Xalifalikning qulatilganiga 99 yil bo‘ldi, 100 yil bo‘lmasidan oldin musulmonlar uni barpo etadilarmi?!

385
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalifalikning qulatilganiga 99 yil bo‘ldi, 100 yil bo‘lmasidan oldin musulmonlar uni barpo etadilarmi?!

Rajab oyi kirib, Xalifalik davlati ag‘darilganiga to‘qson to‘qqiz yil to‘lishi munosabati bilan, Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi bayonot chiqardi. Markaziy matbuot bo‘limi raisi muhandis Salohiddin Azoza matbuot bayonotida «Xalifalik qulatilganiga yuz yil bo‘lmasidan oldin Ummat uni barpo etadimi?!», degan savolni ilgari surdi. U yana shunday qo‘shimcha qildi:

«Xalifalik nomi odamlar orasida, doiralarda, dastur va maqolalarda takrorlanmoqda. Chunki Xalifalik Musulmonlar orasida afkori ommaga aylandi va ularning hammasi Xalifalik qanday qayta barpo bo‘lishini bilmayaptilar». Matbuot bo‘limi raisi quyidagilarga e’tiborni tortdi:

«Islom Ummatining ulug‘vorligi uchta eng muhim omilga bog‘liq. Bular: Ummat, mabda, davlat. Ushbu omillarga qaraydigan bo‘lsak: bugun Ummat bor, g‘ayrat va shijoatga to‘la. Mabda ham bor, Islomni qizg‘anadigan insonlar, asosan, Hizb ut-Tahrir ushbu mabdani mufassal angladi, tatbiq qilishni obdan o‘rganib chiqdi… U Xalifalik davlatini qayta barpo etishga hozirlanib, ushbu davlat uchun islomiy shariat manbalaridan olingan shar’iy siyosiy nizomni tayyorladi. Endi, uchinchi omil bo‘lgan davlatga kelsak, davlat qudratdir. Chunki davlat tarqoq xalqlar energiyasini jamlab, ularni bir mushtga aylantiradi, o‘zining sochilib ketgan potentsiyallarini tartiblashtirib, ulardan samarali qudrat sifatida foydalanadi.

Roya gazetasining 2020 yil 18 mart chorshanba kungi 278-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.