Qirg‘izistonda ham juma namozlari bekor qilindi

12
0

Qirg‘izistonda ham juma namozlari bekor qilindi

Koronavirus tahdidi munosabati bilan juma namozlari to‘xtatiladi. Bu haqda Qirg‘iziston muftiysi Maqsad xoji Toktamushev 17-mart kuni qirg‘izistonlik musulmonlarga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Muftiy dunyodagi musulmon yurtlarning diniy fatvolarini hisobga olgan holda, koronavirus odamlar ko‘p to‘planadigan erlarda tarqashi xavfi bo‘lgani sababli juma namozi o‘rniga peshin namozini uyda o‘qilsin deb qaror qabul qilgan.

Murojaatda aytilishicha, masjidlar yopilmaydi, namoz vaqti kirganini bildirish uchun azon aytib turiladi, besh vaqt namoz uyda o‘qiladi. Da’vatga ham vaqtinchalik cheklov kiritiladi. Bundan tashqari, janoza namozlari marhumning yaqin qarindoshlari va oz sonli kishilar ishtirokida uyda o‘qiladi. Muftiy musulmonlardan bunday qiyin vaziyatlarda Alloh taologa duo qilib, gunohlar uchun istig‘for aytib, tavba qilish bilan duo qilishga chaqirgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish holati qayd etilmagan. Ayni vaqtda 300dan ortiq odam observatsiyada.

Izoh: Bundan avvalroq, Tojikistonda koronavirus xavfi tufayli juma namozlari bekor qilingan vaqtda Qirg‘iziston musulmonlar idorasi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining juma namoziga keluvchilar sonini cheklash haqidagi iltimosiga rad javobini bergandi.Idora matbuot kotibi Maqsat Atabaev “Juma namozini taqiqlab bo‘lmaydi. Juma – musulmonlarda eng ko‘p kutiladigan kun. Biz odamlarga bu kunni qutlamaslikni va masjidga kelmaslikni ayta olmaymiz”, — degan edi.

Tojikiston ortidan O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham juma va jamoat namozlari bekor qilinganidan so‘ng, Qirg‘iziston muftiyoti ham xali mamlakatga kirib kelmagan – bunday bo‘lishidan Alloh saqlasin – koronavirus xavfini bahona qilib juma va jamoat namozlarini vaqtinchalik bekor qildi.

Tojikistonda odamlar ko‘p to‘planadi degan bahona bilan juma namozlari bekor qilingan bo‘lishga qaramay, otashparastlar bayrami navro‘zga tayyorgarlik ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. O‘zbekistonda esa “pandemiya” sababli namozlar bekor qilingan bo‘lishiga qaramay, yuzlab davlat xizmatchilari uyma-uy yurib “odamlarni o‘rganish” kampaniyasiga majburlanmoqda. Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi bo‘lsa aprel oyida o‘tkaziladigan mahalliy kengashlarga saylov jildirilmasligini ma’lum qildi. Rasmiy hukumatlarning bunday turlicha qarorlari, ularning koronavirus vahimasidan Islomga qarshi kurash yo‘lida foydalanib

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.