Oxirat shahidlari hamda qazo va qadar haqidagi savolga javob

70
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Mutaz Qawasmi‏ning oxirat shahidlari hamda qazo va qadar haqidagi savoliga javob

Savol:

Qadrli shayximiz, assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Alloh sizga baraka bersin va qo‘llaringiz bilan fathlar nasib etsin. Mening savolim «Islomiy shaxsiya» kitobining birinchi qismidagi qazo va qadar mavzusi bo‘yicha.

Kitobda bevosita vujud-tabiat qonunlari taqozo qilmaydigan va inson ustidan hukmronlik qiladigan doirada sodir bo‘ladigan ishlar haqida so‘z yuritilib, bunga ko‘pgina misollar keltirilganidan so‘ng «Shuning uchun u ishlarga ko‘ra savobga ham, jazoga ham ega bo‘lmaydi», deyilgan.

Ushbu ibora bilan hadislar o‘rtasini qanday muvofiqlashtiramiz. Axir, hadislarda qorin og‘rig‘i bilan yoki g‘arq bo‘lib yoxud ustiga bino qulab tushib halok bo‘lgan kishi shahidlardan (oxirat shahidlaridan) ekani, ya’ni, bular savob va ulug‘ ajrga erishishlari aytilgan, vaholanki, bu ishlar ularning xohishisiz sodir bo‘ldi? Barokallohu fika. Abu Hamdiy – Falastin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va burokatuh.

Ey birodar, u erdagi mavzu ixtiyoriy amallar uchun savob va jazoning ro‘yobga chiqishi haqida ketgan. Ya’ni, inson hukmronlik qiladigan doirada sodir bo‘ladigan amallar savob va jazoga bog‘langan. Inson agar harom amalni sodir etadigan bo‘lsa, jazo oladi, farzni ado etadigan bo‘lsa, Allohning izni ila, savob oladi…

Ammo inson ustidan hukmronlik qiladigan doiradagi, ya’ni, uning ustidan majburiy tarzda sodir bo‘ladigan ishlar esa, inson bu amallarni ixtiyoran qilgani yo‘q. Shu bois, bu ishlar savob va jazo bilan bog‘liq emas. Ya’ni, savob va jazoning ro‘yobga chiqishi bilan bog‘liq emas. Chunki inson ularni o‘z ixtiyori bilan qilgani yo‘q.

Ammo Alloh Subhanahuning insonning ixtiyorisiz sodir bo‘lgan biror amal uchun unga O‘z fazli va marhamatini ko‘rsatishi esa, bu boshqa masala. Chunki bu savob va jazoning ro‘yobga chiqishi bobiga kirmaydi. Balki Alloh Subhanahuning marhamat va fazli bobiga kiradi… Masala mana shu.

Shunga ko‘ra, ba’zi kishilarning qorin og‘rig‘i kasalligi, vabo kasalligi va hokazolar bilan halok bo‘lishlari hamda Alloh Subhanahuning ularni shahidlardan qilishi bu alohida masala. Ya’ni, bu ularning biror amalni Alloh Subhanahuga yaqin bo‘lish uchun o‘z ixtiyorlari bilan qilib, savobga erishishlari bobiga kirmaydi. Ya’ni, bu mavzuning Rosululloh ﷺning ushbu hadislariga aloqasi yo‘q:

«…الْحَسَنَةُ بِعَشْرِ أَمْثَالِهَا إِلَى سَبْعِ مِائَةِ ضِعْفٍ وَالسَّيِّئَةُ بِمِثْلِهَا إِلَّا أَنْ يَتَجَاوَزَ اللَّهُ عَنْهَا»

«… Savob amali uchun o‘n barobardan etti yuz barobargacha ajr yoziladi. Gunoh amali uchun esa, o‘zichalik gunoh yoziladi. Biroq Alloh istasa bu gunohni afv qilishi mumkin». (Buxoriy rivoyati). Kishilarning qorin og‘rig‘i kasalligi bilan, vabo kasalligi bilan …. va hokazolar bilan halok bo‘lib, Alloh ularni shahidlardan qilishi, bu Allohning bir fazlu marhamatidir.

Shu javob etarli bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Allohu a’lam va ahkam.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

16 ramazon 1441h

9 may 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.