Tolibonning Amerika bilan olib borayotgan muzokaralari qaerga olib boradi?!

411
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tolibonning Amerika bilan olib borayotgan muzokaralari qaerga olib boradi?!

AQShning Afg‘onistondagi bosqinchiligini idora qilinishida salmoqli hissa qo‘shgan va kelib chiqishi afg‘on bo‘lgan Zalmay Xalilzod AQSh bilan Tolibon o‘rtasida o‘tkazilgan shoshilinch muzokaralarga bir yildan beri rahnamolik qilib kelmoqda. Muzokara Qatar poytaxti Davhada bo‘lib o‘tdi. Qatar amiri esa, xo‘jayini Amerikani ko‘nglini olish yo‘lida muzokaraga ham vositachilik, ham uni moliyalashtirish vazifasi bilan shug‘ullandi. Mana, ayni mashaqqatli va qizg‘in muzokaralardan bir yil o‘tib, nihoyat, etti kunlik sulhga erishildi va bu sulh 2020 yil 28 fevralda imzolanajak ikki tomon o‘rtasidagi tinchlik kelishuviga asos soldi. Bu kelishuv ham AQSh ma’muriyati, ham Tolibon etakchilari, ham vositachi malaylar tomonidan olqishlandi.

Amerikaning muzokaralarni muvaffaqiyatli tamomlashga qattiq urinayotgani aniq. Tolibon harakati amerikalik askarlarni o‘ldirish kabi ishlar bilan muzokaralarni buzgan bo‘lsa-da, biroq Amerika bundan ko‘z yumdi, haqoratlanishni ichiga yutib-chidadi hamda etti kunlik sulhga rasman erishish yo‘lida og‘ir muzokaralar jarayonini davom ettirdi.

Tramp ma’muriyatini Tolibon bilan bunday kelishuvga imzo chekishga og‘ir siyosiy va iqtisodiy ahvol majbur qilmoqda. Zero, u harbiy agressiyaga yakun yasamoqchi. Chunki o‘n to‘qqiz yillik bosqinchilik unga omad keltirmadi, samara bermadi. Ustiga-ustak, askarlar, harbiy texnika va mablag‘ jihatidan yirik ziyonga kirdi. Chunki uning halok bo‘lgan amerikalik askarlari to‘rt mingdan oshdi, o‘n milliardlab dollar sarflab, foyda ko‘rmadi.

Islomga qarshi urush qilish uchun «terrorizm, ekstremizm va fundamentalizm»ga qarshi kurash, degan narsani dastaklashga odatlangan, demokratiya, inson huquqlari va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga chaqirayotgan AQSh davlati Tolibon qarshisida ojizlik qildi, o‘zining shunday holatini tan oldi. Hatto Tolibonga xotin-qizlarga adovat qiladi, ularni ta’lim olishdek oddiy huquqlaridan ham mahrum qiladi, deya ayblab kelgan bu davlat o‘zining xotin-qizlar huquqlari masalasidagi barcha talablaridan voz kechdi.

Amerikaning Tolibon harakati qarshisida yon berishlari shuni ko‘rsatmoqdaki, bu davlat o‘z manfaatidan boshqa narsani o‘ylamaydi, inson huquqlari ham, ayollar huquqi ham uni zarracha tashvishlantirmaydi, u o‘z manfaatini himoya qilish yo‘lida har qanday narsadan voz kechadi, har qanday narsaga bo‘ysunadi, uning nozik nuqtasi jang maydonida ziyon ko‘rishdir. Chunki uning mujohidlarga kuchi etmayapti, imon asosida jang qiluvchi har qanday kuch oldida butunlay qo‘rqoqlik qilyapti. Amerikaning Afg‘onistonda o‘n to‘qqiz yildan beri kurashayotganidan shuni ko‘rish mumkinki, bu davlat bu yurtda harbiy jihatdan zaiflik qilyapti, imkoniyatlari cheklangan, yollangan qo‘shinlarining omadi kelmadi, takabbur-mag‘rur bir davlat xorlarcha yon berishga tayyor davlatga aylanib qoldi.

Shubhasiz, jang masalasida omadi kelmagan Amerika muzokaralarda muvaffaqiyat qozondi. Chunki Tolibon harakatini avrab, muzokara stoliga o‘tqaza oldi, unga Afg‘onistondan hamma kuchlarini olib chiqib ketishni va’da qildi, Tolibonning xalqaro miqyosda tan olingan harakatga aylantirajagini aytdi. Tolibon Amerikaning bunday takliflarini qabul qildi. Chunki u siyosiy voqelikni tushunmadi va bu voqelik uning uchun foydali ko‘rindi. Bilmadiki, Amerika o‘z manfaatlaridan boshqa tilni tushunmaydigan davlat, Tolibonni muzokaraga tortgani faqat uning manfaatiga xizmat qiladi va uning o‘yindagi ochkosi hisoblanadi.

Amerika Tolibon bilan muzokaralar jarayonida to‘rtta bebaho yutuqni qo‘lga kiritdi, jumladan:

Tolibon Amerikaga u qaerda bo‘lmasin hujum qilmaydigan bo‘ldi;

Afg‘onistonga hech qanday islomiy harakatni kiritmaydigan bo‘ldi;

Ashraf G‘anining Amerikaga malay hukumati bilan muzokaralar o‘tkazadigan bo‘ldi;

Davlat kontseptsiyasida xalqaro standartlarni qabul qiladigan bo‘ldi.

Tolibonning Amerika qo‘ygan ayni shartlarni qabul qilgani shuni anglatadiki, demak, u jihod qilishdan va Islom olami bilan aqida asosida aloqa qilishdan voz kechdi, davlat deganda BMTning shar’iy ahkomlarga zid xalqaro me’yordagi tushunchasi bo‘yicha tushunadigan va Amerikaga tobe davlatlarga itoat qiladigan bo‘ldi. Ya’ni, ming afsuski, oddiy qilib aytganda, Tolibon harakati Amerikaning muzokara tuzog‘iga ilindi.

Roya gazetasining 2020 yil 26 fevral chorshanba kungi 275-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.