2019 yilda Misrda 2792 marta norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi va bu rejimning iqtisod va adolat xususidagi gaplari ertakligini fosh etmoqda

266
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

2019 yilda Misrda 2792 marta norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi va bu rejimning iqtisod va adolat xususidagi gaplari ertakligini fosh etmoqda

«Arabiy Jadid» veb-saytida (hijriy 1441 yil 5 rajab, milodiy 2020 yil 29 fevral shanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Misrdagi Fuqarolik Jamiyati Tashkiloti bo‘lgan Ijtimoiy adolat minbarining aytishicha, u 2019 yilda uch xil turdagi «ijtimoiy», mehnat va iqtisodiy sohalar bo‘yicha norozilik namoyishlari sifatida ro‘yxatga olingan 2792ta norozilik namoyishini hujjatlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ushbu uch turdagi «ijtimoiy» norozilik namoyishlari» 2430ta namoyish bilan birga, umumiy noroziliklarning 87 foizini tashkil qildi. 193ta yoki 6.92 %ni tashkil qilgan mehnat norozilik namoyishlari ikkinchi o‘rinni egalladi. Iqtisodiy namoyishlar 169ga yaqin norozilik namoyishlari bilan uchinchi va oxirgi o‘rinni egalladi, bu taxminan 6 foizni tashkil qiladi.

Ijtimoiy adolat minbari o‘zining «Sinov ostidagi iqtisodiy islohotlar» nomli hisobotida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Misr hukumati tomonidan ijobiy hisobotlar chiqarilib, rivojlantirish va farovonlik haqida yolg‘on va’dalar berilishiga, soxta raqamlar ko‘rsatilishiga qaramay, yurtda ommaviy nafrat namoyon bo‘lmoqda. Bu nafrat fuqarolar tomonidan Misr ko‘chalarida o‘tkazilayotgan namoyishlar yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan shikoyatlar manzarasida ko‘zga tashlanmoqda».

Yana bunday deydi: «Fikr bildirishning turli yo‘llari bostirilishi sababli minglab misrliklar o‘z pozitsiyalarini internet orqali bildirishga majbur bo‘lishdi. Ularning hukumatga qarashli va xususiy axborot vositalariga ishonmasliklari sababli biz norozilik harakati ham, jamoatchilikka ta’sir o‘tkazish ham, har ikkalasining ko‘chada emas, ko‘proq internetda kechayotganiga guvoh bo‘lyapmiz».

Bir nusxasi «Arabiy Jadid»da chiqarilgan ushbu hisobotda davlatning iqtisod va «ijtimoiy adolat» xususidagi ertaklari qoralandi. Zero, «ijtimoiy adolat»da saralangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratiladi hamda – uning ifodalashicha – bu «ijtimoiy adolat» siyosiy kun tartibiga xizmat qiladi. Masalan, tejamkorlik siyosatini oqlash, xalq talablarini sabrga chaqirish bilan chetlab o‘tish, siyosiy rahbariyatni maqtash, mustaqil muxolafatga tazyiq o‘tkazib, fikr va axborot erkinliklari, siyosiy partiyalar va boshqa alьternativ kanallarni ayni «ijtimoiy adolat», degan narsada ishtirok etishlariga majburlash kabi.

Roya gazetasining 2020 yil 4 mart chorshanba kungi 276-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.