Ongli xolis kishilarning siyosiy bo‘lmaslikka haqlari yo‘q

97
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ongli xolis kishilarning siyosiy bo‘lmaslikka haqlari yo‘q

Bahs va e’tiborga havola qilish kerak bo‘lgan masala musulmon yurtlarida islomiy siyosiy doirani vujudga keltirish masalasidir. Modomiki, Islom davlatining barpo etilishi buni talab qilar ekan, davlat barpo etilishidan oldin yoki musulmon yurtlarining Islom davlatiga qo‘shilmasidan oldin siyosiy doiraga kirib borish shart bo‘lib qoladi. Hayotda va ayni o‘sha siyosiy doiralar ichida Islomni vujudga keltirish shuni talab qiladi. Shuning uchun har qanday islomiy yurtda siyosiy doira ichiga kirib borishga harakat qilish Islom uchun siyosiy kurash olib borayotgan har bir kishi amalga oshirishi zarur bo‘lgan ishdir.

Musulmon yurtlardagi siyosiy doiralar tarkibida ham G‘arb siyosiy doiralar tarkibidagi mavjud korruptsiya bor. Faqat shu korruptsiyagina emas, hatto kufrning malaylari bor. Kufr tuzumi va siyosatiga oshiq bo‘lib, taqlid qilayotgan, Islomni yomon ko‘rib, unga qarshi adovat saqlayotgan va uni tahqirlayotgan kimsalar ham topiladi.

Shuning uchun biz bu doiralarga kirib borishga harakat qilish bilangina kifoyalanmay, ularni buzishga va islomiy doiralarga aylantirishga ham harakat qilmog‘imiz lozim. Garchi ularning tashqarisidan turib harakat qilish mumkin bo‘lsa-da, biroq, ichkarisida harakat olib bormoq bir muncha oson va natijaga yaqindir. Lekin musulmon yurtlardagi siyosiy doiralar rahbarlari G‘arb rahbarlari va u erdagi siyosiy doiralarga nisbatan kichik hisoblanishsa-da, musulmon yurtlar ahliga nisbatan juda katta hisoblanadilar. Chunki ular hukmdorlar, etakchilar, odamlarning hayotida o‘z vazniga ega shaxslardir. Buning ustiga, ularda aql-zakovat, bilim, tajriba bor va bu narsa ularni odamlardan ustun, peshvo shaxslarga aylantirib qo‘yadi. Ulardagi mavjud mahorat va to‘g‘ri yondashuv har qanday holatga munosib to‘n kiyib olishlariga hamda agar jamiyatda Islom hukmron bo‘lsa, masjidlarda besh vaqt namozni oldingi safda turib o‘qishlariga imkon beradi. Shuning uchun Islom davlatida ular ushbu davlat uchun birinchilardan bo‘lib harakat qilishlari va islomiy harakatlarning etakchilari bo‘lib olishlari ham ehtimoldan xoli emas. Bu doiralarda noxolislik ko‘zga tashlanmoqda, ular munofiqlikni yashirishga ustasi farangdir. Bundan tashqari, ular davlatlarni ag‘darish va vayron etishda odamlardan bir muncha tajribali va qodir kishilardir. Qachon Islom davlati barpo bo‘lsa va bu siyosatchilarning kuni bitib qolsa, ular Ummatga o‘zlarini xolis va bilimdon qilib ko‘rsatishga o‘tishadi, shu orqali siyosiy doiralarning rahbarlariga, etakchilariga, aybsiz va asl arboblariga aylanishadi. Shuning uchun ularning ayni xavfidan ehtiyot bo‘lmoq va ta’sirlarini yo‘q qilmoq shartdir.

Bugungi kunda xolis ongli kishilarning siyosiy bo‘lishlari muammosi qolmadi. Balki islomiy siyosiy doira paydo qilish muammosi mavjud. Chunki ozmi-ko‘pmi vaqt o‘tib, Islom davlati albatta barpo bo‘ladi. Ana shunda ayni noxolis siyosiy doiralar xolis siyosiy kishilardan o‘zib, islomiy doira paydo qilib olishlari xavfi tug‘iladi. Vaholanki, xolis ongli kishilarning o‘zlari bo‘lishlari va o‘zlari islomiy doira paydo qilishlari kerak edi. Shuning uchun bugundan e’tiboran bu xolis ongli kishilar siyosiy bo‘lish va siyosiy doira paydo qilish uchun harakat qilmaslikka haqlari yo‘q. Chunki zamon daryodek juda tez oqib-o‘tmoqda, zamonni siz kesib o‘tmasangiz, u sizni kesib o‘tib, dog‘da qoldiradi. Ongli xolis kishilarning birinchi raqamli raqib va dushmanlari Islom dushmanlaridir. Agar bu ongli xolis kishilar o‘z aqidalari va jur’atlarida kuchli bo‘lish bilan birga, tushunchalari va idroklarida ham kuchli bo‘lmasalar, garchi g‘alabani ular yasagan bo‘lsalar ham, boshqalar g‘olib bo‘lib qolishlari, ular esa sog‘lom hayotdan uzoqda qolishlari xavfi tug‘iladi.

Shu sababdan xabarlarni kuzatib bormoq, ularni tahlil qilib, fikr bildirmoq hamda bu fikrning faqat maxsus burchakdan turib chiqarilishiga qattiq e’tibor bermoq, ushbu xolis ongli kishilarning bugungi va ertangi kun arboblariga aylantirish hamda odamlarda umid uyg‘otishning muhim omilidir.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.