Koronavirus xalqaro siyosatda o‘zgarishlar paydo qilishi mumkin

406
0

Koronavirus xalqaro siyosatda o‘zgarishlar paydo qilishi mumkin

Koronavirus – xalqaro siyosatning psixologik quroliga aylanib matbuot kurashi toboro kuchayib borayapti. AQSh boshchilik qilayotgan bu matbuot kurashi, 11-sentyabrda uyushtirilgan mudhish jinoyatni esga soladi. O‘shanda ham AQSh xalqaro siyosatdagi kuchli ta’sir quvvatidan foydalanib butun dunyoni o‘zining manfaati atrofida birlashtira olgan edi. Uning o‘zi uyushtirgan ushbu qo‘poruv ishlaridan AQShning Afg‘oniston va Iroqqa bostirib kirish maqsadi yotganini butun dunyo anglab turgan edi. Shunga qaramay, dunyo davlatlarining birortasi unga qarshi pozitsiyada tura olmagan. Aksincha AQSh Afg‘onistonga qarshi tuzgan olamiy koalitsiyaga dunyo davlatlarining deyarli barchasi a’zo yoki rozi bo‘lgan edi.

Xalqaro siyosatdagi etakchi davlatlar vaqti-vaqti bilan olamiy silkinishga olib borishi mumkin bo‘lgan yirik yoki kichikroq moliyaviy, iqtisodiy va siyosiy krizis yoki depressiyalar uyushtirib turadi. Har bir krizisdan biror maqsad ko‘zlangan bo‘lib, bu maqsad etakchi davlatning manfaatiga ko‘ra keng yoki torroq ko‘lamda avj oldiriladi.

AQSh uyushtirgani gumon qilinayotgan koronavirus pandemiyasi Xitoydan boshlandi, lekin asosiy vahima Italiyadan tarqab borayapti. Xitoy vahimani so‘ndirishga urinib, virusni engib karantin to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqata boshladi. “Ozodlik radiosi” singari Amerika ta’siri ostidagi matbuot manba’lari esa, koronavirus vahimasini shiddat bilan tarqatishda davom etib borishayapti. Xalqaro valyuta fondi (XVF) pandemiyaga qarshi 1 trillion dollar yordam ajratishi haqida malumot tarqatdi. XVF ajratishi kutilayotgan pul ham AQShning ta’siri ostida bo‘lib, faqat pandemiyani qo‘llab olamiy qalbaki vahima tarqatish kompaniyasida faol ishtirok etgan davlatlarga bo‘lib beriladi.

Pandemiya vahimasi ortida AQShning bir qator maqsadlari yotishi mumkin.

  1. Olam davlatlari ustidagi nazoratini yanada kuchaytirib, ularning qaramliklarini ziyodalashtirib olish. Karantin orqali davlatlarni bir birlaridan to‘sib, olamiy yirik ishlab chiqarish korxonalarini berkitib turish orqali olamda odamlarning yashash darajasini pasaytirib borayapti. Bu holat o‘z navbatida davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlarini zaiflashtiradi, siyosiy tobe’liklarini kuchaytiradi. Chunki koronavirus pandemiyasi AQShdan boshqa deyarli barcha davlatlarni iqtisodiy inqiroz holatiga sola olishi mumkin.
  2. Kapitalizmning muqarrar inqirozini yashirish! Dunyoda ishlab chiqarish uchun xom ashyo tovarlari va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari chekli, shaxslarning ehtiyojlari esa cheksiz. Bundan doimiy tovar va xizmatlar etishmasligi kelib chiqadi. Olamiy boshqaruv sistemasi kapitalislarning to‘ymas ehtiyojlarini qondira olmaydi. Kapitalistlar, olamdagi bor imkoniyatlarni ko‘lga kiritib bo‘lishdi, lekin ehtiyojlari qonmayapti. Shunda ular, dunyoda chiqarilayotgan barcha mahsulotlar ustidan beqaror narxdagi qimmatbaho qog‘ozlar chiqara boshlashdi. Ya’ni ular bor tovar va mahsulotlardan tashqari yo‘q (vertual) mahsulotlar evaziga odamlarga qimmatbaho qog‘ozlar sota boshlashdi. Natijada jahon birjalarida har bir ishlab chiqarilgan tovarlar ustida ularning haqiqiy narxidan bir necha barobar ortiqcha narxdagi qog‘ozli aktsiyalar savdo sotig‘i yura boshladi. Bu aktsiya egalari vertual savdodan shuningdek vertual pullarning banklardagi raqamlardagina tushayotgan pullardan foydalanayapmiz deb aldanib yurishadi. Lekin vaqt o‘tishi bilan vertual pullar ko‘lami real tovarlar narxidan bir necha o‘n barobar ortib ketishi dunyo etakchilarini vahimaga sola boshladi. Chunki kapitalizmdagi bu qog‘ozlar savdosi, xuddi suvning ustidagi ko‘piklarni sotish kabi savdo bo‘lib, vaqti kelganida albatta ochiqqa chiqishi muqarrar bo‘lgan firibgarlikdan boshqa narsa emas! AQSh, Koronavirus karantinidan foydalanib, olamdagi vertual aktsiyalar narxini ham pasaytirib ularni mahsulotlarning real narxlariga yaqinlashtirib olmoqchi bo‘ladi.
  3. Xitoy va Evropa Ittifoqi kabi yirik geosiyosiy raqiblarini xalqaro siyosatdagi mavqe’larini pasaytirib olish. Xitoy, dunyo bozorlarini egallab borayotgan bir paytda karantin uni belgisiz muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Evroittifoqqa a’zo davlatlar o‘rtalaridagi shengen vizasi ham deyarli bekor qilinish arafasida. Evropa Ittifoqi Italiya va yana boshqa davlatlarga insoniylik (gumanitar) yordam ko‘rsata olmaganlaridan tashqari bir-birlari bilan o‘rtalaridagi chegaralarini yopa boshlashdi. Bu holat, Evropa Ittifoqini yaqin kelajakda tarqab ketishidan darak beradi. Xalqaro siyosatda o‘zgarishlar ro‘y bersa, Evropa, Xitoy va boshqa yirik davlatlar unga hozirgi zaif holatlari bilan kirib borishini anglatadi. Bu esa AQSh uchun xalqaro siyosatni boshqarishida bir oz bo‘lsa ham engillik olib kelishi mumkin.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.