Olamni qo‘rquvda ushlab turishda pandemiyaning o‘rni

401
0

Olamni qo‘rquvda ushlab turishda pandemiyaning o‘rni

Butun olamni sarosimaga solgan koronavirusdan har bir davlar o‘z manfaati ustida foydalanib qolish payiga tushdi. Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston singari iqtisodiy qoloq davlatlar pandemiya bahonasida xalqaro tashkilotlar va etakchi davlatlardan mumkin qadar ko‘proq qarz undirib olishni maqsad qilishadi. Pandemiya oqibati olamga yoki mamlakat fuqorolariga etishi mumkin bo‘lgan salbiy, balki halokatli asoratlar bu mamlakat rahbarlarini qiziqtirmaydi!

AQSh boshchiligida olib borilayotgan olamiy pandemiya matbuot kurashi Xitoyga qarshi bir qator yirik davlatlarni birlashtira boshladi. AQSh, Italiya, Evropadagi bir qator etakchi davlatlar, Angliya hamda Rossiya ham AQShning bu pandemiya vahimasiga qo‘shilishdi. Bu bilan pandemiya vahimasi olamiy tus oldi.

AQSh Xitoyni koronavirus Uxan shahrida tarqagan vaqtida unga jiddiy e’tibor berib, olamni pandemiya halokatidan saqlab qolish uchun etarli choralar-tadbirlar ko‘rmaganlikda va pandemiyaning oqibatlarini oldini olish uchun xalqaro tashkilotlarga ko‘mak ko‘rsatishdan bosh tortganlikda aybladi.

“Amerika ovozi”ning yozishicha aprel oyida Floridada yashovchi minglagan odamlar jamoiy turda olamda koronavirus pandemiyasi oqibatida keltirilgan zararlarni to‘lab berishini talab qilib Xitoyni sudga berishgan. Keyin Nevada va Texasda ham fuqorolar xuddi shu talablar bilan Xitoyni sudga bera boshlagan.

Xalqaro siyosat va olamiy boshqaruv sistemasi yana o‘zgarish arafasida. 2001 yili 11-sentyabrda Nyu-yorkda uyushtirilgan qo‘poruv amaliyotidan keyin, butun dunyoda “terrorizm va ekstremizm” vahimasi kuchaytirilgan edi. Shu terminlardan foydalanib xalqaro siyosatda katta o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. AQSh olamiy koalitsiya tuzib, musulmon yurtlariga boqinchilik yurishlari uyushtirgan edi. Iroq va Afg‘onistonni bosib olinishida millionlagan odamlar qirib yuborildi! Shu terminlar vahimasi asosida o‘zgartirilgan xalqaro siyosat Suriyani er bilan yakson qilib yubordi. U erda ham millionlagan musulmon qirib yuborildi, hanuz qirilayapti! Millionlagan musulmonlar majburiy qochqinlarga aylanib, Evropa, Turkiya va yana boshqa yurtlarga qochib, o‘ta qiyin ahvolda yashab kelishyapti.

Endi olamiy kapitalistik boshqaruv tizimi virus pandemiyasi vahimasi asosidagi olamni yangicha boshqaruv strotegiyasini ishlab chiqishdi. Bu usul ham xuddi “terrorizm, ekstremizm” vahimasi singari odamlarni doimiy qo‘rquvda ushlab turish asosida ishlab chiqildi.

Terrorizmga ishonmagan yoki etakchi davlar manfaatiga yurishdan bo‘yin tovlagan mamlakat yoki mintaqalarda atayin qo‘poruv (terakt) amaliyoti uyushtirilar edi. Buning ortidan hech qanday sudning qarorisiz milliardlagan dollorlar muzlatilar, musodara qilinar, mamlakatlar bosib olinar, da’vatchi guruh va shaxslar jismonan yo‘q qilinar edi.

“Pandemiya” vahimasi ham xuddi shu uslubda ya’ni odamlarni doimiy qo‘rquvda ushlab turish orqali boshqarish asosida ishlab chiqildi. Lekin unda odamlarni qo‘rquvda ushlab turish imkoniyati keng-qamrovli bo‘lib, zarari va oqibati ham, “terrorizm”ga nisbatan ancha kuchliroq. Odamlar bir virusdan qutilsa, xalqaro siyosiy vaziyatga ko‘ra ikkinchi undan ham vahimaliroq virus yoki uning quruq vahimasi tarqatilaveradi.

“Terrorizm” bilan muayyan bir mamlakat, guruh yoki shaxslar ayblanib, ular malum darajada jamiyatdan chetlatilinar edi. “Pandemiya” esa butun bir mamlakatlar balki dunyoni vahimaga sola oldi. Pandemiya vahimasi, dunyoda birinchi etakchi davlat uchun noqulay mamlakatlarni hech qanday urushsiz iqtisodiy falaj ahvolga olib borish imkoniyatini beradi. Butun bir millat va mamlakatlarni karantin qilib, ularni olamdan uzib qo‘yish uchun qonuniy imkon beradi.

Xulosa qilib aytganda “pandemiya” ham, xuddi “terrorizm, ekstremizm” singari, yirik davlatlar uchun boshqa odamlarning erki, mulki va imkoniyatlariga tajovuz qilishlariga qonuniy imkoniyat yaratib beradi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.