2020 yilning birinchi choragida Saudiya Arabistoni byudjetida 34.1 milliard riyol kamomad qayd etildi

77
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

2020 yilning birinchi choragida Saudiya Arabistoni byudjetida 34.1 milliard riyol kamomad qayd etildi

«Arabiy 21» veb-sayti (hijriy 1441 yil 6 Ramazon, milodiy 2020 yil 29 aprel chorshanba) kuni nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Chorshanba kuni tongda Saudiya Moliya vazirligi joriy yilning birinchi choragida mamlakat byudjetida 34.1 milliard riyol (9 milliard dollar) kamomad borligini e’lon qildi. Bu umumiy byudjetning qariyb 13 foizini tashkil qiladi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, birinchi chorakda neftdan tushadigan daromad 128.771 milliard riyol yoki 24 foizga tushib ketgan.

Vazirlik neftdan boshqa daromadlarning ham 63.3 milliard riyolga yoki 22 foizga kamayib ketganini ma’lum qildi. Ushbu raqamlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22 foizga kamaygan».

Roya gazetasi sharhi:

«Aprel oyida narxlar tushib ketishidan oldin, ya’ni, shu yilning yanvar oyida, bir barrel neftь narxi etmish dollarlik to‘siqdan oshib ketgan edi. Biroq, shunga qaramay, Saudiya qirolligida byudjet kamomadi sezilarli darajada ortib ketdi. Shuning uchun ham, Ummat boyliklarini talon-toroj qilayotgan Saud hukmdorlari bir kun ham hokimiyatda turishga haqlari yo‘q. Mana, ko‘rib qo‘ying, birinchi qiyinchilikdayoq o‘zlari ham, qirolligi ham tilanchiga aylanishdi, qolishdi. Vaholanki, neftь ishlab chiqarish bo‘yicha eng birinchi, deya tanilgan davlat edi. Aslida esa, bu Saud hukmdorlari mustamlakachi kofirlarning yollangan malay va qo‘riqchilaridan boshqa kimsa emaslar. Ular hech bir ishni o‘zlaricha qilishmaydi, balki mustamlakachi kofir G‘arb mana shu jinoyatkor hukmdorlar qo‘li bilan hammamizning ko‘z o‘ngimizda boyliklarimizni tashib ketishmoqda. Shuning uchun barchamizning zimmamizdaga vazifamiz yurtimizda hukm yuritib, boylik va resurslarimizni isrof qilib, dushmanlarimizga topshirayotgan bunday qaroqchi dinsiz to‘dadan qutulmoqdan iborat.

Roya gazetasining 2020 yil 6 may chorshanba kungi 285-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.