Livan Xalqaro Valyuta Fondining kundasiga boshini qo‘yib berdi

86
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Livan Xalqaro Valyuta Fondining kundasiga boshini qo‘yib berdi

Ustoz Abdullitif Douq

Hizb ut-Tahrirning Livandagi

matbuot bo‘limi raisi o‘rinbosari

Livan o‘nlab yildan beri yaxshi obro‘ qozonmagani etmagandek hamda muvaffaqiyatsizligidan shu vaqtgacha davlatni qutqarish qo‘lidan kelmagani kamlik qilganidek, endi Xalqaro Valyuta Fondiga borib, 15 milliard dollar qarz so‘radi. Qarz evaziga Livan davlati shu Fond buyurgan qonun-qoidalarni yurtda tatbiq qiladigan bo‘ldi. Jumladan, davlatning asosiy resurslardan qo‘llab-quvvatlovni olishi, odamlarga soliqlarni oshirishi, Livan lirasi kursini o‘zgartirib turishi yoki ayirboshlashni barqarorlashtirish siyosatini to‘xtatishi kabi. Agar ayirboshlashni barqarorlashtirish siyosati to‘xtatilsa, bu narsa hukumat tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog‘ozlarga ko‘ra, lirani o‘z qiymatining 57 foizidan ko‘prog‘ini yo‘qotishiga olib keladi. Ushbu siyosatlarning barchasi qashshoqlikka olib keladi yoki uni murakkablashtiradi. Bu shuningdek, muvaffaqiyatsizlikdagi davlat javobgarligini oddiy odamlarga yuklaydi.

2019 yil 17 oktyabrda bir dollar 1508 lira bo‘lib turgandan so‘ng bugun bozordagi lira kursi 65 %ga tushib ketdi. Chunki AQSh dollari liraga nisbatan ko‘tarilib, bir dollar bahosi 4400 atrofida bo‘lib qoldi, so‘ng yana 3550ga qaytdi. Bunday keskin ko‘tarilish ko‘chalarda qo‘zg‘olon kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Zero, hukumat o‘zining koronavirus tarqalishi krizisini nazorat ostiga olish urinishlari doirasida yurt ahliga qarshi zolimona qarorlar qabul qilayotgan edi.

Masalan, Livan rejimi odamlarni uyda o‘tirishga buyurdi. Ammo evaziga hech qanday yordam taqdim etmadi… Ularni oila tebratish uchun ko‘chaga chiqishini taqiqladi, Lekin na biror motivatsion reja taqdim etdi, na soliq imtiyozlari berdi. Bor-yo‘q qilgan ishi qop-qop quruq va’dalar berish bo‘ldi, xolos.

Liraning bu darajada qulashi oqibatida odamlar oylik ish haqi va pensiyalarining qiymatidan mahrum bo‘ldilar.

Alaloqibat, norozilik namoyishlari boshlanib, hech qanday mazhabiy farqsiz hamma ko‘chaga chiqdi. Biroq, bu krizis Tripoli ahliga har qachongidan kuchli ta’sir ko‘rsatgani hamda davlatning xalqqa nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishi sababli namoyishchilar bilan Livan qo‘shinlari o‘rtasida keskin to‘qnashuv kelib chiqdi… To‘qnashuvda namoyishchilar banklarga o‘t qo‘yishdi. Ta’kidlash joizki, ilgari bosh vazir Hasson Diab ayblov toshini Livan markaziy banki boshqaruvchisi bankir Riyoz Salomaga otishga uringan va bu Eron Hizbining umumiy ko‘rsatmasi bilan bo‘lgan edi. Zotan, bu Hizb Riyoz Salomani ayblash sababli yo‘qotayotgan o‘z xalqchilligini tiklashga urinmoqda.

Biroq, zo‘ravonliklar kuchayishi oqibatida barcha pozitsiyalar har qachongidan ham batamom o‘zgardi. Misol uchun, bir tomondan respublika prezidenti Jubron Bosil o‘z partiyasi nomidan – javobgarlik markaziy bank boshqaruvchisiga tushmaydi, dedi. Boshqa tomondan vakillar palatasi spikeri ham markaziy bank boshqaruvchisining javobgarlikka tortilishiga batamom qarshi chiqdi. Hatto Eron Hizbi ham o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, uning rahbari muovini markaziy bank boshqaruvchisi masalasini ko‘cha namoyishchilari emas, balki faqat hukumat ichkarisidagilar ko‘rishi kerak, dedi.

Bayonotlar shu erda to‘xtamadi, balki Livanning amaldagi rahbari sanalgan AQSh elchisi ham harakatga tushib, bosh vazirga gapirgan gaplari fosh bo‘ldi. Sizib chiqqan manbalarga ko‘ra, AQShning Bayrutdagi elchisi «o‘z hukumati yaqinda Tripolida zo‘ravonlik hodisalari bo‘lganidan, Livan rejimining yurtdagi yashash sharoitining yomonligiga qarshi norozilik namoyishi qilganlarga qarshi armiyani ishga solishga majbur bo‘lganidan norozi ekanini» bildirgan. Elchi bunday dedi: «Livan rejimi namoyishchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri armiyani qo‘yishi noto‘g‘ri. Chunki namoyishchilar hukumatdan o‘zlarining yomon turmush tarzlarini yaxshilash va mavjud qonunbuzarliklarga chek qo‘yishni talab qilganlar… Zero, armiyaning vazifasi rejimni va u erdagilarni himoya qilish emas. Armiyani xalqqa qarama-qarshi qo‘yishdan ko‘zlangan narsa hukumatning o‘z qoloqligini va ayni xususdagi vazifasini bajara olmayotganini yashirishdir. Zotan, armiyaning vazifasi butun yurtni mudofaa qilishdan iborat… Armiyaning o‘rniga, ichki xavfsizlik kuchlari xavfsizligi saqlanishiga va armiya yordamida qonunbuzarlik qilganlarning ta’qib qilinishiga bosh-qosh bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi», degan elchi. So‘ng bunday qo‘shimcha qilgan: «Amerika Qo‘shma Shtatlari yordam dasturining bir qismi sifatida Livan armiyasini uzoq vaqtdan beri qo‘llab-quvvatlab keladi. Toki, Livan armiyasi mamlakat suvereniteti va mustaqilligini mudofaa qilish hamda xavfsizlikni himoya qilishdek talab qilingan o‘z vazifasini bajarsin. Ammo bu narsa norozilik namoyishchilariga bevosita qarshi kurashish bilan bajarilmaydi».

AQSh elchisining bu gaplari faqat bir mazmunni, ya’ni, boshdan Livanni amaldagi hukmdori Amerika bo‘lib kelayotganini anglatadi. Ana, AQSh elchisining shu bayonotidan so‘ng hukumat zudlik bilan moliyaviy reja, degan narsani bajarishga va Xalqaro Valyuta Fondidan kredit talab qilishga shoshildi. Livan markaziy banki bankiriga hujumlar ham, namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishlar ham to‘xtadi… Ularga nisbatan ma’lum chora-tadbirlarga qadam qo‘yildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hukumat zo‘ravonlik qo‘llashga shoshilgan. Amerika esa, armiyadan siyosiy markaz to‘liq ishlamay qoladigan holatdagina so‘nggi chora sifatida foydalanmoqchi. Ammo bunga qadar armiya qartasini ishga solishni istamaydi.

Livandagi mavjud krizisga ketma-ket kelayotgan hokimiyat, shu jumladan hozirgi hokimiyat sababchidir. Chunki u sanoat va qishloq-xo‘jalik sektorini e’tiborsiz qoldirib, chet-eldan kelayotgan pul o‘tkazmalariga ishonib qoldi. Bu krizis Livandagi toifachilik strukturasi bilan bog‘liq krizis bo‘lib, ayni shu krizis sababli toifalar o‘rtasida siyosiy va iqtisodiy ulush talashishlar paydo bo‘lyapti hamda davlat idoralarida keng tarqalgan korruptsiya himoya qilinyapti. Shuningdek, bu kapitalistik tuzum va erkin bozor bilan bog‘liq krizis bo‘lib, Livan iqtisodiyoti mana shu erkin bozor yo‘lidan ketyapti, oxir-oqibat, qarzdorlikning yuqori darajasiga, ya’ni, foiz stavkasining 15 %iga kelib qolindi. Yana bu xorijga siyosiy va mafkuraviy qaramlik krizisi hamdir. Chunki Livandagi siyosiy qaror Amerika qo‘lida… Armiyani moliyalashtiruvchi ham, boshqaruvchi ham, harbiy uskunalar bilan ta’minlab, harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazuvchisi ham Amerika. Livan hokimiyatidagi kimsalar Amerikaning dumlari. Chunki Toif shartnomasidan buyon ularning aksarini qudratga olib kelayotgan Amerikadir. Shuningdek, o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida yurtdagi ishlab chiqarish iqtisodiyotini iste’molchi iqtisodiyotga aylantirib, turizmga bog‘lab qo‘yilishi Amerika ko‘z o‘ngida, balki uning buyrug‘i bilan amalga oshgan. Bugun Xalqaro Valyuta Fondi sari chopish ham shu mustamlakachi davlat ko‘rsatmasi bilan bo‘lmoqda.

Shunday qilib, ko‘rinib turibdiki, Livan Xalqaro Valyuta Fondi tuzog‘iga ilindi. Endi u yanada qorong‘i zulmat qariga g‘arq bo‘laveradi. Agar krizisni mahalliy muolajalar orqali bartaraf etishga muvaffaq bo‘linsa, bu mustaqillik va haqiqiy boshqaruv bo‘lar edi. Biroq, o‘g‘rining o‘z qo‘lini o‘zi kesishi amri mahol bo‘lganidek, hozirgi hokimiyat ham o‘nlab yillar davom etgan korruptsiyasidan tuzalishi amiri maholdir. Chunki u ham o‘tgan korruptsiyachi hokimiyatlar qanday bo‘lsa, o‘shanday, ulardan farq qilmaydi.

Livan krizisini faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati hal etadi, undan boshqasi hal etolmaydi. Livan halokat jarligidan qutqaruvchi mabdaiy davlatga juda-juda muhtoj bo‘lib turibdi. Ushbu davlat o‘z fuqarolariga barcha muammolarini Alloh buyurgandek yo‘sinda echish lozim bo‘lgan xalq, degan nuqtai nazarda qaraydi. Bu yurtdagi siyosiy elita misoli o‘likka o‘xshab qoldi. Shuning uchun Livanni ushbu Xalifalik davlati tarkibiga qo‘shish oson va qulaydir. Allohdan buni tezroq ro‘yobga chiqarishini so‘rab qolamiz.

Roya gazetasining 2020 yil 6 may chorshanba kungi 285-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.