Nusayrot qochqinlar lageridagi ofat g‘amxo‘rlik yo‘qligining hamda odamlarga e’tiborsizlik qilib, moddiy narsalarni birinchi o‘ringa qo‘yishning samarasidir

112
0

Nusayrot qochqinlar lageridagi ofat g‘amxo‘rlik yo‘qligining hamda odamlarga e’tiborsizlik qilib, moddiy narsalarni birinchi o‘ringa qo‘yishning samarasidir

Yuz berayotgan ishlardan ko‘zga yosh keladi, qalb titraydi. Biz Allohnikimiz va u Zotga qaytguvchimiz, deya Robbimiz rozi bo‘ladigan so‘zni aytishdan boshqa iloj yo‘q. Alloh ajru mukofotimizni ulug‘ qilsin. Allohdan qurbon bo‘lganlarga rahm shafqat, kasallarga shifo, mol dunyosiga putur etganlarga yaxshilik hamda ahli oilasi va yaqinlarini yo‘qotganlarga sabr berishini so‘raymiz.

Nusayrot lagerida sodir bo‘lgan fojiani sinchiklab tekshirsak, u erda e’tiborsizlik va beparvolik bo‘layotgani hamda G‘azo hukumati bu hodisalarni oldini olish uchun etarli tayyorgarlik ko‘rmagani fosh bo‘ladi. Nusayrot hokimiyati bayonotiga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan non tsexida ehtiyot choralariga rioya qilinmagan. Milliy mehnat kengashi o‘z vaziyatlarini tuzatib olishi uchun non tsexi mutasaddilariga ikki hafta muhlat bergan. Nahotki portlash ehtimoli bo‘lgan ushbu bombani ikki hafta o‘z xoliga tashlab qo‘yish mumkin bo‘lsa. Islomda zarar darhol bartaraf etiladi. Ayniqsa, odamlar to‘planadigan va o‘tadigan joyda 1340 kg og‘irlikdagi gaz ballonining joylashtirilishi xatarlidir. Odamlar hayotini saqlash har qanday ruxsatnoma va e’tiborlardan afzal va ahamiyatlidir. Turli ehtimollar bilan unga beparvolik qilib bo‘lmaydi. Chunki yong‘in barchadan ustun kelgan. Berilgan muddat korxona egasiga foyda bermagan. G‘azo hokimiyati va mas’ul taraflar qanday uzr keltira oladilar. Ushbu beparvolik va fojia oldida ularning uzrlarini qabul qilib bo‘lmaydi. Shuningdek, bu hodisani Allohning qazosi va qadari deb oqlab bo‘lmaydi. U haqiqat bo‘lib, hech kimni mas’uliyatdan qutqarmaydi.

Odamlarning ishlarini nazorat qilish ularga etishi mumkin bo‘lgan har qanday falokatlarga tayyor turishni taqozo etadi. Ammo beparvolik qilgan shaxs Alloh va bandalari oldida javobgar bo‘ladi. Chunki Umar Foruq yo‘lni tuzatmagani uchun Iroq atrofida eshak qoqilib ketishidan Alloh uni so‘rashidan qo‘rqqan edi. Shunday ekan, salomatlik chora tadbirlaridan ko‘z yumgan, jabrlanganlarni tashish va o‘t o‘chirishni ortga tortgan kishilarning oqibati qanday bo‘ladi? Avvalo Allohning rahmdilligi bo‘lmasa, qolaversa oddiy odamlar va beton kompaniyasi ishchilari o‘t o‘chirish va xususiy mashinalarida jabrlanganlarni tashishga shoshilmaganida ahvol bundan ham yomon bo‘lishi mumkin edi.

Ushbu hodisa G‘azo hokimiyati tomonidan bo‘lgan ochiq beparvolik tufayli ro‘y berdi. Chunki u nazorat vositalariga to‘liq ahamiyat berishi lozim edi. Ularning eng muhimlari esa, odamlarning salomatligi va xavfsizligidir. Lekin hokimiyat ruxsatnoma berish, soliq yig‘ish, tekshirish va daromadni ko‘paytirish bilan ovora bo‘lgan. Hokimiyat bu ishlarni shunday hujjat va oqlovlar vositasida amalga oshirdiki, odamlar o‘z hayotlarida ularning ta’sirini his etmadilar.

Biz shu munosabat bilan G‘azo sektoridagi yoqilg‘i quyish shahobchalari, non korxonalari va boshqa odamlar ko‘p yig‘iladigan joylardagi portlashi mumkin bo‘lgan bombalar haqida signal bermoqchimiz. Chunki kapitalistlar, o‘z shaxsi va partiyasi manfaatini ko‘zlayotganlar hamda odamlar hayoti va mol mulklari evaziga nufuz talashayotganlar uchun bu ishlarning hech qanday ahamiyati yo‘q. Rosululloh ﷺ shunday deydilar:

«لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ، مَنْ ضَارَّ ضَارَّهُ اللَّهُ، وَمَنْ شَاقَّ شَاقَّ اللَّهُ عَلَيْهِ»

«Zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q. Kim zarar etkazsa, Alloh unga zarar etkazadi. Kim (boshqasiga) mashaqqat etkazsa, Alloh unga mashaqqat etkazadi».

Biz oddiy odamlar, beton kompaniyasi va chuchuk suv qadoqlash shirkatlariga minnatdorchilik bildiramiz. Chunki Allohning inoyati bilan ular bo‘lmaganida, ushbu yong‘inning vayron qiluvchi oqibatlarini hech kim bilmas edi.

Rosululloh ﷺ aytadilar:

«أَلَا كُلُّكُمْ رَاعٍ، وَكُلُّكُمْ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، فَالْأَمِيرُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ، وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ…»

«Ogoh bo‘lingki, barchangiz boshliqsiz va har biringiz o‘z qo‘li ostidagilardan javobgardir. Odamlar ustidagi amir ham boshliqdir va qo‘l ostidagilardan javobgardir…».

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.