Boronov: Epidemiologik vaziyat yomonlashishi mumkin

408
0

Boronov: Epidemiologik vaziyat yomonlashishi mumkin

 Koronavirus infektsiyasi tufayli epidemiologik vaziyat yomonlashishi mumkinligiga tayyorgarlikni kuchaytirish kerak. Bu haqda bosh vazir Kubatbek Boronov 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan respublika tezkor shtabi yig‘ilishida ma’lum qildi.

 “Koronavirus bilan kasallanganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa Bishkek, Osh shaharlari va Chuy viloyatida vaziyat jiddiy. Hududlarda vaziyat nazorati bo‘yicha to‘laqonli ishlar olib borilmayapti”, – dedi Boronov.

 Kubatbek Boronov aholiga uydan chiqmasdan, masofadan turib xizmat ko‘rsatish uchun davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Bosh vazir xususiy korxonalar va davlat idoralariga masofadan ishlashga o‘tishni taklif qildi.

 Izoh: Bosh vazirlikka saylangan Kubatbek Boronov o‘z ishini xalqdan kechirim so‘rash bilan boshladi. Sobiq bosh vazir Muhamedkaliy Abilgazievni kuzatish marosimida yuzga yaqin hukumat apparati xodimlari bilan niqobsiz va “ijtimoiy masofani” saqlamagan holda ommaviy suratga tushganda epidemiologik vaziyat hayoliga ham kelmagan Boronovning yodiga yana qayta koronavirus pandemiyasi tushib qoldi.

 Koronavirus vahimasidan har bir hukumat o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga harakat qilmoqda. Masalan, karantin choralar yumshatilganidan so‘ng norozilik namoyishlari kuchayib ketgan Qozog‘iston hukumati poytaxt va yirik shaharlarni yana qayta karantinga ola boshladi. Aslida koronavirus vahimasi mustamlakachi kofir davlatlar tomonidan sun’iy ravishda ko‘pirtirildi. Bu vahima orqali ular ulkan bir loyihani tajribadan o‘tkazishdi. Bu tajriba orqali ular o‘z vujudlari va tuzumlariga tahdid paydo bo‘lgan vaqtda butun dunyo aholisini “uy qamog‘iga” tiqish imkoni bor yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rishdi. Koronavirus pandemiyasi bahonasi bilan olam bo‘ylab joriy qilingan karantin ular kutgan natijani berdi. Endilikda kofir mustamlakachilar o‘zlariga kerak bo‘lgan vaqtda koronavirus yoki boshqa “vabolar” orqali dunyo aholisini yana qayta karantinga olaverishadi.

 Ma’lumki, kapitalistik tuzumga tahdid solishi va bu tuzumni tag-tomiri bilan qo‘porib tashlashga qodir bo‘lgan yagona mabda – bu Islom mabdasi va Xalifalik davlatidir. Mustamlakachi kofir davlatlar Islom tongi ota boshlayotganini anglab etishgach, uni ortga surish yo‘lida turli makr-xiylalarni ishga solishni boshlashdi. Ammo bu mustamlakachi davlatlarning makr-xiylalari Allohning “makri” oldida arzimas va befoyda ekanligi shubhasizdir.   

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.