Hukmdorlarning o‘z partiyaviy manfaatlarini o‘ylab, xalq qiyinchiliklarini e’tiborsiz qoldirishlari Iroqning xonavayron bo‘lishiga sababdir

496
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hukmdorlarning o‘z partiyaviy manfaatlarini o‘ylab, xalq qiyinchiliklarini e’tiborsiz qoldirishlari Iroqning xonavayron bo‘lishiga sababdir

Ustoz Abdurahmon Vosiq – Iroq

Mana, to‘rt oy bo‘ldiki, namoyishchi yigitlar korruptsiyachi rejimni himoyachi kuchlarining bostirishiga parvo qilmay, poytaxt Bag‘dod va yurt janubidagi boshqa viloyatlar maydonlarida o‘z talablarida qat’iy, mustahkam turibdilar. Shu vaqt ichida korruptsiyachi rejimning nafaqat ildizi mustahkamlanib, pixi qayrildi, hatto ular uchun o‘z xo‘jayinlari yordamida hokimiyatda saqlanib qolish hayot-mamot masalasi bo‘lib qoldi. Bundan ochiq ko‘rinib turibdiki, hukumat ishlarni atayin paysalga solyapti, tullaklik bilan dumini tutqazmayapti, namoyishchilar sovuqning qattiqligidan va oziq-ovqat etishmasligidan qiynalib, namoyishlarini davom ettirishdan voz kechishga majbur bo‘ladi, deya qasddan vaqtni cho‘zyapti. Shuning uchun biz namoyishchilar bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchayayotganiga, namoyishni qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘paygani sari, xavfsizlik kuchlarining zulmi ham kuchayayotganiga, shu orqali ularni namoyishdan voz kechishga majburlashayotganiga guvohi bo‘lyapmiz.

Masalan, yanvar oyining o‘rtalaridagi asosiy hodisa, Zi-Qor muhofazadagi namoyishchilarning hukumatga xalq talablariga javob qilishlari uchun 2020 yil 19 yanvar yakshanba kungacha muhlat berishgani bo‘ldi. Buni qolgan muhofazadagi, jumladan, Bag‘doddagi namoyishchilar ham qo‘llab-quvvatlashdi. Barchalari agar belgilangan muddatda hukumat ularning talablarini qabul qilmasa, vaziyatni keskinlashtirajaklarini ma’lum qilishdi. Vaziyatni keskinlashtirish, markaziy muhofazalarni janubiy muhofazalar bilan bog‘lovchi yo‘llarni hamda Bag‘dodga olib boruvchi xalqaro trassani to‘sib olib, neftь mahsulotlari transportini to‘xtatib qo‘yish va tovarlarning Basra portidan yurt markazi va shimoliga keltirmaslikdan iborat. Bundan tashqari, ilgari ochilgan hukumat idoralarini yopib, parlament binosi oldida norozilik namoyishlari uyushtirishdan ham iborat.

Namoyishchilarning o‘z pozitsiyalarida mahkam turishlari oqibatida talay qurbonlar berilganini hamda unda halok bo‘lgan va jarohatlanganlar 27 mingni tashkil qilganini ham eslamoq lozim. Buning ustiga, namoyish maydonlaridan yuzlab faollar o‘g‘irlab ketildi, hukumat bunga mutlaq ko‘z yumib keldi. Namoyishchi yigitlarning Muhammad Qosim nomli xalqaro trassani yopishlaridan bir kun o‘tib, xavfsizlik kuchlarining zo‘ravonligi va shafqatsizligi kuchaydi… Jangovar o‘q qo‘llashlari oqibatida o‘nlab yoshlar halok bo‘ldi va jarohatlandi, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan qattiq bo‘g‘ilish holatlari bo‘ldi. Bu hodisalar xalqaro Amnistiya tashkiloti tomonidan ta’kidlanib, bunga guvohlar keltirildi, videolavhalar tarqatildi. (Al-Jazira).

Ayni zo‘ravonlikni advokatlar va huquqbonlar rejimning norozilik namoyishlarini yo‘q qilish uchun tashlagan navbatdagi qadami, deya baholadilar. Chunki rejim namoyishchilar e’lon qilgan «vatan muhlati»ni ularning o‘zlariga qarshi haddan ziyod zo‘ravonlik siyosati bilan qarshiladi. «Namoyishchilarni o‘ldirishni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi, faqat maksimal zarurat tug‘ilib, o‘zni himoya qilishga majbur bo‘lgandagina o‘ldirish mumkin, xolos. Bundan tashqari, ilgaritdan ogohlantiruvchi choralar sifatida ham ko‘rilishi mumkin», dedi Iroq inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi a’zosi Ali Bayotiy. U qo‘shimcha qilib bunday dedi: «Har qanday davlatning suvereniteti masalasi uning fuqarolarni himoya qilishni ta’minlashga bog‘liqligini hisobga olsak, namoyishchilar o‘ldirilishini tergov qilish va aybdorlarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullanuvchi haqiqiy iroqlik ichki harakatning yo‘qligi xalqaro doiralarning ko‘proq aralashishiga yo‘l ochmoqda». (Al-Jazira net).

Biz joriy yil 24 yanvar juma kuni Muqtado as-Sadr tarafdorlari da’vat qilgan «millionlar namoyishi»ni ham aytmasdan o‘tolmaymiz. Bu namoyishda Iroqdan ajnabiy kuchlarning chiqib ketilishi zarurligi va Amerika bilan imzolangan xavfsizlik bitimlarining bekor qilinishi, aks holda, masala Iroqni ishg‘ol etilgan davlat, degan e’tiborda hal etilajagi aytildi! As-Sadrning ko‘nglida hukumatga qarshi bo‘layotgan namoyishlarga nisbatan nimalarni yashirgani sir emas. Chunki u namoyishchilarni hokimiyatni qurolli guruhlar boshqarmoqchi, deya yoritishga urindi. Bu kimsa o‘zining Eron bilan aloqa qilishini va uning rejalarini bajarishini yashirishga qattiq harakat qilib, o‘zini qo‘zg‘olonning xalq manfaatlarini o‘ylovchi etakchisi qilib ko‘rsatishga urinadi. Biroq as-Sadrning soxta «millionlar namoyishi» tamom bo‘lgach, ayniqsa, kutilmaganda o‘z tarafdorlariga namoyish maydonlarini tark etishni buyurganidan keyin qallobligi, aybi ochilib qoldi. Chunki buni u xalq harakatini zaiflashtirish va Eron bilan uning ittifoqchi jangarilariga bebaho xizmat taqdim etish maqsadida qildi. Chunki bu jangarilar korruptsiyachi rahbarlardan xoli yangi Iroq hukumati tuzilishini talab qilayotgan namoyishlarni to‘xtatishga ojizlik qilayotgandi.

Aftidan, as-Sadrning bunday haddan oshishlari karami keng Allohning bir makri bo‘ldi, ya’ni, bunga o‘xshash munofiq va malay kimsalarning asl basharalarini fosh etdi. Alloh Taolo bunday deydi:

مَّا كَانَ اللّهُ لِيَذَرَ الْمُؤْمِنِينَ عَلَى مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ حَتَّىَ يَمِيزَ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ

«Alloh mo‘minlarni sizlar bo‘lgan mana shu holatda (ya’ni kim mo‘min-u, kim munofiqligi ma’lum bo‘lmagan holatda) tashlab qo‘yuvchi emas. Hali U nopokni pokdan ajratadi» [Oli Imron 179]

Shundan keyin Bag‘dod, Basra va boshqa shaharlardagi namoyish etakchilari oldida hamma g‘azablarini Muqtado as-Sadrga sochishdan, as-Sadr kelasi Bag‘dod hukumatiga rais bo‘lishga Tehrondan va’da olgani uchun xoinlik qildi, deyishdan boshqa choralari qolmadi. Bu namoyishchilarning «koordinatsion komissiyasi» nashr qilgan bayonotda ochiq bunday deyildi: «Biz diniy fatvolar bilan chiqmadik, as-Sadrning tvitlari bilan ham chiqmadik, u bizni sabrimizni tugatolmaydi, qo‘zg‘olonimizni yo‘q qilolmaydi. To‘lqinimizni jilovlagandi, biz uning o‘zini jilovlab qo‘ydik, bizdan o‘z manfaatida foydalanmoqchi edi, biz uni dog‘da qoldirdik. To qo‘zg‘olondagi maqsadlarimizga etmagunimizcha maydonlarni aslo tark etmaymiz, shahidlarimiz qonini hargiz behuda ketkazmaymiz, as-Sadr kabi siyosiy savdogarchilik stoliga hech qachon o‘tirmaymiz».

Xavfsizlik kuchlari yanvar oyining oxirida, aniqrog‘i 25 yanvar kuni ertalab, Bag‘doddagi asosiy namoyish maydonlari bo‘lgan Xulloniy bilan Tahrirga hujum qilib, namoyishchilarni tarqatishga urindi. Janubiy shaharlar maydonlarida jangovar o‘q va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi… Oqibatda o‘ttizdan ziyod odam jarohatlandi. Bu as-Sadrning o‘z tarafdorlarimni hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashishlariga chek qo‘yaman, degan bayonoti ortidan bir necha soat o‘tib sodir etildi. Biroq namoyishchilar tosh va «Molotov kokteyli»ni otish bilan xavfsizlik kuchlarini chekinishga majbur qilishdi. (Anbo axborot agentligi).

Nima bo‘lganda ham, Iroq prezidenti Barham Solih ikki oy oldin iste’fo bergan bosh vazir Abdulhodiy o‘rniga biror shaxsni tayinlashga muvaffaq bo‘lolmadi. Bunga u hokimiyatdagi mavjud partiyalar bilan g‘azabnok xalq o‘rtasidagi ziddiyat sababli muvaffaq bo‘lolmadi. Parlamentdagi guruhlar etakchilaridan biri – Solih Ali vazirlik tayinlanish arafasida turganini, u ayni partiyalar bilan namoyishchilar shartlari o‘rtasida kelishib olganini da’vo qildi. Biroq haligacha hech kim tayinlangani yo‘q. (Xolij onlayn).

Shu erda Amerika yurtdagi mavjud inqirozni hal qilishga va bu erdagi kurashdan qutulish uchun unga yakun yasab, boshqa frontlardan yangi nizo olovini yoqishi mumkin-ku, chunki u hech qachon xalqning azob-uqubatiga qayg‘urgan emas, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Variantlar qanday bo‘lmasin, insonlar boshiga tushayotgan baxtsizliklarga va azob-uqubatlarga kofirlar sababchi. Buni daf qilishga esa, rabboniy hukmdorgina qodir. Hukmdorki, u insonlar ishi borasida Alloh Taoloning shariatini tatbiq qilishni hamda Iroqni mustamlakachi kofirlarning moddiy va ma’naviy asoratlaridan tozalashni, kofirga malay bu hukmdorlarga qarshi kurashib, ulardan yurtni xalos etish masalasini o‘z oldiga asosiy maqsad qilib olgan bo‘ladi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.