Masala – koronavirusda ham, iqtisodiy krizisda ham emas

99
0

Masala – koronavirusda ham, iqtisodiy krizisda ham emas

Balki rejim va uning ortidagi elitaning korruptsiyasi va o‘zini bilmaslikka olishidir!

Qarshimizga bu texnokrat hukumatning sog‘liqni saqlash vazirligi chiqib, navbatdagi 36ta koronavirusdan zararlanish holati qayd etilganini, bu bilan kasallikka chalinganlar hammasi bo‘lib 846 nafarga etganini bildirdi. Jumladan, sog‘liqni saqlash vaziri Hamd Hasan bunday bayonot berdi: «Livan davlati tomonidan chet eldan olib kelingan fuqarolarimiz majburiy karantinga amal qilmay, o‘z oilalari va yaqinlariga kasallik yuqtirishdi»! Yana bunday dedi: «Bir vaqtning o‘zida, yurt ichidagi umumiy tibbiy nazoratdagilarning qochish holatlari qayd etildi. Bu esa, mamlakat ichkarisida 48 soatda 11 nafar koronavirus yuqtirish holati yuz berishiga olib keldi. Ushbu salbiy ko‘rsatkich bizni yana avvalgi holatga qaytarib, xorijdan kelganlarda va Livan jamiyati ichida ko‘ringan holatlarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi». Vazir shularni aytarkan «shafqatsiz choralar ko‘rish»ni ta’kidladi!

Biz sog‘liqni saqlash vaziri va uning ortidagi siyosiy elitadan «ularni xorijdan olib kelishga sizlarni kim majbur qildi»?! deya savol beramiz. Axir, koronavirus tarqalishi tabiatini kuzatayotgan har qanday inson bu kasallikka chalinganlarning qaerda bo‘lsa-o‘sha erda qolishi lozimligini va boshqa mamlakatga ko‘chmasligi kerakligini, aks holda, kasallik yuqtiruvchi manbaga aylanishini yaxshi biladi. Bizning bir chetga uloqtirib yuborganingiz pokiza shariatimiz ham shunga targ‘ib qiladi. Masalan, Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu Rosululloh ﷺning o‘lat kasalligi haqidagi so‘zlarini eshitganini aytib, bunday deydi: Men Rosululloh ﷺning bunday deganlarini eshitgandim:

«إذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأرْضٍ، فلاَ تَقْدمُوا عَلَيْهِ، وإذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا، فَلا تخْرُجُوا فِرَارًا مِنْهُ»

«Qachon biror erda o‘lat chiqqanini eshitsangiz, u erga bormang. Agar sizlar turgan erda chiqsa, o‘latdan qochib u erdan ketmang». (Muttafaqun alayhi).

Sizlar bo‘lsa, na hokimiyat vakillari sifatida insonlar manfaatiga xizmat qiladigan biror qaror chiqardingiz va na siyosatchilar sifatida ularning ishlarini boshqarish vazifangizni ado etib, biror ilmiy nazariyaga yoki shar’iy ahkomga ergashdingiz… Bas, qaysi qonun-qoida bo‘yicha ketyapsizlar?!

Hech shubha yo‘qki, sizlar o‘zingizdan oldingi, hozirgi va keyingi kasbdoshlaringiz yo‘lidan ketyapsizlar. Bu mansabparastlik va siyosiy tanish-bilishchilik yo‘lidir. Buning ma’nosi esa, qaroqchilik, talonchilik… demakdir. Endi ularning bu illatlarga xorijdan qaytarilayotgan va qaytarilmayotgan har bir fuqaro ahvoliga panja orasidan qarash illatini ham qo‘shishimiz mumkin… Suf sizlarga hamda bunday yo‘l-yo‘riq va siyosatlaringizga!

Keyin sog‘liqni saqlash vaziri uylarida qolayotgan fuqarolarga karantin engillashganda ishga chiqish mumkinligini aytib, hasrat qildi!

Ey vazir janoblari! Aftidan, sen uydan chiqarilmayotgan fuqarolarni – uylari pullarga va oziq-ovqatlarga to‘la, asosiy, hatto kamoliy ehtiyojlari to‘liq qondirilgan, shuning uchun ular uylaridan o‘ynab-kulib, xotirjam ishga chiqaverishlari mumkin, deb o‘ylaysan shekilli?! Yoki sen hukumating tomonidan har bir oila uchun tarqatilgan yuz ming lira ularni o‘zlariyu avlodlarigacha etadigan qilib boyitib yubordi, endi ishlarga va peshona teri to‘kib oila boqishga ham muhtoj emaslar, deb o‘ylayapsanmi? Ma’lumki, bu yurtda chaqaloqlarning bir quti suti 70 ming liragacha qimmatlab ketgan.

Sen biz bilan shu yurtda, shu insonlar bilan yashayapsanmi o‘zi? Mazkur gapni gapirayotganingda yuzlaringda butunlay begonalik ko‘rinyapti!

Ey vazir va uning ortida turganlar!

Yo‘qchilik odamlarni tinkasini quritdi, cho‘ntaklaridagi pulni deyarli tugatdi, agar cho‘ntaklariga pul kirgan bo‘lsa albatta. Sening hokimiyating ularning banklardagi omonatlarini ham yopib qo‘ydi, agar u erda omonatlari bo‘lsa albatta. Korruptsiyachilarga esa, pullarini xorijga olib chiqib joylashlariga qo‘yib berdi, lira kursini tushirib, dollar kursini ko‘tarish siyosatini qo‘llash orqali odamlar moli bilan o‘yin qilmoqda… Narxlarning o‘rtacha o‘sishi 58 %dan ortib ketdi. Davlating na chayqovchilarni jazoga tortyapti, na odamlarga asosiy tovarlarni etkazib berdi va na ko‘plab buzuq-haromxo‘r savdogarlar qo‘liga bolta urdi.

O‘zingni bos, oddiy insonlarga qarshi shafqatsiz choralar qo‘llash bilan tahdid qilishga shoshilma, bu bilan olovga moy sepyapsan. Buning o‘rniga, g‘amxo‘rlik qilsang, umuman siyosiy sohada, ayniqsa, o‘z sohang bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasida o‘zingning vazifang bilan shug‘ullansang bo‘lardi.

Qara, nima qilding, xorijdagi fuqarolarni yurtga qaytarding va yurtda bemalol yurishlariga qasddan qo‘yib berding!! Buning o‘rniga, ularni qaysi davlatda ishlayotgan bo‘lsalar, o‘sha erda muolajalari uchun mablag‘ bilan ta’minlasang, so‘ng sog‘ayganlaridan so‘ng yurtlariga olib kelsang bo‘lar edi, shunda o‘zlari ham, oilalari ham virusdan omon qolgan bo‘lar edilar.

Karantin siyosatingga bir boq… o‘zingga o‘xshaganlar bilan birgalikda bu siyosatni G‘arbdan olding, uning o‘z fuqarolarini boshqarishidan nusxa ko‘chirding. Bu yurtdagi odamlar ahvoliga qaramading, ularning ishlariga hech kim e’tibor bermayotgani qaramading, axir ular faqat soliq to‘lash bilan ovora va tinmay talon-toroj qilinyaptilar. Hech kimimiz soxta «Fuel» yoqilg‘isi mojarosini unutganimiz yo‘q, hali.

Bor, tahdidingni anavi hokimiyatingga va texnokrat hukumatingga qil. Bu hukumating o‘z muammosini ko‘proq riboli qarz olish bilan hal qilmoqchi bo‘lyapti, ammo bu safar kreditlarni Xalqaro Valyuta Fondidek bir ajdahodan olmoqchi… o‘shandan hisob so‘ra, o‘shanga tahdid qil. U tovarlardan davlat qo‘llab-quvvatlovini olib tashlayapti, valyutani erkinlashtiryapti, soliqlarni oshiryapti… Bularni ilmiy yoki shar’iy nuqtai nazardan emas, balki shafqat bilmas mana shu Xalqaro Valyuta Fondining ko‘rsatmalariga binoan qilmoqda.

Koronavirusga chalinish holatlari ko‘payar ekan, biz sendan va hukumatingdan xorijdagi fuqarolarni qaytarib kelish va mutlaq karantin joriy qilish bo‘yicha qilgan xato qarorlaring uchun odamlardan uzr so‘raydi, deb kutgandik. Biroq aftidan, sen va hokimiyating virus yuqish holatining vaqtincha to‘xtaganidan hovliqib, g‘ururlanib ketgan ko‘rinasanlar… Sen o‘z hokimiyatingdan korruptsiyachiligi va ahmoqona qarorlari uchun hisob so‘rash o‘rniga, olti million aholiga murojaat qilib, uylaringda o‘tirlaring, deya tahdid qilding.

Rosululloh ﷺ bunday deya naqadar haq so‘zladilar:

«إنَّ مِمَّا أَدْرَكَ النَّاسُ مِنْ كَلَامِ النُّبُوَّةِ الْأُولَى: إذَا لَمْ تَسْتَحْيِ فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ»

«Odamlarga etib kelgan payg‘ambarlikning ilk so‘zlaridan biri: uyalmasang, xohlaganingni qilaver, degan so‘zdir». (Buxoriy rivyati).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.