Pandemiyaga mafkuraviy nuqtadan nazar

112
0

Pandemiyaga mafkuraviy nuqtadan nazar

 Devid Rokfeller: “Aholi soni o‘sishining… salbiy ta’siri aniq bo‘lib qoldi”

Bu so‘zni shunday tushinish kerak: Rokfeller kabi kapitalistlar xashamatli hayot kechirishlari uchun aholi sonini kamaytirish kerak. Bu ma’nodagi so‘zlarni dunyoga mashhur Bill Geyts, Ted Terner, Maykl Blumberg va boshqa shu kabi yirik kapitalistlarning ko‘plari aytganini topish mumkin. Qolganlari ochiq atmasa ham shunday fikrda.

 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh qadrli musulmon birodarlar

 Men bugungi mavzuda koronavirus illatini kapitalistik mafkuraga bog‘liqlik jihati va dunyo siyosatida amalga oshirilayotgan tomonlariga to‘xtalmoqchiman.

 Ma’lumki, kapitalistik iqtisod nuqtai nazari bo‘yicha iqtisodiy muammo – inson ehtiyojlari cheksiz bo‘lib, uni qondiruvchi resurslarning kamligidir.

 Mana shundan kelib chiqib kapitalistik tuzumning asoschi mufakkirlaridan biri Malьtus aholi soni o‘sishi ocharchilik va ijtimoiy silkinishlarni keltirib chiqaradi deb hisoblagan. Chunki, aholi soni o‘sishi natijasida iste’mol ko‘payib, resurslar etishmovchiligi kuchayib ketadi degan. Shu sababli aholi sonini kamaytirish choralari ko‘rilishi kerak deb bilgan. Bu nazariya “malьtusianizm” deb ataladi. Mazkur nazariya – ayrim tafsilotlardagi muxolif fikrlarni hisobga olmaganda – kapitalistik mufakkirlarning barchasi tomonidan qabul qilingan. Hozirgi kunda ham uning bu nazariyasi kapitalistik “klassik iqtisodiy nazariya”sining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.

 Shu nazariya asosida kech uylanish, homilaning oldini olish, abort va boshqa shu kabi ishlar odatiy ko‘rinishlarga aylantirildi. Uning izdoshlari “malьtusianizm”ni takomillashtirib, “neomalьtusianizm” paydo qilishdi. Unga muvofiq, zarurat bo‘lsa – zaruriyatni kapitalistlar belgilashadi – majburiy ravishda insoniyat sonini kamaytiruvchi choralar qo‘llanilishi mumkin.

 Mustamlakachilar – mazkur nazariyaga muvofiq – mustamlakasi ostidagi xalqlarga nisbatan aql bovar qilmas vahshiyliklar qilishdi. Biologik urushlar olib borishdi.

 Endi koronavirus pandemiyasiga kelsak, bu illat dunyoga atayin tarqatilayotganiga dalolat qiluvchi dalillar ko‘paymoqda. Buni yuqorida aytib o‘tilgan nazariyaga muvofiq olib borilayotganini anglash mumkin.

 Bu virus immuniteti zaif odamlarni nishonga olgani ham shunga dalolat qiladi. Olamiy kapitalistik tuzum inqiroz girdobiga tushib qolgani sababli, kapitalistlar “ortiqcha” odamlardan xalos bo‘lishni o‘ylashmoqda. Ular bunga qadar o‘zlarida pensiya yoshini oshirish kabi choralarni qo‘llab ko‘rishdi. Biroq, bu o‘z xalqlari tomonidan keskin qarshilikka uchrab, samarali natija bermadi. Shu sababli, ularni qariyalardan qutulishida bu qulay chora bo‘lib qolmoqda. Kapitalistik davlat rahbarlarining barchasi shunga kelishishgan. Masalan, Xitoy sotsialistik mafkura niqobini kiygan kapitalistik davlat hisoblanadi (demokratiya niqobiga o‘rangan boshqa kapitalistik davlatlar kabi). Chunki, uning iqtisodi kapitalistik iqtisoddir. Shu sababli u virusga qarshi kurashib, odamlar umrini saqlab qolish uchun harakat qilmadi. Aksincha, qachonki ulkan iqtisodiy zarar ko‘rishini anglab etganidan keyingina kurash boshladi.

 Mustamlakachilarning mustamlakalariga nisbatan olib borayotgan siyosati bundan ham yomonroq. Chunki, mustamlakasi ostidagi aholining aksarini immuniteti zaif. Kapitalistlarga esa ishga yaroqli qullar qolsa bo‘ldi.

Ma’lumki, mustamlaka ostidagi aholi soni ortib bormoqda. Mustamlakachilar esa boyliklarni talon-taroj qilishda foydalanadigan texnologik tarmoqda ulkan muvafaqqiyatlarga erishishdi. Endilikda ishchi kuchiga ehtiyoj kamaydi. Shu tufayli aholining katta qismidan qutulish kerak bo‘lib qoldi. Chunki, ishsizlik uchun nafaqa to‘lash zarurati qolmaydi, qolaversa, yashash uchun kurashuvchi qo‘zg‘olonchilar ham kerak emas.

 Bunday vahshiy kapitalistik mafkura qarshisida uni qulatishga qodir yagona adolatli tuzum bor bu – Islom tuzumi. Masalan, mazkur xodisa bo‘yicha misol keltiradigan bo‘lsak, Islomning iqtisodiy nuqtai nazari bo‘yicha, Alloh qiyomatga qadar qancha odam bo‘lishini xohlagan bo‘lsa, ularning barchasiga Er sharidagi resurslar etarli. Islomda odamlar sonini sun’iy yo‘l bilan kamaytirish jinoyat hisoblanadi. Buni qilgan inson shu dunyoda jazolanadi, bu dunyoda jazosiz qolsa, jazosi oxiratga qoladi. Bu birgina misol, aslida hayotning barcha sohalarida, har bir ishga Islomning adolatli echimi bor. Shu tufayli, mustamlakachi kofir kapitalistlar unga qarshi tinimsiz va ayovsiz kurashib kelishmoqda.

 Kapitalistlar dastlab fikriy kurash olib borishdi. “Din hayotdan ajratilgan”, “Islom hozirgi zamonga mos kelmaydi”, “Din ahloq va ibodatdan iborat” kabi buzuq g‘oyalarni ishga solishdi, shuningdek, Islomga zid bo‘lgan “vatanparvarlik”, “millatchilik”, “mazhabparastlik” fikrlarini kuchaytirishdi. Bu g‘oyalar omadsizlikka uchraganidan keyin “ekstremizm va terrorizm” bahonasi bilan kuch ishlatishga o‘tishdi. Unga “mo‘’tadil islom” loyihasini sherik qilishdi. Bular ham, vaqtdan yutishni hisobga olmaganda, muvafaqqiyatsizlikka uchramoqda. Mana endi bu kurashga “pandemiya”dan foydalanish ham kelib qo‘shildi.

 AQShga malay, islomiy niqob kiygan Saudiya Arabistonining kapitalstik-qirollik hukumati virus tarqalishiga yo‘l ochib berdi. Natijada, butun dunyo musulmonlarining qiblasi bo‘lgan Baytul Haramda dunyo musulmonlari birligini namoyon qiluvchi ibodatlarga to‘siq qo‘yildi.

 Endi Qirg‘izistonga keladigan bo‘lsak, Saudiyadan yuqtirib kelindimi yo yo‘ldanmi yoki bizning hukumatdagilar o‘zlari yuqtirdimi, har holda Qirg‘iziston hukumati “pandemiya”ning mafkuraviy kurashi kuchayishiga sharoit yaratib berdi. Chunki, u AQSh, Xitoy, Rossiya hukumatlari singari kofir xo‘jayinlari bosimlariga qarshi turish uyoqda tursin, ularnig buyruqlarini qoil maqom bajarib berdi. Shuningdek, mamlakat ichidagi din dushmanlarining Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan axborot hujumlarini to‘xtatishga harakat ham qilmayapti. Hatto, qo‘llab-quvvatlayotgandek bo‘lmoqda…

 Qirg‘iziston mustamlaka ostidagi davlat bo‘lgani sababli, albatta, koronavirus tahdidi mavjud. Shu sababli, undan himoyalanishning ilmiy shartlariga rioya qilamiz. Biroq, qarshiliksiz uning qurbonlariga aylanmasligimiz kerak. Masalan, hozir karantin, favqulodda holat joriy etilmoqda. Biroq, bizga o‘xshagan mustamlaka ostidagi davlat bunday vaziyatga qachongacha bardosh bera oladi? Kasallikni endi engdik deganda, yana qayta yuqtirib qo‘yishsachi? Unga qarshi vaktsina yoki dori kelsa-yu, bu odamlarni boshqa jihati bilan qirg‘in qilishga muljallangan bo‘lsachi?

 Shu sababli, qadrli musulmon birodarlar, fikrlab ko‘raylik, uyg‘onish vaqti keldi. Ekspertlar bir xil fikrda “har bir odam virusga qarshi o‘zidagi immunitet bilangina qarshi tura oladi” deyishmoqda. Shuning uchun, karantinda o‘tirib, yana qayta immunitetimizni zaiflashtirib olmay, tabiiy oziq-ovqatlar bilan immunitetni kuchaytirish choralarini ko‘raylik.

 Xuddi shu kabi, xalqimizda ham olamiy va xalqaro siyosiy hujumlarga qarshi immunitet bo‘lishi kerak. Aks holda, qossobni kutib yotgan qo‘zidek bo‘lamiz. Bu immunitet – dinimiz Islomda.

 Alloh gunohlarimizni kechirsin, to‘g‘ri yo‘liga boshlab, nusratini bersin, har qanday ish Allohga oson

 Alhamdulillahi robbil aalamiyn

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.