Koronavirus tarqalishini oldini olish Islom qadriyatlarida ta’kidlangan shar’iy mas’uliyatdir

420
0

Koronavirus tarqalishini oldini olish Islom qadriyatlarida ta’kidlangan shar’iy mas’uliyatdir

Koronavirus tarqalib, uni global pandemiya, deya baholanishi ortidan Tunis hukumati darhol virus tarqalishini oldini olish uchun chora-tadbirlar ko‘ra boshladi. U ta’limni to‘xtatdi hamda masjidlarni yopib, jamoat bo‘lib namoz o‘qishni taqiqladi… Biroq hukumat kafelar, istirohat bog‘lari va restoranlarni har kuni kechqurun asr paytiga qadar ochiq qoldirdi. Yo‘lovchilar bilan tiqilinch bo‘lgan transport vositalari xususida hech qanday chora-tadbir ko‘rmay, odamlar taqdirini xavf ostiga qo‘ydi. Holbuki, bu borada chora ko‘rish virus tarqalishini oldini olish vositalaridan eng muhimi hisoblandi.

Biz Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati a’zolari yurt ahliga ushbu samimiy nasihatimizni yo‘llamoqchimiz:

1 – Ushbu virusga qarshi kurashishning eng muhim usuli infektsiyani oldini olish bo‘lib, bu shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, ko‘p ushlanadigan joylarni dezinfektsiya qilish, qo‘lni yuvmasdan og‘iz, burun, ko‘zlarni ushlamaslik, qo‘l berib ko‘rishmaslik, o‘pmaslik, yig‘ilishlardan uzoq turish, bemorlarga, kasallik simptomlari ayon bo‘lgan, yo‘talayotgan, harorati ko‘tarilgan shaxslarga yaqinlashmaslik kabi ishlar orqali amalga oshadi. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ bu borada bunday deganlar:

«لاَ تُورِدُوا الْمُمْرِضَ عَلَى الْمُصِحِّ»

«Kasalni sog‘ga yaqinlashtirmang». (Buxoriy rivoyati). Yana bunday deganlar:

«فِرَّ مِنَ الْمَجْذُومِ فِرَارَكَ مِنَ الْأَسَدِ»

«Moxovdan sherdan qochgandek qoching».

2 – Uydan chiqmaslik. Kimki zarur ish bilan ko‘chaga chiqsa, u kasallikni o‘ziga va oilasiga yuqishini oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rmog‘i darkor. Ya’ni, oilasiga aralashishdan oldin dezinfektsiya qilish va qo‘lni yuvish kabi barcha kerakli ko‘rsatmalarni bajarsin. Chunki bu Rosululloh ﷺning

«لاَ ضَرَرَ وَلاَ ضِرَارَ»

«Zarar ko‘rmang va birovga zarar ham bermang», degan so‘zlariga binoan, kishining o‘z oilasi oldidagi ulkan mas’uliyatidir.

3 – Ushbu kasallikka chalingan kishi shar’iy mas’uliyat degan e’tiborda karantinga rioya qilishi shart. Zero, Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلاَ تَدْخُلُوهَا، وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلاَ تَخْرُجُوا مِنْهَا»

«Qachon biror erda o‘lat-toun tarqalganini eshitsangiz, u erga kirmang, qachon o‘zingiz turgan erda o‘lat tarqalsa, u erdan chiqmang». (Buxoriy rivoyati). Oisha onamiz Rosululloh ﷺdan ushbu toun-o‘lat haqida so‘radilar. Rosululloh ﷺ bunday javob qildilar:

«أَنَّهُ كَانَ عَذَابًا يَبْعَثُهُ اللَّهُ عَلَى مَنْ يَشَاءُ، فَجَعَلَهُ اللَّهُ رَحْمَةً لِلْمُؤْمِنِينَ، فَلَيْسَ مِنْ عَبْدٍ يَقَعُ الطَّاعُونُ، فَيَمْكُثُ فِي بَلَدِهِ صَابِرًا، يَعْلَمُ أَنَّهُ لَنْ يُصِيبَهُ إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ، إِلَّا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ الشَّهِيدِ»

«U (toun) azob bo‘lib, Alloh uni istagan kimsaga yuboradi va uni mo‘minlarga rahmat qiladi. Bas, qaysidir bandaning yurtida toun tarqalsa, u Alloh peshonaga yozgan narsadan boshqa narsa bo‘lmaydi, deb bilgan holda yurtdan chiqmay sabr qilib o‘tirsa, albatta bitta shahid oladigan ajrga ega bo‘ladi». (Buxoriy rivoyati).

4 – Islom buyurgan oliy qadriyatlarning barchasiga rioya qilish zarur. Masalan, ushbu vaboga qarshi kurashish uchun yordam so‘raganga yordam berish, zaifni qo‘llash va bu borada yurtning barcha kuchlari bilan hamkorlik qilish kabi. Chunki bular hammaning mas’uliyatidagi ishlar bo‘lib, har bir kishi o‘z o‘rniga qarab harakat qiladi. Rosuli akram ﷺ bunday deganlar:

«كُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، فَالإِمَامُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَالرَّجُلُ رَاعٍ عَلَى أَهْلِ بَيْتِهِ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَالْمَرْأَةُ رَاعِيَةٌ عَلَى أَهْلِ بَيْتِ زَوْجِهَا وَوَلَدِهِ وَهِيَ مَسْؤُولَةٌ عَنْهُمْ، وَعَبْدُ الرَّجُلِ رَاعٍ عَلَى مَالِ سَيِّدِهِ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْهُ، أَلاَ فَكُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Har biringiz rahbarsiz va har biringiz o‘z raiyatidan mas’ulsiz. Odamlarga bosh bo‘lgan imom rahbardir va u o‘z raiyatidan mas’uldir. Erkak kishi o‘z uyi ahliga rahbardir va u o‘z raiyatidan mas’uldir. Ayol erining uyi ahli va bolalariga rahbardir va u ulardan mas’uldir. Kishining quli o‘z xo‘jayini moliga rahbardir va u undan mas’uldir. Ogoh bo‘lingki har biringiz rahbarsiz va har biringiz o‘z raiyatidan mas’ulsiz».

5 – Islom Ummati qachon bunday pandemiya yoki epidemiyalarga duch kelsa, Allohga tavakkal qilib, Allohga bog‘lanib, sabablarni ushlab, Allohga tayanib, Allohdan mag‘firat so‘rab, Allohning qazosiga taslim bo‘lishni talab qiluvchi aqidaviy tushunchalarni egallagan holda unga qarshi kurashadi.

Bugun insoniyat haqiqiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan, insoniy qadriyatni moddiylik va foydadan ustun qo‘yadigan davlatga muhtoj bo‘lib turibdi. Shubhasiz, bu Xalifalik davlati bo‘lib, u olamga nur va rahmat ulashadi hamda kasalliklarga moddiy ziyon yoki foyda yoxud manfaat ustida raqobat nuqtai nazaridan emas, balki insoniy muammo deb qarab, odamlarni muolaja qilish va kasallikning tarqalishini oldini olish uchun o‘zidagi barcha imkoniyatni sarflaydi.

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.