Sobiq mujohidlar qachongacha saboq olmaydilar?!

121
0

Sobiq mujohidlar qachongacha saboq olmaydilar?!

Amerika eski mujohidlarning fidoiyliklariga va erkalab haddan oshuvchi harakatlariga uzoq vaqt ko‘z yumib keldi. Ular ham o‘z navbatida, afg‘on xalqining fikr va tuyg‘ulariga mansub bo‘lmagan hukumatdagi ilmoniylik va demokratiyaga ko‘proq moyil ekanliklarini bildirdilar.

Darhaqiqat, mujohidlar Sovet Ittifoqiga qarshi xolis jang boshlashganda Alloh Taolo ularga nusrat berdi va O‘zining saxovatini ko‘rsatdi. Shuning uchun ular oddiy xalq muhabbatini qozonib, ularning yordamiga erishishgan edi. Lekin 2001 yilda o‘tkazilgan konferentsiyadan keyin ular Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat va maydonni xorlarcha Amerika kofirlariga topshirishdi. Ularning yolg‘iz maqsadi G‘arb bilan ittifoq tuzish va uning qo‘llab-quvvatloviga erishish edi. Shuning uchun Alloh Taolo ularni (ular o‘rniga hukm chiqarishlari uchun) amerikaliklarga topshirdi. Darhaqiqat Allohning sunnati shundan iboratki, Alloh Taolo Islomda sobit bo‘lgan jamoaga nusrat va ne’mat beradi. Allohning diniga xiyonat qilganlarni esa, xorlaydi va sharmanda qiladi.

Amerikaliklar 19 yil davomida o‘zlarining manfaatga asoslangan siyosatlari orqali ayrim mujohidlarni iste’mol tovari sifatida ishlatdi. Qo‘g‘irchoq rejimning qonuniyligini oshirish lozim bo‘lgan payt, ularni hokimiyatga jalb qildi. O‘zlarining manfaati ro‘yobga chiqqan payt ularni chetga uloqtirdi. Shuning uchun ularning ayrim siyosiy etakchilari joniga suiqasd qilindi yoki sharmanda qilish orqali obro‘si to‘kildi. Natijada, ular siyosiy jihatdan tubanlashdi va xalq qo‘llab-quvvatlovidan ayrildi. Ular shuningdek, amerikalik etakchilar va NATO bilan aloqa qilishdi va bu bilan nafaqat o‘z Xoliqlaridan, balki jamiyatdagi obro‘laridan ham ayrilishdi.

Bugun esa, ayrim anavi eski mujohidlar «Barcha uchun keng qamrovli hukumat»ni tashkil etganliklarini da’vo qilishayotgan bo‘lsa-da, unda Islomga suyanadigan yoki Amerikaning yurtdagi rejalariga xatar tug‘diradigan biror narsa yo‘q. Bu shaxsiy imtiyozlarga ega bo‘lish uchun qilingan sobiq xatolarni takrorlash bo‘lib, u ularning yo‘qotgan hurmati va kuchini qayta tiklamaydi.

Darhaqiqat, biz Hizb ut-Tahrir Afg‘oniston viloyati a’zolari ularga xiyonatlarni to‘xtatish va Alloh Taologa tavba qilish uchun fursat borligini eslatamiz. Bundan tashqari, ular Amerika ekspansiyasi, respublika nizomi va demokratik e’tiqodlarga qarshi kurashni boshlasalar hamda islomiy qadriyatlarni boshqaruvga olib kelishga harakat qilsalar, Alloh Taolo va xalqi oldida yo‘qotgan hurmatlari va martabalarini saqlashlari mumkinligini eslatamiz. Ular mana shu yo‘l bilangina qilgan jinoyatlari va xatolaridan xalos bo‘ladilar. Alloh Taolo rahmdil zotdir va U har bir shaxsga hayotini qanday o‘tkazganiga qarab hukm qiladi.

إِنَّ فِي ذَلِكَ لَعِبْرَةً لِّمَن يَخْشَى

«Albatta bu (qissa)da (Allohdan) qo‘rqadigan kishilar uchun ibrat bordir» [Naziat 26]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.