Muammoga iqtisodiy muammo deb emas, insoniy muammo deb qarash lozim

88
0

Muammoga iqtisodiy muammo deb emas, insoniy muammo deb qarash lozim

Koronavirus vahimasi butun dunyoga yoyildi. Teledasturlar, internet sahifalari va gazeta jurnallar koronavirus muammosi haqidagi siyosatchilar, tahlilchilar, professorlar, jurnalistlar va hokazo boshqa har turli soha vakillarining muhokamasi bilan to‘lib toshdi.

Agar orqaga bir qadam qadam tashlab, bo‘lib o‘tgan voqelikka bir nazar tashlaydigan bo‘lsak, Koronavirusning dunyo miqyosida keng tarqalib ketishiga asosan kapitalistik tuzumdan kelib chiqqan echim sabab bo‘lganligini ochiq ko‘rish mumkin. Chunki 2019 yil oxirida Xitoyning Uhan shahrida paydo bo‘lgan kasallik insonlar orasida tez tarqalib ketishi ma’lum bo‘lgan paytda unga qarshi shoshilinch chora ko‘rilmadi. Bunga kapitalizm tushunchasiga ko‘ra muammoni hal qilishda insoniy jihatni emas, iqtisodiy jihatni muqaddam qo‘yish sabab bo‘ldi.

Masalan virus tarqalganligi ma’lum bo‘lgandan keyin ham davlatlar o‘z havo yo‘llarini berkitmadi. Nima uchun? Chunki bundan uchoq shirkatlari katta zarar ko‘rishi inobatga olindi. Natijada virus tarqalgan o‘lkalardan 10 minglagan insonlar kirib-chiqishi oqibatida boshqa insonlarda ham bu kasallik asoratlari ko‘rina boshladi.

Yana bir misol, dunyo sog‘likni saqlash tashkiloti koronavirusning pandemiya ekanligini 2 oydan keyin e’lon qildi. Nima uchun? Chunki iqtisodiy kurashda Xitoyga zarba berish uchun AQShga bir bahona kerak edi. Shunday qildi ham. Ya’ni AQSh mazkur virus tufayli butun dunyoda halok bo‘lganlar uchun Xitoyni virusni yashirishda ayblab unga qarshi 20 tirillionlik da’vo bilan chiqdi. Lekin AQShning o‘zi ham bu virusning kutilmagan zarbasidan omon qolmadi. 285 milliondan ortiq inson o‘limdan qo‘rqib uylariga qamalib olganligi sababli kattayu kichik shirkatlar o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Natijada iqtisod izdan chiqdi. Avval boshdan etarli tadbir olmaganligi uchun Trampning imidjiga putur etdi. Eru-ko‘kka hukmronlik qilishni da’vo qilgan davlatning ojiz tomonlari ko‘rinib qoldi. Bugunga kelib, Tramp dunyo sog‘likni saqlash tashkilotini ham AQShga noto‘g‘ri tavsiyalar berishda ayblay boshladi.

Bundan tashqari kapitalistik tuzum hukm surgan davlatda – insoniy emas, iqtisodiy jihat muqaddam qo‘yilgani sababli – davolanish oson emas. AQShda KOVID-19 kasalligiga chalingan sog‘lik sug‘urtasi bo‘lmagan kishining tekshiruvdan o‘tish va davolanish narxi 30 ming dollardan 45 ming dollargacha, sug‘urtasi bo‘lgan kishining tekshiruvdan o‘tish va davolanish narxi esa, 9 ming dollardan 20 ming dollargacha xarajat talab qiladi.

AQShning Los-Anjeles shtatida koronavirusga chalingan 17 yoshli yigit tibbiy sug‘urtasi yo‘qligi sababli kasalxonaga qabul qilinmaganligi natijasida vafot etdi. Los-Anjeles sog‘liqni saqlash rasmiylari tibbiy sug‘urtasi bo‘lmagan yosh yigitning koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Amerikada 50 millionga yaqin insonning sug‘urtasi yo‘q. Bular kasallikka chalinsalar ham kasalxonaga bora olishmaydi. Bu faqat AQShga tegishli gap emas, kapitalistik davlatlarning hammasida ahvol shu. Faqat vaziyatga ko‘ra har xil. Muammoga kapitalizm tushunchasidan kelib chiqib, iqtisodiy jihatdan yondoshishning oqibati mana shundan halokatli bo‘lishi tabiiy.

Ammo Islom tuzumi har qanday muammoga faqat insoniy muammo sifatida yondoshishligi bilan boshqa tuzumlardan ajralib turadi. Agar biror joyda epidemiya tarqalsa davlat darhol kirish-chiqish yo‘llarni berkitadi. Tijoriy aloqalarning ziyon ko‘rishi inobatga olinmaydi. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلاَ تَدْخُلُوهَا، وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلاَ تَخْرُجُوا مِنْهَا»

«Agar biror joyda o‘lat kasali chiqqanini eshitsangiz, u joyga kirmanglar. Agar siz yashab turgan joyda o‘lat tarqalsa, u joydan chiqmanglar ».

«لاَ تُورِدُوا المُمْرِضَ عَلَى المُصِحِّ»

«Kasalni sog‘lomga yaqinlashtirmang».

Agar yuqumli kasallik yurt ichida paydo bo‘lsa davlat yuqoridagi hadislarga binoan u erni darhol nazorat (karantin) ostiga oladi. Aholisining tirikchiligi davlat tomonidan ta’minlanadi, iqtiqsodiy zararlariga zarracha e’tibor berilmaydi. Davlatning boshqa joylarida esa hayot har doimgidek davom etaveradi.

Yuqumli kasallik bo‘lsin yoki boshqa kasallik bo‘lsin hech farqsiz davlat tibbiy xizmat bilan har bir fuqarosini tekin ta’minlaydi. Tekinga to‘liq tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat byudjetiga og‘ir kelishiga qaralmaydi. Tibbiy xarajatlardan muayyan chegarani belgilab, undan oshiqchasini bemordan undirilmaydi yoki ba’zi qimmat baho dorilar va zaruriy xizmatlar bemorning zimmasiga yuklanmaydi. Chunki Islom tuzumida sog‘lik muammosiga insoniy muammo deb qaraladi, iqtisodiy muammo deb emas.

Shuning uchun – koronavirusdan saqlanish musulmon uchun shar’iy hukm bo‘lsada – asosiy masala zulm ustiga qurilgan kapitalizmni hayotdan uloqtirib, adolat ustiga qurilgan va Allohning ne’mati bo‘lgan Islom tuzumini hayotga qaytarishdir.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.