Xalifalik qulatilishi ortidan Ummatning fikriy boyligiga ham jiddiy zarba berildi

73
0

Xalifalik qulatilishi ortidan Ummatning fikriy boyligiga ham jiddiy zarba berildi

Yaqinda Turkiya musulmonlari o‘rtasida Suriyadan kelgan muhojirlar haqida so‘rovnoma o‘tkazildi. Afsuski musulmonlarning aksari “Biz suriyaliklardan mamnun emasmiz”, “ular daf bo‘lishsa xursand bo‘lardik”, “bularning Turkiyada bemalol yurishi bizga yoqmaydi”, “hammasi bir kunda yo‘q bo‘lsin”, “ular kelib biz ishsiz qoldik” va hokazo so‘zlar bilan javob qilishdi. Bu omma xalqdagi bir ko‘rinish.

Harbiylarga kelsak, Arakanda, markaziy Afrikada, Kashmirda, Shrilankada va dunyoning turli burchaklarida dahshatli qirg‘inlar amalga oshirildi, ayni damda Hindistondagi sigirning qullari musulmon aka-ukalarimiz va muslima opa-singillarimizni ayovsiz ho‘rlamoqda, biroq Islom o‘lkalaridagi askarlarimizning eti jimirlab ham qo‘ymayapti. (To‘g‘ri, harbiylar va etakchi shaxslar orasida dini uchun jon kuydiradigan, to‘g‘ri fikr yuritadigan xolis kishilar ham yo‘q emas).

Islom o‘lkalarining rahbarlari esa, bu holatlar haqida “bu ularining ichki muammosi” deb bayonot berishmoqda. Xitoyga safar qilgan Turkiya prezidenti Sharqiy Turkistondagi uyg‘ur musulmonlar masalasini Xitoyning ichki masalasi deb atadi va bu borada Xitoy hukumatini qo‘llab quvvatlashini bildirdi. Musulmon xalqlar esa harbiylaarni ham, rahbarlarni ham jiddiy muhosaba qilmayapti.

Nima uchun? Chunki kufr ahli Miylodiy 1924 yil 3 mart, hijriy 1342 yil 28 rajab kuni Xalifalik davlatining qulatilishi ortidan Islom ummatining fikriy boyligiga ham jiddiy hujum qildi. Ya’ni Islom ummati kichkina davlatchalarga parchalab tashlagandan keyin qayta birlashib ketmasligi uchun musulmonlarning fikrlash usuliga ham zarbalar berdi. Ummatning fikriy va saqofiy me’rosiga begona tushunchalarni singdirish uchun bor kuchlarini sarflashdi. Chunki musulmonlarning bo‘linishini chuqurlashtirish va birlashishini oldini olish uchun ularni fikriy jihatdan adashtirish kufrning eng asosiy uslubidir.

Ma’lumki, har qanday ummatning eng buyuk boyligi — uning fikriy boyligidir. Boshqa barcha boyliklar ushbu buyuk boylik oldida arzimas sanaladi. Agar biror xalq fikriy boyligini yo‘qotsa, u shubhasiz hayot yo‘lini yo‘qotadi va oqibatda bor-yo‘g‘idan mahrum bo‘ladi. Ammo sanoat, harbiy, me’morchilik va qishloq xo‘jaligi kabi boshqa boyliklarini yo‘qotsa-yu, lekin fikriy boyligini saqlab qolgan bo‘lsa, unda bu ummat yo‘qotgan narsalarini tezda tiklab oladi.

Avvalda musulmonlar bir narsa xususida fikr yuritishsalar buning uchun

«لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ»

«Ollohdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad Ollohning payg‘ambaridir»

aqidasini asos qilib olishar edi. Shuning uchun ham ular taraqqiy etdi, yuksaklarga ko‘tarildi, madaniyat va ilm fan sohasida boshqa xalqlardan o‘zib ketdi hamda ushbu xalqlarga o‘z risolatini etkaza oldi. Ammo bugungi kunga kelib kufr musulmonlardagi fikrlash tariqatini buzib tashlaganligi sababli fikr yuritilganda manfaat, jon tinchligi, xudbinlikni asos qilib olinadigan bo‘ldi. Natijada kichkina davlatchalarga parchalab tashlangan Islom ummati soxta chegaralar ortidagi birodarlariga begonalardek qaraydigan bo‘lishdi. Bir paytlar Hindiston, Sind, Fors, Rim, Andalusiya, Vena, Frantsiyaning katta qismi, Pireney tog‘lari, Moskva, Indoneziya, Afrikaning shimoli va markaziy qismlariga adolat o‘rnatgan Musulmonlar bugungi kunda “Suriya masalasi suriyaliklarning, Afg‘oniston masalasi afg‘onlarning, (Isroil) masalasi arablarning muammosidir” degan nazarda qaraydigan bo‘lishdi. Chunki “bu ularning muammosi, bizning emas”, degan xato fikr hukmron bo‘lib qoldi.

Shunday ekan, musulmonlar yana qayta yuksaklik sari qadam tashlashlari uchun har jihatdan o‘zlarini to‘g‘rilashlari bilan bir qatorda fikrlash tariqatini to‘g‘ri anglab etishlari va hayotning barcha jihatlarida fikr yuritganda

«لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ»

«Ollohdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad Ollohning payg‘ambaridir»

Aqidasini asos qilib olishlari zarurdir.

Aksincha, Ummat fikr yuritishda kufr tiqishtirganidek manfaat, jon tinchligi, xudbinlikni asos qilib oladigan bo‘lsa, yuqoridagi natija takrorlanaveradi.

Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى

«Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz» [Toha 124]

Bu maqola Xalifalik qulatilgan qayg‘uli kunning 99 yilligiga bag‘ishlandi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.