-iyun kuni Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi shartnomani ratifikatsiya qilinishini tasdiqlovchi hujjatni imzoladi. Mazkur protokolga ko‘ra Qirg‘izistondagi Rossiya birlashgan harbiy bazasining maqomi va bo‘lish shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shimchalar kiritilgan. Protokol Qirg‘iston va Rossiya prezidentlari tomonidan 2019 yil 28 martida Bishkekda Vladimir Putinning davlat tashrifi chog‘ida imzolangan edi. 2020 yil 11-iyun kuni Jogorku Kenesh birdaniga uch o‘qishda uni qabul qildi.

 Qirg‘izistondagi prezident boshchiligidagi etakchi guruh Rossiyadan mustaqil ravishda siyosat olib borishni hayoliga ham keltirishmaydi. Shu sababli ham Rossiya nimani talab qilsa, uning buyruqlariga so‘zsiz itoat qilib kelishadi. Qirg‘iz-tojik yoki qirg‘iz-o‘zbek chegarasida bir metr joy uchun qardosh xalqalarga qarshi qurol ishlatishgacha etib boradigan “mustaqil” davlat Rossiyaga gektarlab erni qo‘sh qo‘llab topshirib yuboraverishadi. Erni berib yuborganlari etamaganidek qo‘shimchasiga “aviabazaning uchush-qo‘nish joyi Rossiyaga o‘tib ketdi, lekin uning oldidagi erlar o‘zimizda qoldi” deb bayonot berishdan ham uyalishmaydi. Og‘iz ko‘pirtirib gapirishayotgani ijara pulini undirishga kelganda esa yana Rossiyaning qosh-qovog‘iga qarab turishadi. Endilikda Rossiya 2012-yildan beri to‘lamyotgan ijara pulini yangi shartnomaga qo‘shib olinishiga umid qilishmoqda. Xalq o‘z kelajagini ishonib topshirib qo‘ygan etakchi guruhning ahvoli shundan iborat.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.