Xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarzlar qanday shartlarda olinayotgani ma’lum qilindi

418
0

Xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarzlar qanday shartlarda olinayotgani ma’lum qilindi

 Moliya vaziri Baktigul Jeenbekova xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarzlar qanday shartlar asosida va qaysi tarmoqlar uchun olinayotgani bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishincha, Xalqaro valyuta fondi qarzni 10 yilga, Evrosiyo barqarorlik va rivojlanish fondi 20 yil, Osiyo taraqqiyot banki 32 yil, Jahon banki esa 38 yilga bermoqda. Ularning foiz stavkalari: Xalqaro valyuta fondi 0,7%, Jahon banki 0,75%, Osiyo taraqqiyot banki 1% bilan bermoqda.

Izoh: Hukumatning bu tadbirsizligi oddiy xalq zimmasiga yana 40 yillik qarz ilinishiga olib kelmoqda. Sababi, bu banklar uzoq muddatga qarz berayotgandek ko‘rinsada, shuncha yil davomida faqat uning foizinigina oladi. Agar qarz oluvchi davlat qarzni ado etishga qodir bo‘lib,muddatidan oldinroq qarzni to‘lab qo‘ymoqchi bo‘lsa ham foiz hisobiga davlatlarni qarzga botiruvchi bu kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bunga rozi bo‘lmaydi. To muddati kelmaguncha foizini olaveradi. Masalan, Xalqaro valyuta fondi 10 yil muddatga bergan 0,7%li qarz uchun har yili oddiy xalq to‘layotgan soliqlardan 1 million dollardan ziyod to‘lab borishi, 10 yilda 10 million dollardan ortiq to‘lashi kerak bo‘ladi. Qolgan qarzlar ham shu taxlitda yillar davomida foizlari to‘lab borilganidan so‘ng, oxirida olingan qarzning tani to‘lanadi va charxpalak aylanishi davom etaveradi…

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.