Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati «Islom oila, avlod va jamiyat himoyachisidir» nomli kampaniyaning yakuniy konferentsiyasini o‘tkazdi

328
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati «Islom oila, avlod va jamiyat himoyachisidir» nomli kampaniyaning yakuniy konferentsiyasini o‘tkazdi

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati (hijriy 1441 yil 4 rajab, milodiy 2020 yil 28 mart shanba kuni kech soat 7:00da) «Islom oila, avlod va jamiyat himoyachisidir» nomli kampaniyaning yakuniy konferentsiyasini o‘tkazdi. Konferentsiya «Tub o‘zgartirish TV»ga qarashli barcha elektron ommaviy axborot vositalari orqali olib borildi.

Konferentsiya teledasturini Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Mahmud Kor, siyosiy tahlilchi Salaymon Ug‘urlu va Tub o‘zgartirish jurnali yozuvchilaridan biri olib bordilar. Ta’kidlash joizki, ayni mavzu bo‘yicha ekspertlar ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa orqali teledasturga qo‘shildilar va studiyada so‘zga chiqqan mehmonlar bilan birga ayni tadbirga va kampaniya natijalariga yuksak baho berdilar. Keyin konferentsiya so‘nggida uning yakuniy nutqi o‘qib eshittirildi.

Roya gazetasining 2020 yil 1 aprel chorshanba kungi 280-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.