Hijriy 1441 yilning shavvol hilolini tekshirish natijasi va muborak ramazon hayiti tabrigi

438
0

Hijriy 1441 yilning shavvol hilolini tekshirish natijasi va muborak ramazon hayiti tabrigi

Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar, la ilaha illallohu Allohu Akbar, Allohu akbar va lillahil hamd

Bismillahir Rohmanir Rohim. Dunyo ustunlarini tutib turgan, jamiki maxluqotlar ustidan hukmron va butun olmalar Robbisi Allohga hamd bo‘lsin. Islom payg‘ambari, hijratning to‘lin oyi, davlat asoschisi, zolimlarni ogohlantiruvchi, jangohlar nabiysi, xalqlar sayyidi Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺga, u kishining ahli-oilasi va sahobalariga salavotu salomlar yog‘ilsin.

Imom Ahmad Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadiki, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytganlar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Hilolni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, hilolni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, sha’bon oyining sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar».

Bugun 2020 yil 22 may, jum’adan shanbaga o‘tar kechada shavvol hiloli kuzatilgandan keyin hilolni shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilgani ayrim islomiy yurtlarda o‘z isbotini topdi. Shunga ko‘ra, demak, ertaga shanba kuni shavvol oyining hamda muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kunidir.

Hizb ut-Tahrir muborak ramazon hayiti munosabati bilan butun Islom Ummatini muborakbod etib, o‘zining muattar, samimiy tabrigini yo‘llaydi. Har qanday sharoit bo‘lmasin, hayit marosimi bilan ulug‘langan ushbu tabrik, rostgo‘y da’vat ahlining murojaati bilan hamda Payg‘ambarlik bashoratlaridan balqib chiqqan umidlaru shodliklar bilan limmo-lim to‘lgan tabrikdir.

O‘z navbatida men ham, xossatan o‘zimning nomimdan hamda Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi va matbuot bo‘limi xodimlari nomidan Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtani muborakbod etaman. Alloh Taolodan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikning barpo bo‘lishi va Islom Ummatiga g‘oliblik berilishi to‘g‘risidagi Rosululloh ﷺning bashoratlarini amirimiz etakchiligida olib borilayotgan ushbu da’vat orqali ro‘yobga chiqarib berishini so‘rab qolamiz.

Darhaqiqat, ushbu ramazon hayiti shunday bir paytda kirib keldiki, bugungi kunda butun dunyo koronavirus pandemiyasi botqog‘iga tobora botib bormoqda, butun dunyo davlatlari, asosan ularning iblis xo‘jayinlari Amerika o‘zining yagona tashvishi va yomon tushiga aylanib qolgan bugungi «iqtisodning yopilishi muammosi»dan chiqish uchun umid uchqunini qidirmoqda. Ularning olimlari «agar iqtisodni ochadigan bo‘lsangiz kasallikdan o‘lasizlar», deyapti! Boylari esa, «agar iqtisodni yopadigan bo‘lsangizlar ochlikdan o‘lasizlar», deya javob berishyapti. Shunday qilib, dunyo davlatlari bir tarafda ochlik, ikkinchi tarafda kasallik xavfi orasida qolib, ushbu jumboqli pandemiya chakalakzorida tentirab yurishibdi. Alloh Taolo bunday dedi:

وَضَرَبَ اللَّهُ مَثَلاً قَرْيَةً كَانَتْ آمِنَةً مُّطْمَئِنَّةً يَأْتِيهَا رِزْقُهَا رَغَداً مِّن كُلِّ مَكَانٍ فَكَفَرَتْ بِأَنْعُمِ اللَّهِ فَأَذَاقَهَا اللَّهُ لِبَاسَ الْجُوعِ وَالْخَوْفِ بِمَا كَانُواْ يَصْنَعُونَ

«Alloh bir shaharni misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) edi, har tomondan rizqu ro‘zi bekamu-ko‘st kelib turar edi. Bas, (qachonki) u (ya’ni, uning aholisi) Allohning ne’matiga noshukrlik qilgach, Alloh u (shahar aholisiga) bu «xunarlari» (kufru isyonlari) sababli ocharchilik va notinchlik balosini totdirib qo‘ydi» [Nahl 112]

Ey insonlar!

Dunyo davlatlari koronavirus krizisini o‘zlarining butun dunyo ustidan hukmron, deb o‘ylashgan ilmoniy kapitalistik sistemasi asosida hal qilishmoqchi bo‘ldi. Shuning uchun bu masalani boshlanishida mensishmadi. Uning zarbasi etib kelgach esa, unga nisbatan raqamlar va statistika bo‘yicha muomala qilishdi. Bu esa, ularni har safar ishning boshiga olib kelib qo‘yaverdi. Shuningdek, ular Islom hazoratidagi Payg‘ambarlik manhaji bilan hamda kasalliklar, o‘latlar va poklik mavzulari to‘g‘risidagi ayni manhaj ta’limotlari bilan tanishib chiqmadilar. Agar tanishib chiqqanlarida edi, bu kabi pandemiyaga nisbatan munosabatda asosiy e’tibor insonga, ya’ni, uning diniga, sog‘ligiga, moliga va manfaatlariga qaratilishi kerakligini, buning uchun esa, faqat kasallik yuqtirganlar sonini ozaytirish uchun emas, balki pandemiyaning aynan o‘zini yo‘q qilish uchun sa’y-harakat qilish lozimligini bilishgan bo‘lar edi. Zero, Payg‘ambarlik minhoji shuni talab qiladiki, kasallikni eshitish bilanoq yurt ichkarisi geografik izolyatsiyaga olinib, kasallik tarqalgan mintaqalar bilan tarqalmagan mintaqalar o‘rtasida harakatlanish taqiqlanadi. So‘ng kasallarni sog‘lardan ajratib qo‘yiladi, virus tarqalmagan mintaqalardagi hayot to‘xtatib qo‘yilmay, davom ettiriladi. Shuningdek, kasallarning barchasiga davlat hisobidan bepul yordam ko‘rsatilib, to kasallikni «nol holati»ga qaytarilmaguncha pandemiya olovini jilovlash harakatlari davom ettiriladi. Mamlakatni bira to‘la yoki qisman ochib ham, yopib ham qo‘yilmaydi. Shuningdek, qisman yoki to‘liq shakldagi komendantlik soatlari joriy qilinmaydi. Chunki bu choralar odamlarning o‘zaro aralashishi bilan kasallikning yana tarqalish holatini biroz kechiktirib turadi, xolos.

Garchi G‘arbdagi va yurtlarimizdagi ko‘plab ommaviy axborot vositalari davlatlar e’tiborini Islomdagi mazkur Payg‘ambarlik minhojiga qaratishgan bo‘lsa ham, shuningdek, Islom hazorati G‘arb hazoratidan ko‘hna hisoblansa ham, biroq G‘arb Islomni yordamga chaqirdiyu, ammo undagi yaxshiliklarni eshitishni istamadi va Parvardigorini unutib, o‘z qismatiga yuzma-yuz kelishni tanladi! Alloh Taolo aytadi:

فَلَمَّا نَسُواْ مَا ذُكِّرُواْ بِهِ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَابَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّى إِذَا فَرِحُواْ بِمَا أُوتُواْ أَخَذْنَاهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ

«Endi — o‘zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik. Qachonki o‘zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida, ularni to‘satdan ushladik. Bas, butunlay nomurod bo‘ldilar» [An’om 44]

Ey musulmonlar!

Mana, sizlarga masjidlarda namoz o‘qish taqiqlangan holda, tarovih oyi ham tugadi! Bu oyda sizlar uchun Allohning uylari ochib berilmadi! Nega, chunki hukmdorlaringiz G‘arbga tobe, G‘arb esa, na diningizga e’tibor beradi, na shariatingizga. Ularning barchasi ibodatlarni muhim, deb hisoblashmaydi, balki ular uchun hammasidan banklar va bozorlar muhim! Hatto bu malay hukmdorlar Islomga aloqador bo‘lgan har bir narsaga eng oxirgi darajada qarashni o‘rganishdi va natijada bir zumda masjidlarni yopib tashlashdan boshqa narsani bilishmadi, ularni virusdan himoyalanish choralarini ko‘rgan holda ochish mumkinligi haqida o‘ylab ham ko‘rishmadi. Vaholanki, boshqa joylarni virusdan saqlanish choralarini ko‘rgan holda ochganlari kabi, masjidlarni ham ochishlari mumkin edi! Saroy ulamolari o‘z fatvolari bilan qurollanishda hukmdorlarni ham dog‘da qoldirishdi. Chunki ular sizga bosim o‘tkazilishiga ruxsat beruvchi fatvolar chiqarib berishdi. Hatto ular Allohning uylarini ochish harom, deyishdan ham qo‘rqishmadi! Alloh Taolo bunday deydi:

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَاجِدَ اللَّهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ

«Allohning masjidlarini ularda Alloh ismi zikr qilinishidan to‘sadigan va ularni xarob qilish harakatida yuradigan kimsalardan ham zolimroq kim bor?» [Baqara 114]

Ey insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat!

Ulamolarning masjidlarga borishni taqiqlashga jur’at qilishi Ummat tarixida yuz bergan emas! Rosululloh ﷺ payg‘ambar qilib yuborilganidan boshlab, Islom Ummatiga masjidlarda namoz o‘qish taqiqlangan birinchi ramazon shu yilgi ramazon bo‘ldi. Yuz bergan shuncha ishlar soni ikki milliardga etgan Ummatning ushbu badbo‘y xalqaro nizomni o‘zgartirishi va uni Islom nizomiga almashtirishi uchun etarli emasmi?!

Ha, Allohga qasamki, tez vaqt ichida Xalifalik davlatini barpo etmog‘ingiz uchun bular etarlidir. Davlatlar zulmidan ezilgan G‘arb xalqlariga yuzlanib, ularga Allohning omonatini etkazishingiz uchun yuz bergan ushbu ishlar ortig‘i bilan etarlidir. Zero, Allohning ushbu omonati Islom dini bo‘lib, u butun bashariyatni qutqarishga qodirdir. Alloh Taolo bunday dedi:

وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطاً لِّتَكُونُواْ شُهَدَاء عَلَى النَّاسِ

«Shuningdek (ya’ni haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz uchun vasat (adolatli) ummat qildik» [Baqara 143]

Ey dunyoning barcha eridagi musulmonlar!

Hizb ut-Tahrir sizni Alloh Taoloning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlarini o‘rtaga qo‘yib, yorqin fikr bilan va dunyodagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib da’vat qiladi: Keling, Islom farzlarining toji bo‘lgan Xalifalik davlatini barpo qilaylik, keling, qayta insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga aylanaylik.

Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar, la ilaha illallohu Allohu Akbar, Allohu Akbar va lillahil hamd.

Ramazon hayitingiz qutlug‘ bo‘lsin.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Shanbaga o‘tar kecha, hijriy 1441 yilning shavvol oyining birinchi kuni

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.