Koronavirus tarqalishini oldini olish shar’iy mas’uliyatdir

397
0

Koronavirus tarqalishini oldini olish shar’iy mas’uliyatdir

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti koronavirus tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Tashkilot rahbari Tedros Adanom Gebreisusning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki hafta ichida bu holat Xitoydan tashqarida 13 barobar oshgan.

Amaldagi chora-tadbirlar ushbu pandemiya dunyoning bir qator mamlakatlarida bir vaqtda tarqaladigan kasallik ekanini ko‘rsatmoqda. Doktor Tedros kasallikni pandemiya, deb atalgani Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining mamlakatlarga nima qilish kerakligi haqidagi o‘z tavsiyalarini o‘zgartirishini anglatmasligini aytib o‘tdi. U barcha hukumatlarni shoshilinch va qat’iyatli choralar ko‘rish orqali kasallikning yoyilishini oldini olishga chaqirdi. So‘ng, bu virusni jilovlash va nazorat ostiga olish mumkinligini bir necha davlatlar ko‘rsatganini ta’kidlab o‘tdi.

Shubhasiz, ushbu epidemiyaga qarshi kurash barcha sohada e’tibor-parvarish tizimini faollashtirishni talab qiladi. Islomdagi qadriyatlar tizimi jamiyatni mana shunday g‘amxo‘rlik qo‘rg‘oni bilan mustahkamlagan bo‘lib, unda javobgarlik hammaga tushadi, hamma o‘z qo‘li ostidagilardan javobgar bo‘ladi. Darhaqiqat, Rosuli akram ﷺ bu haqda marhamat qilganlar. Abdulloh ibn Umar aytadiki, men Rosululloh ﷺning bunday deganlarini eshitgandim:

«كُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، فَالإِمَامُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَالرَّجُلُ رَاعٍ عَلَى أَهْلِ بَيْتِهِ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَالْمَرْأَةُ رَاعِيَةٌ عَلَى أَهْلِ بَيْتِ زَوْجِهَا وَوَلَدِهِ وَهِيَ مَسْؤُولَةٌ عَنْهُمْ، وَعَبْدُ الرَّجُلِ رَاعٍ عَلَى مَالِ سَيِّدِهِ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْهُ، أَلاَ فَكُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Har biringiz rahbarsiz va har biringiz o‘z raiyatidan mas’ulsiz. Odamlarga bosh bo‘lgan imom rahbardir va u o‘z raiyatidan mas’uldir. Erkak kishi o‘z uyi ahliga rahbardir va u o‘z raiyatidan mas’uldir. Ayol erining uyi ahli va bolalariga rahbardir va u ulardan mas’uldir. Kishining quli o‘z xo‘jayini moliga rahbardir va u undan mas’uldir. Ogoh bo‘lingki har biringiz rahbarsiz va har biringiz o‘z raiyatidan mas’ulsiz».

Ushbu muborak Falastin zaminidagi vaziyat o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Chunki yahudiy vujudi bosqinchligi tibbiy imkoniyatlar va protseduralarni cheklamoqda. Zero, bu ishda chegaralar, o‘tish joylari va davlatlararo munosabatlarda haqiqiy mustaqil bo‘lish talab qilinadi. Shuning uchun kasallikdan saqlanish va uning tarqalishini oldini olishga hamda ayni maqsadda barcha tadbirlarni faollashtirishga real tarzda harakat qilinmog‘i lozim bo‘lib, bunda har bir inson javobgarlikni o‘z zimmasiga olmog‘i lozim. Kasallikdan saqlanish va asosan uning tarqalishini oldini olish uchun har bir kishi jiddiy ishlashi kerak. Agar bu kasallik – Alloh saqlasin – Falastinda tarqala boshlasa, yurt ahlini katta muammoga, ayniqsa, katta potentsialga muhtoj muammolarga giriftor qiladi. Demak, ayni kasallikning Falastinda yuqmasligi va umuman tarqamasligi uchun jiddiy harakat qilish lozim. Buning uchun esa, Falastin ahli kasallik tarqalishini oldini olish uchun xalqaro va mahalliy sog‘liqni saqlash ko‘rsatmalariga rioya qilishi, bu tavsiyalarga juda jiddiy munosabatda bo‘lishi shart. Chunki Islom zimmamizga ayni vaboga nisbatan haqiqiy javobgarlikni yuklaydi.

Ushbu kasallik tarqalishini oldini olishga va unga amal qilishga qaratilgan barcha tibbiy tavsiyalar uning tarqalishini hamda – Alloh saqlasin – har bir xonadonga kirib, Falastin ahlidan katta qismiga yuqishini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuning uchun ham Falastin ahli kasallikning yuqishi va tarqalishini cheklovchi barcha profilaktik ko‘rsatmalarga qattiq amal qilmoqlari shart.

Shu munosabat bilan quyidagilarni inobatga olmog‘imiz lozim:

Tibbiy ko‘rsatmalarga rioya qilish zarur. Masalan, dezinfektsiya qilish, qo‘llarni yuvish hamda bemorlardan yoki ayni kasallik alomatlari ko‘ringan shaxslardan yoxud yo‘talayotgan va isitmasi ko‘tarilgan shaxslardan uzoq bo‘lish kabi ehtiyot choralarini ko‘rish lozim.
Bolalar va yoshi keksa qariyalarning uydan chiqmasliklari va aralashuvni tor oila doirasiga cheklash lozim. Kim zarurat uchun tashqariga chiqmoqchi bo‘lsa, u kasallikni yuqtirib olmaslikka, uni o‘z oilasi va qaramog‘idagilarga tashib keltirmaslikka harakat qilsin. Oilasiga kirishi va ularga aralashishidan oldin dezinfektsiya qilib, qo‘llarini yuvsin. Chunki bu uning oilasi oldidagi javobgarligidir.
Odamlarga qo‘shilish-aralashishdan imkon qadar ko‘proq uzoqda bo‘lish, odamlar bilan munosabatni iloji boricha qisqaroq qilish va bekor qilish mumkin bo‘lgan narsalarni bekor qilish.
O‘pish va qo‘l siqishdan iloji boricha saqlanish.
Ayni kasallikka chalingan shaxslar karantin majburiyatiga amal qilishlari lozim. Chunki bunga amal qilish shar’iy javobgarlikdir.
Safarga va sayohatlarga bormaslik. Ammo safarga favqulodda holatda chiqishingiz kerak bo‘lib qolsa, profilaktik choralarni ko‘rgan holda chiqing.
Koronvirusga qarshi kurashish va uning tarqalishini oldini olish bo‘yicha soqliqni saqlash protseduralari va ko‘rsatmalarining siyosiy kurashga aloqasi yo‘q. Chunki hamma unga rioya qilishi lozim.
Mish-mishlar va ishonchsiz yangiliklarni tarqatmaslik. Chunki qo‘rquv va cho‘chish butun jamiyat shaxslari immunitetiga salbiy ta’sir qiladi.
Mutaxassislar va badavlat kishilar – Alloh saqlasin – kasallik tarqalsa, Falastin ahliga yordam ko‘rsatishga tayyor tursinlar.
Islom Ummati qachon bunday pandemiya yoki epidemiyalarga duch kelsa, Allohga tavakkal qilib, Allohga bog‘lanib, sabablarni ushlab, Allohga tayanib, Allohdan mag‘firat so‘rab, Allohning qazosiga taslim bo‘lishni talab qiluvchi aqidaviy tushunchalarni egallagan holda unga qarshi kurashadi. Kasallik Alloh Taoloning qazolaridan biridir. Alloh insonlarni imonlari bilan sinash maqsadida balolaydi. Biz Allohdan bu baloni bizga O‘zining jazosi va uqubatiga aylantirmasligini so‘raymiz. Nabiy ﷺ bunday holatda odamlarni istig‘for aytish, solih amallarni ko‘paytirish va shifo beruvchi faqat Alloh Taolo degan e’tiqodda davolanishga chaqirgan bo‘lib, o‘zimizga u kishining ayni yo‘llarini namuna qilib olmog‘imiz lozim.

Bu borada Rosuli akram ﷺning yo‘llarini qabul qilgan kishilar mazkur oldini olish uslublariga rioya qilsalar, ajri azim oladilar. Chunki imom Buxoriyning Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatida Rosuli akram bunday deganlar:

«لاَ تُورِدُوا الْمُمْرِضَ عَلَى الْمُصِحِّ»

«Kasalni sog‘ga yaqinlashtirmang». Imom Ahmad o‘zining «Musnad»ida ushbu hadisni keltirgan:

«فِرَّ مِنَ الْمَجْذُومِ فِرَارَكَ مِنَ الْأَسَدِ»

«Moxovdan sherdan qochgandek qoching». Yana bunday dedilar:

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلاَ تَدْخُلُوهَا، وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلاَ تَخْرُجُوا مِنْهَا»

«Qachon biror erda o‘lat-toun tarqalganini eshitsangiz, u erga kirmang, qachon o‘zingiz turgan erda o‘lat tarqalsa, u erdan chiqmang». (Buxoriy rivoyati).

Oisha onamiz Rosululloh ﷺdan ushbu toun-o‘lat haqida so‘radilar. Rosululloh ﷺ bunday javob qildilar:

«أَنَّهُ كَانَ عَذَابًا يَبْعَثُهُ اللَّهُ عَلَى مَنْ يَشَاءُ، فَجَعَلَهُ اللَّهُ رَحْمَةً لِلْمُؤْمِنِينَ، فَلَيْسَ مِنْ عَبْدٍ يَقَعُ الطَّاعُونُ، فَيَمْكُثُ فِي بَلَدِهِ صَابِرًا، يَعْلَمُ أَنَّهُ لَنْ يُصِيبَهُ إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ، إِلَّا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ الشَّهِيدِ»

«U (toun) azob bo‘lib, Alloh uni istagan kimsaga yuboradi va uni mo‘minlarga rahmat qiladi. Bas, qaysidir bandaning yurtida toun tarqalsa, u Alloh peshonaga yozgan narsadan boshqa narsa bo‘lmaydi, deb bilgan holda yurtdan chiqmay sabr qilib o‘tirsa, albatta bitta shahid oladigan ajrga ega bo‘ladi». (Buxoriy rivoyati).

Bugun insoniyat ushbu epidemiyaga duch kelgan ekan, u haqiqiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan, insoniy qadriyatni moddiylik va foydadan ustun qo‘yadigan davlatga muhtoj bo‘lib turibdi. Shubhasiz, bu Xalifalik davlati bo‘lib, u olamga nur va rahmat ulashadi hamda kasalliklarga moddiy ziyon yoki foyda yoxud manfaat ustida raqobat nuqtai nazaridan emas, balki insoniy muammo deb qarab, odamlarni muolaja qilish va kasallikning tarqalishini oldini olish uchun o‘zidagi barcha imkoniyatni sarflaydi.

Yirik davlatlar ochko‘zligining cheki yo‘q. Ular insonlar hayotini zarracha qadrlashmaydi va insoniyat boshiga tushgan har bir narsaga moddiy iqtisodiy hisob-kitob bilan qaraydi… Odamlarning boshidan yadro va uran bombalar yog‘dirayotgan, Asad granatalari yordamida qatli om qilayotgan kimsalardan qanday qilib koronavirus kabi global epidemiyaga nisbatan javobgarlik kutish mumkin?! Demak, olam Islomga va Xalifalik davlatiga juda-juda muhtoj. Chunki Xalifalik davlatigina butun dunyo xalqlarini ebto‘ymas kapitalistlardan himoya qiladi, ularning ochko‘zligi va vahshiyligiga chek qo‘yadi. Shuning uchun Xalifalik davlatini barpo etishga tinim bilmay harakat qilmoq darkor. Chunki bu davlat nafaqat musulmonlarni aziz qiladi, balki butun insoniyatga xaloskor bo‘ladi.

Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin zaminidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.