Liviya mustamlakachilar bilan malaylar zulmi o‘rtasida

369
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Liviya mustamlakachilar bilan malaylar zulmi o‘rtasida

Ustoz Ahmad Muhazzib qalamiga mansub

Haftarning Liviya g‘arbiga bostirib kirganiga roppa-rosa bir yil bo‘ldi hamki, u erda aytarlik biror g‘alaba qozonolgani yo‘q. Aksincha, Jabali G‘arbiy markazidagi G‘aryon shahrida mag‘lubiyatga uchrab, u erdan omadsizlik etagini sudrab chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Bu esa, uning shaharga hokim bo‘lishiga aksari aholi rozi emasligini ko‘rsatmoqda.

Biroq, 2011 yilda Qazzofiy ag‘darilganidan beri kelgan hukumatlar ichida eng muvaffaqiyatsizi Sarroj hukumati bo‘ldi, deyish mumkin. Zotan, bu hukumat yurt boshqaruvini 2016 yil 30 mart kuni Italiya kemalari mudofaasi ostida Frantsiya kemasida xorijdan kelib qo‘lga olgan. Hukumat Suxayrot shartnomasi talabi asosida tuzildi va bunda mahalliy kuchlardan birortasining roli bo‘lmadi. Mana, uning tuzilganiga to‘rt yil bo‘libdi, hech qanday yutuqqa erisholmadi, ketma-ket inqirozlarga uchramoqda. Masalan: inflyatsiya ikki yil burun 1000 %ga chiqdi va hozirda 400 %ga tushdi… Davlat daromadi, Haftar o‘zining to‘dasi bilan neftь eksportini to‘xtatib qo‘ygandan so‘ng, dahshatli suratda pastlab ketdi. Bu hukumat Liviya inqirozini hal etish hamda o‘zi tarafida turgan turli jangari guruhlar va Liviya g‘arbini nazorat qilayotgan turli kuchlar bilan Haftar kuchlari o‘rtasida kechayotgan qurolli to‘qnashuvni to‘xtatish sari oldinga bir qadam ham tashlolmadi. Hatto Haftar kuchlari 2019 yil 4 aprelda Tripolini yoy shaklida qurshab olish bilan Liviya jamoatchiligini hayratga soldi. Masalan, janubdan janubiy-g‘arbgacha, sharqdan Tarhuna shahridan to G‘arbdagi Vattiya bazasigacha olib boruvchi liniya bo‘ylab o‘rab oldi. Bu janglar ayniqsa poytaxtda ba’zida taranglashib, ba’zida pasayib turgan esa-da, ammo ikki tomon ham zafarga erisholmadi. Biroq yigirma beshinchi apreldan boshlab jangovar pozitsiyada ayrim o‘zgarishlar ko‘rindi. Biz Sarroj hukumatiga qarashli kuchlar tomonida kurash uslubida ma’lum o‘zgarish sezdik. Uning havo kuchlari ma’lum ob’ektlarda Haftarning ta’minot liniyalariga shiddatli zarbalar yo‘lladi. Bu Jafra bazasi, Vatiya bazasi, markazdagi Vishka rayoni, Tarhuna yaqinidagi va Tripoli sharqidagi Banu Valid yaqinidagi ob’ektlar bo‘ldi. Buning barobarida, Vifoq hukumatiga qarashli kuchlar havo mudofaasi tizimlarini egallaganidan so‘ng Haftarning o‘z havo kuchlaridan foydalanish qudrati pasaydi. Ammo bularning barchasi bilan bir qatorda, Haftar Tripoli shahri mahallalarini qaqshatqich bombardimon qildi, hatto birorta ham mahalla zarbalardan omon qolmadi. Bu esa, Haftar kuchlaridagi jarohatlar kuchli bo‘lganini anglatadi. Xo‘sh, Sarroj hukumatiga qarashli havo kuchlarining rivojlanishi bilan poytaxtdagi bombardimonlarning kuchayishi siyosiy yo‘nalishda biror yangilik bo‘lishini anglatadimi?

Frantsiyada chiqadigan «Liberasьon» gazetasida bunday deyiladi: «Liviya urushida liviyaliklardan ko‘ra ajnabiy kuchlar ko‘proq rolь o‘ynadi». Vashington institutining Yaqin Sharq bo‘yicha bosh ilmiy xodimi «Haftar bilan diplomatik echimning iloji yo‘q», dedi. Lekin AQShning Liviyadagi yangi elchisi Richard Dorland «Vasat» elektron axborot gazetasi bilan uzoq davom etgan suhbatida o‘z davlatining pozitsiyasini «zudlik bilan jangni to‘xtatish va BMT tomonidan olib boriladigan muzokaralar jarayoniga qo‘shilish»dan iborat ekanini da’vo qiladi. Ma’lumki, BMT missiyasiga – G‘asson Salomadan keyin – amerikalik xonim Stefani Uilьyams raislik qilmoqda. Biroq elchi Dorland go‘yo Amerika zudlik bilan jangni to‘xtatish tarafdori ekanini da’vo qilish bilan aldov va yolg‘on ishlatyapti. Vaholanki, Evropaning Liviyadagi nufuzi pasayishi ortidan Liviya inqirozini keltirib chiqarayotgan tomonlarni boshqarib turgan ham, Turkiyaning inqiroz liniyasiga kirishi va Liviya g‘arbidagi faol kuchlarni nazorat qilayotgani ortida turgan ham Amerikadir. Chunki Amerika Turkiyaga rozilik bermasa va Evropani Liviya maydonidan chiqarib yuborish maqsadida unga turtki bermasa, Turkiya Liviyaga aslo kirmas edi. Chunki bu davlat Amerikaning siyosat doirasi ichida o‘ziga ruxsat berilgan ishlar bo‘yicha harakat qiladi.

Biz Haftarning Amerikaning odami ekanini, uning Sisiy, Salmon kabi malaylari hamda BMTning AQSh etakchiligidagi missiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini yaxshi bilamiz.

Unday bo‘lsa, Liviyadagi urushni to‘xtatish va muzokaralar stoliga o‘tirishdan Amerikani nima to‘syapti, istasa shunday qilgan bo‘lar edi-ku?

Amerika shuni istasa bunga hech kim to‘sqinlik qilolmaydi. Biroq aftidan, maqsad Liviyani holdan toydirish va uning asosiy imkoniyatlarini butkul vayron qilish ko‘rinadi. Buni Xalqaro Valyuta Fondi direktori Kristin Lagardning mintaqada bo‘layotgan urushlar oqibati to‘g‘risida bergan izohi tasdiqlab turibdi: «Bu mintaqa davlatlari iqtisodiyotiga qarshi urushdir. Shuningdek, yurtlarni qashshoqlashtirib, xalqlarini och qo‘yish va moliyaviy quvvatidan mahrum etish urushidir… Bundan ushbu mamlakatlarning bir dona ham patron sotib ololmaydigan, o‘z ishchilarini, shu jumladan, harbiylar va xavfsizlik kuchlarini maosh bilan ta’minlay ololmaydigan ahvolga solib qo‘yish ko‘zlangan. Toki, ichkaridagi qurolli guruhlar noqonuniy hukmronlik o‘rnatib, odamlarni talash bilan hamda tartibsizliklar keltirib chiqarib, odamlardan to‘lovlar yig‘ish bilan shug‘ullanishsin».

Biz yigirma beshinchi martdan to shu kungacha bo‘lgan harbiy harakatlarni kuzatish bilan bu harakatlarning bir muncha o‘zgarish yasaganiga guvoh bo‘ldik. Misol uchun, bir tomondan, Haftar kuchlari qaqshatqich zarbalarga uchragan bo‘lsa, boshqa tomondan, uning kuchlari poytaxt Tripoli devorlari yaqiniga kelib olgan… Hatto oddiy fuqarolarga xavf tug‘dirmoqda… Ushbu maqolamizni yozayotgan vaqtda ham, aholi yashovchi mahallalarni bombardimon qilishda to‘xtagani yo‘q. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, yurtda shunday vaziyat saqlanib turishi kerak, toki, aholiga bosim qilinib, uni Haftarning muzokarachi bo‘lishiga va saylovlarda ishtirok etishiga rozi qilish. Biz buni Turkiya tashqi ishlar vazirining ikki hafta oldin bergan bayonotidan shunday tushunyapmiz. U «Turkiyaning aralashuvi Liviyadagi kuchlar o‘rtasida muvozanat paydo qildi», dedi. Demak, Turkiyaning harbiy aralashuvidan maqsad, urushayotgan kuchlar o‘rtasida muvozanat o‘rnatish ekan, toki yurtda qirg‘inlar, vayronagarchiliklar g‘ildiragi tinmay aylanib tursin. Shuning uchun ham Liviyada biz Sisiy va Salmon singari AQSh yuvindixo‘rlarining yurtni qurol-aslaha va harbiy ashyolar, qotil to‘dalar bilan to‘ldirib tashlashganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu to‘dalar er yuzining sharqi, janubi va shimolidan kelgan, suriyalik, misrlik, sudanlik va rus jangarilari bo‘lib, kechayu kunday qatli om qilish bilan mashg‘ullar… la havla va la quvvata illa billah.

Sarroj hukumati qisman bo‘lsa-da g‘alabaga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qarmay, hech qanday yutuqqa erisholmadi. Aksincha, voqea-hodisalar shuni ko‘rsatmoqdaki, Sarroj hukumati maydonni jangovar o‘q-dorilar bilan ta’minlashda qasddan e’tiborsizlik qilgan. Ko‘pchilik Sarroj hukumatini «Tripolini mudofaa qilgan jangchilar safida yirik talofatlarni amalga oshirishi uchun Haftarga qo‘yib berdi», deya ayblamoqda.

Shubhasiz, bu hol – Liviya urushidan yurtning asosiy imkoniyatlarini yanada zaiflashtirish ko‘zlangan, degan fikrni quvvatlamoqda.

Urushdan ko‘zlangan ikkinchi maqsad, qurol ko‘targan yosh avlodning katta qismini yo‘q qilish bo‘lishi ham mumkin. Zero, Ummat farzandlaridan bunday qatlamini yo‘q qilish bir necha ichki va tashqi doiralarning maqsadidir. Masalan, ichkaridagi kurashayotgan tomonlar Haftar kuchlari, ya’ni, o‘zini yolg‘ondan «bosh qo‘mondonlik», deb atayotganlar hamda Vifoq (kelishuv) hukumati kuchlari bo‘lib, ikkala tomon ham Ummat energiyasi bo‘lgan ayni yoshlar qatlamini yo‘q qilishga kelishib olishgan. O‘zlaricha, shunday qilsak – xuddi bunday halokatlar sodir bo‘lgan mintaqadagi boshqa xalqlar kabi – xalq ustidan o‘z hukmronligimizni o‘rnatishimiz oson bo‘ladi, deb o‘ylashadi.

So‘zimiz so‘nggida qurol ko‘targan farzandlarimizga va ularni qo‘llab-quvvatlayotgan kishilarga – yuqorida aniq-tiniq aytganimizdek – bunday deymiz: Ushbu urushdan faqat va faqat ushbu G‘arb maqsadlarini amalga oshirish ko‘zlangan. Ya’ni, jonlarimiz va imkoniyatlarimizni hamda hayot potentsiallarini yo‘q qilish, mintaqalar va boshqa tomonlar o‘rtasiga nafrat va adovat urug‘ini sochish, birodarlar o‘rtasidagi aloqa rishtasini parchalash va shu orqali bizning qayta birlashish va qayta aka-uka bo‘lib yashash imkoniyatimizni vayron qilish ko‘zlangan.

Bas, Allohdan qo‘rqing, ajnabiy davlatlar bilan aloqangizni uzing va sizning taqdiringizni mustamlakachilar qo‘liga topshirib qo‘ygan orangizdagi malaylardan qutuling, Robbingiz chaqirig‘iga quloq solib, manfur dushmandan o‘z joningiz va yurtingizni saqlab qoling:

وَلاَ تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ

«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga suyanmanglar, aks holda sizlarga do‘zax o‘ti etar» [Hud 113]

Roya gazetasining 2020 yil 22 aprel chorshanba kungi 283-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.