Ishchilarning pullarini egallab olish og‘ir gunohdir

417
0

Ishchilarning pullarini egallab olish og‘ir gunohdir

Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, Faxfox hukumati koronavirus epidemiyasi xatariga qarshi kurashish uchun resurslarni tayyorlash bahonasida ishchilarning aprel oyidagi bir kunlik maoshini ushlab qolishga ruxsat beruvchi qaror chiqargan. Ushbu qaror odamlar yuqori narxlardan va xarid qilish qobiliyati keskin yomonlashishidan qiynalayotgan bir paytda chiqarilmoqda. Boshqa tomondan, hukumat ichimlik suvi narxining oshganini e’lon qildi. Shuningdek, moliya vaziri bu yil miqdori 12 milliardga etgan qarzdan to‘liq qutulmoqchiligini ma’lum qildi. Vaholanki, hukumat yurt aholisiga qattiq e’tibor qaratishi, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlashi va sihat-salomatligi haqida qayg‘urishi, shuningdek, boshqa moliyaviy majburiyatlar kechiktirilishi lozim edi. Ammo malay hukumat o‘z xohishi bilan qaror chiqarishi mumkinmi?

Bosh vazir qachon chiqish qilsa Tunisda resurslar etishmaydi deya takrorlashni yaxshi ko‘radi va bu orqali o‘zining adolatsiz va makkor siyosatini oqlashga harakat qiladi. Lekin qabrda yotgan Ben Alining poraxo‘r a’yonlari hisob raqamlariga qo‘yilgan milliardlagan miqdordagi o‘g‘irlangan boyliklar haqida gapirmaydi. Shuningdek, u mustamlakachi shirkatlar tunisliklardan tortib olgan boyliklardan ko‘z yumadi. Vaholanki, tunisliklar bugun o‘sha boyliklarga kechagidan ko‘ra ko‘proq muhtojdir. Bosh vazir hech qanday foydasi bo‘lmagan ayrim vazirliklarga sarflanadigan xarajatlar va imtiyozlarni qisqartirishga e’tibor bermaydi. Shuningdek, bekorchi ko‘ngil ochar tadbirlar uchun ajratilgan pullarni koronavirusga qarshi ishlatmaydi. Faxfox hukumati shularni ko‘ra bila turib, narxlarning ko‘tarilib ketishidan ozib to‘zib ketgan ishchilar cho‘ntagiga osilmoqda. Hukumat bu bilan ularning pullarini zulm va tajovuz bilan urib qolishni ko‘zlamoqda.

وَلَا تَبْخَسُوا النَّاسَ أَشْيَاءهُمْ وَلَا تَعْثَوْا فِي الْأَرْضِ مُفْسِدِينَ

«Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va erda buzg‘unchilik bilan sanqib yurmangiz!» [Hud 85]

Ey Tunis ahli:

Alloh Taolo davlatga odamlarning molini botil yo‘l bilan tortib olishni harom qilgan hamda bu ishni zulm, zo‘ravonlik va maks (boj yig‘ish) deb atagan. Rosululloh ﷺ bu haqda shunday deydilar:

«لَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ صَاحِبُ مَكْسٍ»

«Boj yig‘uvchi jannatga kirmaydi».

Ey Tunis ahli:

Islomiy davlat odamlarning molini Alloh Taolo buyurgan yo‘l bilangina olishi joiz. Payg‘ambarimiz ﷺ bu haqida shunday deydilar:

«لَا يَحِلُّ مَالُ امْرِئٍ مُسْلِمٍ إلَّا بِطِيبِ نَفْسٍ مِنْهُ»

«Musulmonning moli mamnuniyat bilan bersagina halol bo‘ladi». Demak davlat odamlarning ishlarini chiroyli nazorat qilish hamda ularni kerakli mablag‘ bilan ta’minlash uchun umumiy va davlat boyliklarini saqlashdan javobgardir. Agar davlat shu ishlarni bajarib, so‘ng zilzila yoki epidemiya kabi tasodifiy holatlarda kerakli resurslarni topa olmasa, shariat xalifaga boy musulmonlardan soliq olishiga ruxsat beradi. Shunda xalifa mablag‘ topish uchun bor imkoniyatini ishga solganidan keyin baytulmoldagi mablag‘ etarli bo‘lmasa, boylarning pullarini soliq sifatida oladi.

Sizlar o‘z pullaringizni o‘g‘ri shirkatlar va poraxo‘r kapitalistlardan qaytarib olsangiz, bu pullar davlat xazinasini to‘ldirishga kifoya qiladi. Shunda soliq solish va maoshlarni ushlab qolishga ehtiyoj qolmaydi. Lekin G‘arb kuchlariga tobe hukumat bunday qaror qilishga qodir emas. Bu bizdan ishlarni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali to‘la muolaja qilishimizni talab qiladi. Ana o‘shanda ushbu davlat musulmonlarni birlashtiradi, ularni Allohning shariati bilan boshqaradi hamda epidemiya zararidan va turli yomonliklardan himoya qiladi. Sizlar shu orqali odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo‘lasiz.

خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ

«Odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat» [Oli Imron 110]

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.