Amerika Saudiya bilan birgalikda koronavirus niqobi ostida neftь urushini olib bormoqda

349
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika Saudiya bilan birgalikda koronavirus niqobi ostida neftь urushini olib bormoqda

Doktor Muhammad Jiloniy

Dunyo ikkinchi jahon urushidan chiqqandan so‘ng Amerika dunyo tizimini boshqatdan tuzishga kirishdi. U bunga siyosiy jihatdan Xavfsizlik kengashi va xalqaro koalitsiyalar orqali, iqtisodiy jihatdan Bretton Vuds shartnomasi, Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki orqali harakat qildi. Keyin Amerika Frantsiya va Britaniyani joriy eski mustamlakalaridan chiqarib yuboraman, Sharqiy Evropa davlatlarida esa, Rossiyaning o‘zi hukmron bo‘lishi mumkin, deya o‘zining eng katta raqibi bo‘lgan Sovet Ittifoqini ishontirdi.

Amerika 1971 yilga kelib, Britton Vuds shartnomasidan qutulishga va oltin o‘rniga dollarni xalqaro valyutalar o‘lchoviga aylantirishga qaror qildi. Buni neftь savdosini faqat dollar bilan qilishni ta’minlash orqali kafolatlab oldi. Keyin esa, dollarni har qanday cheklovdan ozod qildi. Maslaan, uning iqtisodiy o‘sishga bog‘liqliqligini uzib tashladi. Bu ish prezident Reyganning 1983 yildagi qarori orqali amalga oshdi. O‘shanda AQShning moliyaviy boyligi iqtisodiy o‘sishga qaraganda bir necha barobar o‘sib ketdi. Masalan iqtisodiyot 3-8 % oralig‘ida o‘sganda, pul boyligi 50 % va undan yuqori ko‘rsatkichda o‘sdi.

Bir tomondan dollarni oltindan ajratish, ikkinchi tomondan iqtisodiy o‘sishdan ozod etish natijasida virtual yoki xayoliy iqtisodiyot, degan narsa yuzaga keldi. Sodda qilib aytganda, pul tovarlar bilan ham, ishlab chiqarish bilan ham, xizmatlar bilan ham o‘lchanmaydigan bo‘ldi.

Mana shunday choralar orqali Amerika jahon pul bozorini va xalqaro savdoni nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni, dunyodagi hamma davlatlar o‘zlarining savdo-sotiq ishlarini, ayniqsa, energetika va neftga oid biznes ishlarini bajarish uchun ko‘p miqdorda dollar saqlashga majbur bo‘lib qoldi. U o‘zining federal zaxirasi orqali dollar ishlab chiqarar ekan, ushbu valyutasi miqdorini nazorat qilib, boshqa ko‘plab dunyo davlatlarining valyuta kursini boshqaradigan davlat bo‘lib oldi.

Bu mustamlakachi davlat OPEKdaga nufuzini Saudiya orqali hamda o‘z ta’siri ostidagi Aramko shirkati orqali mustahkamlab, neftь bozoriga hukmron bo‘lib oldi…

Bugungi kunda koronavirus tarqalishi inqirozi sababli neftga bo‘lgan talab pastlab ketdi. Ayniqsa, dunyo neftining 20 %iga talabgor bo‘lgan Xitoyning talabi kamaydi. Amerika o‘z malayi Saudiya bilan birgalikda neftь ishlab chiqarilishini kamaytirish orqali uning bahosini tushib ketishdan saqlab qolishga urindi. Biroq OPEKka a’zo bo‘lmagan Rossiya ishlab chiqarishni kamaytirishga rozi bo‘lmadi. Chunki Rossiya neftь narxining pastlab ketishi oqibatida kelib chiqqan ziyonni neftь ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali engib olaman, deb o‘yladi. Ana shunda Saudiya (Amerika Saudiya bilan Rossiya o‘rtasidagi kelishmovchilikka aralashishning vaqti emasligini Tramp orqali da’vo qilganiga qaramay) Amerika bilan kelishib, qasddan bir tomonlama ishlab chiqarish sur’atini neftь narxi tushib ketadigan darajada oshirib yubordi. Bunda og‘irlik Rossiyaga tushishi uchun shunday qildi. Avvaliga Rossiya Saudiyaning ishlab chiqarish sur’atini oshirishi bizga ziyon qilmaydi, degan edi. Biroq o‘zining energetika vaziri orqali neftь narxini tushib ketishini to‘xtatib qolishga harakat qilishni talab qildi.

Bunga javoban, ommaviy axborot vositalarida, Amerikaning Saudiya bilan birgalikda yangi neftь alyansi tuzishga harakat qilayotgani, shu orqali u OPEK tizimini tugatishga va Saudiya boshchiligida neftь bozorini OPEK orqali emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z qo‘liga o‘tkazib qolishga urinayotgani xabar qilindi.

Aftidan, Amerika neft bilan bog‘liq strategik qadamlarni tashlash uchun hozirgi vaziyatdan foydalanmoqchi ko‘rinadi. Bunda quyidagi ishlar unga qo‘l keladi:

Valiahd Muhammad ibn Salmon orqali Saudiya Arabistoni AQShning istak va talablariga to‘la bo‘ysunadi;

Bugungi kunda neftь narxi keskin tushib ketishi oqibatida kelib chiqqan neftь inqirozi uning bozori vayron bo‘lishidan ogohlantirmoqda va bu neftь ishlab chiqaruvchi davlatlarni bu kabi yangi alyansga rozi bo‘lishga undamoqda, agar alyans neftь bahosini ma’qul darajada saqlab tura olsa, albatta.

Butun dunyo, xususan, Evropa davlatlari koronavirus epidemiyasi bilan band. Shuning uchun ularning ayni epidemiyani jilovlab olishda yordam beruvchi omil bo‘ladigan har qanday iqtisodiy siyosiy ishga rozi bo‘lishlari imkoniyati katta.

Amerikaning qilmoqchi bo‘layotgan bu ishi bizga 1973 yil Ramazon urushi chog‘ida qirol Faysal bilan qilgan ishini eslatmoqda. O‘shanda bir tomonda Misr bilan Suriya, ikkinchi tomonda yahudiy vujudi o‘rtasida bo‘layotgan bu urushda Faysal ataylab Evropa davlatlariga neftь etkazib berishni to‘xtatib qo‘yadi va bu uning narxini juda qimmatlab ketishiga olib keladi. Buni Amerika dollarni oltindan ajratish va shu orqali neftь savdosi amaliyotlarida dollarga tayanish ishini oqlash maqsadida uyushtirgan edi. Biroq bu safar ish bir oz teskari, ya’ni, neftь narxi ko‘tarilib emas, balki pastlashi bilan bo‘lyapti. Chunki uning narxi tushib ketishi sababli neftь eksport qiluvchi davlatlar o‘z moliyaviy daromadlarini saqlab qolish uchun qimmatga tushsa ham har qanday echimni kutishga rozi bo‘lishyapti.

Biroq haqiqat shundan iboratki, hozirgi xalqaro vaziyat Tramp va uning siyosatchilari istayotgan narsadan tamoman boshqacha. Chunki bu global neftь siyosatida tub o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin. Zero, koronavirus epidemiyasi moliyaviy va iqtisodiy tizimni yo‘q qilishi hamda butunlay qulashga olib kelishi mumkin. Shunga qarab ketyapti ham. Dunyodagi ko‘plab rahbarlar butun dunyo tartibi o‘zgarib ketishi mumkinligi haqida bayonot berishdi. Neftga bo‘lgan talabning keskin pastlab ketishi xoh Xitoy ishlab chiqarishi to‘xtab qolishi oqibatida bo‘lsin, xoh dunyo bo‘ylab transport butunlay to‘xtab qolishi oqibatida bo‘lsin, xoh boshqa energetikaga bo‘lgan talablar to‘xtashi oqibatida bo‘lsin, farqsiz, neftь narxining yuqorilashi va shu orqali moliyaviy yo‘qotishlarning o‘rnini qoplashi yaqin orada kutilmaydi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, bugun Tramp Saudiya shahzodasi Ibn Salmon bilan birga o‘yin qilayotgan bu neftь avvalu oxir Islom Ummati mulkidir va bu mulk dunyo tizimini biror bir tarzda qo‘llab-quvvatlashi nojoiz. Chunki bugungi kundagi dunyo tizimi zolim mustabiddir. U paydo bo‘lib, bir shakldan boshqa bir shaklga rivojlangandan buyon Islom va musulmonlarga qattiq dushman bo‘lib kelmoqda. Islomga qarshi asossiz ravishda adolatsiz urushni e’lon qilgan ham mana shu tizimdir. Aynan shu tizim Islomni boshqaruvdan hamda insoniyatni zulmatdan nurga olib chiqish vazifasini amalga oshirishdan chetlatishga harakat qildi va hamon shunga harakat qilib kelmoqda. Bu kabi global tizimni yonini olish va uni har qanday ko‘rinishda qo‘llab-quvvatlash nojoizdir. Bil’aks, uni yo‘q qilishga va uning yovuzligidan olamni qutqarishga qattiq harakat qilmoq darkor.

Roya gazetasining 2020 yil 25 mart chorshanba kungi 279-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.