Sisiy Muborakni xoinligi va jinoyatlari uchun taqdirlamoqda

304
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sisiy Muborakni xoinligi va jinoyatlari uchun taqdirlamoqda

Ustoz Homid Abdulaziz qalamiga mansub

Husni Muborak 2020 yil 25 fevralda o‘ldi. Misr mahkamasi unga prezidentlik ma’muriyati mablag‘larini o‘g‘irlash bilan bog‘liq sharafni buzish bo‘yicha yakuniy hukm chiqargan. Biroq shunga qaramay, Sisiy Muborak uchun harbiy dafn marosimi tashkillashtirdi va uch kunlik motam e’lon qildi, Misr ahlining his-tuyg‘ularini pisand qilmadi. Vaholanki, bu xalq Muborakning temir va olov bilan boshqargan o‘ttiz yillik hukmronligidan azob-uqubatlar chekishi ortidan unga qarshi qo‘zg‘alib, uni taxtdan ag‘dargan edi. Shubhasiz, Sisiyning tog‘ut Muborakni mana shunday hurmatlashi, uni Amerikaning mintaqadagi katta dalloli va umr bo‘yi Amerikaga xizmat qilgan xoin va malay bo‘lgani uchun mukofotlash hisoblanadi. U Ummatning his-tuyg‘usini mensimay, shon-sharafini tahqirladi, irodasini sindirishga urindi. Ko‘pchilik odamlar hayratdan yoqa ushlab, tabiiy savol berishyapti: Nega Muborak rasman harbiy marosim bilan hurmatlanib dafn qilinadi, holbuki, Mursiy rohimahulloh qatl qilinib, maxfiy ravishda ko‘mildi, Mursiy oilasi uning dafniga yarim kechada kuchaytirilgan soqchilar bilan sudrab kelindi, tarafdorlaridan hech kimni mayyitni tuproqqa topshirishga qo‘yilmadi, aksincha, tahqirlandi, axir, Mursiy Muborak kabi jinoyatchi emasdi-ku?!

Siz yahudiy vujudi bosh vaziri Netanьyaxuning Husni Muborak o‘limiga ta’ziya izhor qilib, unga «o‘z xalqini tinchlik sari etaklagan va shaxsan mening do‘stim bo‘lgan», deya baholar berganini eshitsangiz, bu kimsaning yahudiy vujudi nazdida qanchalar qadrli bo‘lganiga amin bo‘lasiz. Bunday martaba Muborakdan Sisiyga meros qoldi. Sisiy harbiy to‘ntarish orqali qudratga kelib, o‘sha eski tuzumni qayta tikladi. Keyin yigirma beshinchi yanvar qo‘zg‘olonini bostirib, o‘nlab yillar davomida Misr tanasiga zulukdek yopishib kelgan korruptsiyachilar tizimini o‘zgartirishga bo‘lgan odamlar umidini chilparchin qildi.

Darhaqiqat, Muborak hukmronligi davrida minglab begunoh insonlar repressiya, korruptsiya va loqaydlik oqibatida qurbon bo‘lgan. Bu hol 2011 yil 25 yanvardagi Muborak boshqaruviga qarshi yirik xalq qo‘zg‘oloni to‘lqini boshlanishi bilan yakun topgan edi. 2011 yilning 25 yanvar kunidan Muborak taxtdan ag‘darilgan 11 fevral kuniga qadar 1000ga yaqin misrlik nobud bo‘ldi. Chunki o‘shanda Muborak bilan ichki ishlar vaziri Habib Odil namoyishchi musulmonlarga qarata o‘t ochishga buyruq berishgan.

Husni Muborak davrida 20 milliondan ziyod misrlik qashshoq, 8 millioni ishsiz, 12 millioni xarobalarda yashab, 22 millioni savodsizlikda yashadi. Ustiga-ustak, davlatning ichki va tashqi qarzlari 800 milliard funtga teng bo‘ldi. Odamlar bunday jinoyatkor rejimga qarshi qo‘zg‘alib, uning boshini olishgach, qo‘zg‘olon ko‘chalari bosimi ostida Muborak sudga topshirildi. Biroq u soxta sud bilan o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlardan oqlandi, faqat bitta ayblov, ya’ni o‘zi va ikki o‘g‘liga qo‘yilgan prezidentlik saroyi mollarini suiiste’mol qilish ayblovi bilan uch yilga qamaldi, xolos. Bu narsa uchovlonni siyosiy sahnadan chetlatish uchun qilindi. Zero, Sisiy Husni Muborakning o‘g‘li Jamol Muborakni o‘zi uchun kuchli raqib o‘laroq qarar edi.

Amerika Muborakning razvedka raisi Abdulfattoh Sisiyni olib kelish orqali ikkinchi muborak etishtirib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Chunki Amerika mo‘’tadil islom o‘yinini xavfli, deb hisoblab, bu o‘yinda ishlar tizgini qo‘ldan chiqib, Ummat farzandlari orasidagi xolis qo‘llarga o‘tishi mumkinligidan cho‘chidi. Bu xolis kishilar Xalifalik tuzumidan boshqa tuzumga rozi bo‘lmasliklarini va G‘arb bilan bo‘layotgan til biriktiruvlarga sukut qilmasliklarini, aksincha, G‘arb rejalarini fosh etib, uni musulmon yurtlaridan chiqarib tashlab, nufuzlariga ham barham berish uchun kunlarini tunlariga ulab harakat qilayotganlarini bildi.

Darhaqiqat, Sisiy Muborakni mana shunday harbiy marosim shaklida dafn qilish bilan 25 yanvardagi hodisani qo‘zg‘olon bo‘lgan emas, deya o‘ziga ham, boshqalarga ham ta’kidlamoqchi. Vaholanki, bu qo‘zg‘olon o‘tgan yillar davomida qo‘zg‘olon deya rasman e’tirof etib kelingan. Biroq, shunga qaramay, ushbu qo‘zg‘olon ayblov qafasidan sirtga chiqmadi, ayniqsa, Muborak tarafdorlari tomonidan shunday ayblanib keldi. Masalan, 2018 yil oktyabrda Sisiy televidenieda chiqib, Misr 7-8 yildan oldingi vaqtga aslo qaytmaydi, 2011 yilgi hodisa xatokor shaxslarning xato echimi bo‘lgan, dedi. Uch yildan beri Sisiy 25 yanvardagi politsiya bayramini nishonlab kelyapti, bu kundagi hodisaga salbiy baho berish orqali undan qasddan ko‘z yumyapti. Zero, Sisiy «2011 yilda – xoh armiya bilan politsiya, xoh armiya bilan xalq o‘rtasida bo‘lsin – bo‘linish paydo qilishga urinilgan. Maqsad, misrliklarni bo‘lish va bir-birlariga qarshi qo‘yish edi», dedi. Bu kimsaning qo‘zg‘olonga nisbatan qarashi mana shunday. Qo‘zg‘olon esa, misrliklarga ochlik va dahshat hayotini yashatib kelgan zolim tog‘utlarni ag‘dargan edi. Sisiy qudratga kelgandan boshlab, o‘zining zulmu zo‘ravonligiga qarshi chiqadigan va taxtidan ag‘darishi mumkin bo‘lgan har qanday harakat va muxolafatni bostirib kelyapti.

Misr rejimining Muborak zamonida qator jinoyat va xiyonatlar sodir etganligi, odamlarni uni ag‘darish sari harakatni davom ettirishga undamoqda. Ammo shunday bo‘lsa-da, Sisiy rejimi jinoyat va xiyonat bobida Muborak rejimini ortda qoldirdi. Masalan, Sisiy rejimi Nahza to‘g‘oni muammosiga nisbatan xoinlik pozitsiyasini egallayotgani, Nil suvlaridan voz kechish bilan Misrni qurg‘oqchilik va tashnalik sari etaklayotgani kattayu kichikka yaxshi ma’lum. Shuningdek, Tiran va Sanofir orollarini Saudiya uchun voz kechdi va buni Tiran bo‘g‘ozini xalqaro suvga aylantirgan yahudiy vujudi uchun tekin xizmat sifatida qildi. Sisiy rejimi Misr uchun juda muhim bo‘lgan chegaralarni Kipr bilan delimitatsiya qildi. Bu esa, Yunoniston bilan Kipr manfaatiga xizmat qilib, Misrning iqtisodiy suvlaridagi juda katta boylik va neftni yo‘qotishiga olib keldi. Sinay aholisini evakuatsiya qilib, u erdagi real rivojlanishni bo‘g‘gani va bu ham bosqinchi yahudiylar manfaatiga xizmat qilgani haqida gapirmasak ham bo‘ladi. Biz Sisiy va uning rejimi sodir etgan xato-gunohlarni birma-bir sanaydigan bo‘lsak, ulkan jurnal kerak bo‘ladi, uning sharmandali varaqlari Ummatning sara farzandlarini qatl qilish, o‘g‘irlab ketish, noqonuniy qamoqqa olish, iqtisodiy buzilish va tobora ko‘payib borayotgan davlat qarzlari… kabi sanoqsiz jinoyatlari bilan to‘lib toshmoqda. Zotan, bu qarzlarni o‘tash kelasi avlod bo‘yniga tushadi.

Demak, bugungi Sisiy rejimini ag‘darish uchun turtki va harakat, kechagi Muborak rejimini ag‘darish uchun kerak bo‘lgan turtki va undovdan bir muncha muhimroqdir. Chunki Sisiy yurtni Ummatning ashaddiy dushmani Amerikaga qo‘sh-qo‘llab topshirib qo‘ydi… O‘z ko‘ppaklarini Ummat tanasini tilkapora qilgani qo‘yib yubordi… Islomga til tekkazib, uning ahkomlariga hujum qildi, masalan, diniy xitobni rivojlantirish, degan iddao ostida dinga, uning fikr va tushunchalariga qarshi nopok kampaniya boshladi!

Biroq kim ushbu buzuq voqelikni o‘zgartirishga sidqidildan harakat qilayotgan bo‘lsa, shuni bilib qo‘ymog‘i lozimki, o‘zgartirishning eng muhim sharti bor, u ham bo‘lsa, shar’iy tariqatdir. Binobarin, ko‘zlanayotgan o‘zgarish ushbu shar’iy tariqat bilangina sodir bo‘ladi. Ummat – Allohning madadi ila – hargiz itoat qilmaydi, tiz cho‘kmaydi. Kechagi 2011 yil 25 yanvarda qilgan harakati, o‘zgartirishning aniq manhajisiz bo‘lsa ham, Muborak va uning ayrim gumashtalarini ag‘dargan ekan, demak, kelasi harakatida u Sisiy rejimi kallasini olish bilangina kifoyalanmaydi. Yo‘q, endi u Allohning izni ila rejimni tag-tugi bilan qo‘porib tashlaydi. Negaki, Ummat o‘z Islomini ham, Islom nizomini g‘olib qiluvchi haqiqiy o‘zgarish tariqatini ham har qachongidan ko‘proq va ongliroq tarzda tushunajak. Zotan, Islom nizomi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida gavdalanadi. Bu Allohga hargiz mushkul emas.

Roya gazetasining 2020 yil 4 mart chorshanba kungi 276-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.