Pokiston bosh vaziri Imron Xon AQShning mintaqadagi mustamlakasini mustahkamlovchi yollanma dalloldir

452
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston bosh vaziri Imron Xon AQShning mintaqadagi mustamlakasini mustahkamlovchi yollanma dalloldir

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi Pokiston bosh vaziri Imron Xonning qilmishini qoralab, o‘z matbuot bayonotida bunday dedi:

«Bu Amerikaning mintaqadagi mustamlakasini mustahkamlovchi yollanma dallollik qilmishidir. Zero, Imron Xon AQSh bilan Tolibon harakati o‘rtasida imzolangan Davha kelishuviga dallollik qildi». Matbuot bayonotida ushbulardan ogoh etdi:

«Davha kelishuvi Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo xavfsizligi uchun xatarlidir. Chunki kelishuvda Amerikaning «terrorizm»ga qarshi kurash niqobi bilan mintaqada uzoq vaqt qolib ketishi kafolatlangan. Kelishuvning yana bir xavfli jihati, Amerikaga tobe afg‘on hukumatiga qonuniylik tusini berish bo‘lib, buni Tolibon harakatini murakkab va shartli amaliyotga undash hamda hokimiyatni bo‘lishish orqali jilovlab olish bilan amalga oshirilmoqchi». Bayonotda quyidagilar ta’kidlandi:

«Bu kelishuv Amerika afg‘on mujohidlari qo‘lida mag‘lubiyatga uchrayotgan bir paytda tuzildi. Chunki ular bu bosqinchi davlatning burnini erga ishqab qo‘yishga muvaffaq bo‘layotgan edilar». Bayonot so‘nggida Pokistondagi musulmonlarga qarata bunday deyildi:

«Bajva-Imron rejimi mag‘lubiyatga yuz tutish arafasida turgan xo‘jayini Trampning g‘alaba qozonishiga imkoniyat yaratib berdi. Pokiston hukmdorlaridan Amerika mustamlakasi yo‘lida o‘rtakashlik rolini o‘ynaganlari uchun hisob so‘rash bizning zimmamizdadir. Biz siz Pokiston musulmonlarini shunga da’vat qilamizki, Pokiston qurolli kuchlarini Tolibon va uning ozodlik jihodini qo‘llab-quvvatlashiga targ‘ib qiling. Toki, Amerikani mintaqadan quvib solishga muvaffaq bo‘lsinlar. Shuningdek, Pokiston qurolli kuchlarini ham Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat berishga chaqiramiz. Ushbu Xalifalik Afg‘onistonni AQSh bosqinchilarining qabristoniga aylanishini kafolatlaydi va Afg‘oniston va Pokistondagi musulmonlar kuchini birlashtirib, ularni Islom Ummati xizmatiga yollaydi. Toki, butun Ummat oshufta bo‘lib kutib turgan qayta Islom uyg‘onishi zamoniga guvoh bo‘lsin».

Roya gazetasining 2020 yil 11 mart chorshanba kungi 277-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.