Yo koronavirus yoki ochlikni tanlashga majbur qilgan Pokistonning muvaffaqiyatsiz rejimini uloqtiring

294
0

Yo koronavirus yoki ochlikni tanlashga majbur qilgan Pokistonning muvaffaqiyatsiz rejimini uloqtiring

Darhaqiqat favqulodda holatning ayrim o‘zgartirishlar bilan cho‘zib qo‘yilishi Pokistonda qizg‘in bahs-munozaralarni paydo qildi. Ushbu bahs-munozaralar kasallikning xatarlari hamda favqulodda holat ortidan keladigan moliyaviy qiyinchiliklar to‘g‘risida bo‘ldi. Holbuki, asl muammo hukmdorlarning Islom hukmlaridan bosh tortishi va kapitalizmning muvaffaqiyatsiz nizomini ko‘r-ko‘rona ushlashidan paydo bo‘ldi.

Islom yuqumli kasallik boshlangan geografik mintaqaga karantin e’lon qilishni vojib qiladi. Chunki Rosululloh ﷺ:

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلَا تَدْخُلُوهَا وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا مِنْهَا»

«Agar biror joyda o‘lat tarqalgani haqida eshitsangiz, u erga kirmang. Agar siz turgan joyda o‘lat tarqalsa, u erdan chiqmang». Buxoriy rivoyati. Pokiston rejimiga kelsak, kasallik birinchi bo‘lib tarqalgan joy chegara yaqinidagi «Taftan» mintaqasidir. Eronning Qum shahridan kelganlar Taftanga joylashtirildi, ular orasida Xitoyning temir yo‘l shirkatida ishlaydigan xitoylik shaxslar ham bor edi. Pokiston rejimi «Taftan»ni keskin shaklda karantin qilmadi va kasallikka chalingan kishilarni erkin qo‘yib yubordi. Bu esa, kasallikning butun mamlakat bo‘ylab tarqalib ketishiga olib keldi. Shuningdek, avia qatnovlarning uzoq vaqt ochiq qoldirilishi oqibatida virusning mamlakat bo‘ylab tarqalishi yanada kuchaydi.

Albatta Islomning yuqumli kasalliklar bo‘yicha o‘ziga xos ko‘rsatmalari bo‘lib, avvalo kasallar sog‘lom kishilardan ajratilishi lozim. Rosululloh ﷺ bu haqda shunday deganlar:

«لاَ تُورِدُوا المُمْرِضَ عَلَى المُصِحِّ»

«Kasal odamni sog‘lom kishiga yaqinlashtirmanglar». (Buxoriy rivoyati). Shuning uchun kasallar sog‘lom kishilardan uzoqroq turishi va ularning o‘rtasida moddiy to‘siq bo‘lishi kerak. Lekin Pokiston hokimlarining sustkashlik qilishi oqibatida virus odamlar va tibbiyot vakillari orasida tarqalib ketdi.

Darhaqiqat, Islom kasallik alomatlari ko‘rinmagan, lekin uni tashuvchisiga aylangan va natijada virusning tez va keng tarqalishiga olib boradigan katta sondagi kasallik tashuvchilar haqida ham hukmlar bergan. Zero, Islom davlatga odamlarning ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqaruvchi vasiy bo‘lishni yuklagan. Bu haqda Rosululloh ﷺ shunday deydilar:

«كُلُّكُمْ رَاعٍ، وَكُلُّكُمْ مَسْؤولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، فَالأَمِيرُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Har biringiz boshliqsiz, har biringiz qo‘l ostingizdagilardan javobgarsiz. Odamlar ustidagi amir boshliqdir va u qo‘l ostidagilardan javobgardir». (Muslim rivoyati). Shuning uchun davlat Pokiston hajmidagi mamlakatda kasallik tashuvchilarni aniqlash uchun millionlagan kishilarni testdan o‘tkazishi kerak.

Islom mana shu yo‘l bilan boshlanishdayoq kasallik tarqalishining oldini oladi. Shuningdek, kasallik paydo bo‘lishi bilanoq uni to‘xtatib qoladi va mamlakat bo‘ylab epidemiyaga aylanib ketishini to‘xtatadi. Bundan tashqari, bir necha kapitalistik davlatlar, shu jumladan AQShda bo‘lganidek ommaviy karantin e’lon qilishga majbur bo‘lmaydi. Chunki to‘la izolyatsiya qilish virusga qo‘shimcha ochlik va qashshoqlik kabi boshqa katta muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun tinch va yaxshi hayot davom etishining yagona kafolati Islomni mahkam ushlashdir. Chunki Islom musulmonlarni rizq topish, oila boqish, ta’lim olish va masjidlarda namoz o‘qish kabi shar’iy majburiyatlarini ado etishini engillashtirib beradi.

Ey Pokistondagi musulmonlar! Darhaqiqat Pokiston hukmdorlari bizni oddiy holatda yordamsiz tashlab qo‘ygani kabi ushbu inqiroz paytida ham yordamsiz tashlab qo‘ydi. Ular Islomdan bosh tortishdi va ikki tanlovning biri; yo kasallikka chalinib o‘lish yoki och qolish tufayli o‘lishga tashlab qo‘yishdi, natijada inqiroz yanada kuchaydi. Son-sanoqsiz fazilatlarga to‘la muborak ramazon oyi barcha musulmonlarga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni qayta barpo etish uchun xarakat qilishga munosib vaqtdir. Shuningdek, qurolli kuchlardagi musulmonlar Hizb ut-Tahrirga Islom hukmlarini tatbiq qilishga yordam berish uchun munosib vaqtdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.