Suriyadagi Islom va kapitalizm o‘rtasidagi kurashning o‘ninchi yili

55
0

Suriyadagi Islom va kapitalizm o‘rtasidagi kurashning o‘ninchi yili

 Suriyada qo‘zg‘olon 2011-yil 15-martda qonxo‘r Bashar Asad rejimiga qarshi ko‘tarilish bilan boshlangandi. Ko‘p o‘tmay bu ko‘tarilish buzuq kapitalistik mafkura va Islom mabdasi o‘rtasidagi kurashga aylandi. Urushda bir milliondan ziyod suriyalik qurbon bo‘ldi. Qochqinga aylanganlarning soni 5,6 millionga etgan bo‘lsa, mamlakat ichida 6,6 million odam o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. 8 million odam oziq-ovqat tanqis bo‘lgan hududda yashamoqda.

 Yuqorida ma’lum bo‘lganidek, xalq 2011-yili ishsizlik, urbanizatsiya (shaharlik – jamiyat rivojida shaharlar, shahar madaniyati va shaharlarga xos boshqa munosabtlarning rivojlanish jarayoni) kabi masalalar tufayli tabiiy ko‘tarilgan bo‘lsada, keyinchalik Islom ularning shioriga aylandi. Natijada bu qo‘zg‘olon Islom va AQSh boshida turgan kapitalistik mafkura o‘rtasidagi kurashga aylandi. Bu kurashda AQSh mintaqaviy va mahalliy kuchlarga rol belgilab berdi. Masalan, Eronning “hizbulloh” tashkiloti Asad rejimini mustahkamlash uchun Islomni ko‘tarib chiqqanlarga qarshi urush olib bormoqda. Saudiya va Birlashgan Arab Amirligi esa bir tomondan xalqaro koalitsiya chiqimlarini to‘lash, ikkinchi tomondan kurdlarga moliyaviy, qurol-yaroq tomondan ko‘mak ko‘rsatish rolini oldi. Bunday yordamlar dastlab jihodiy tashkilotlar uchun ham ochiq bo‘ldi, keyinchalik ular AQSh manfaatlariga xizmat qiluvchi muzokaralar stolida ishtirok etishmagach, bunday eshiklar ular uchun yopildi. Turkiya esa Asad rejimiga alьternativ sifatida paydo bo‘lgan “Suriya ozod armiyasi” bilan birga “Islom davlati” tashkiloti va kurd kuchlariga qarshi kurash olib bordi. Shuningdek, kurdlar tomonidan “Suriya demokratik kuchlari” tashkil etilib, AQSh manfaatlariga muvofiq, ular jihodiy tashkilotlarga qarshi kurashmoqda.

 Bu kuchlar birlashib ish olib borsalarda, ularning harakatlari Asad rejimini saqlolmay qoldi. Keyin “Islom davlati” tashkilotiga yo‘llar ochildi va bu tashkilot mamlakatning asosiy hududlarini egallab oldi. 2014-yili AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya shuni bahona qilib Suriya urushiga aralashishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, 2015-yili Rossiya ham AQSh bilan Ukraina masalasini savdolashish maqsadida Suriya botqog‘iga kirdi. U ham Asad rejimini himoya qilish vazifasini oldi. Ushbu kuchlar birlashib Asad rejimiga boy bergan hududlarni qaytarib bera boshladi. 2016-yili Asal rejimi orqasidagi kuchlarga tayanib 2,5 million aholisi bor Halab shahriga shavqatsiz hujum boshladi. Unga Rossiya havo orqali uchuvchisiz apparatlar orqali bomba tashlab yo‘l ochib bergan bo‘lsa, Eron quruqlikda vahshiylarcha qirg‘in qildi. Turkiya Halabni Islom kuchlaridan ozod qilishda katta rol o‘ynadi. Turkiya “Furat qalqoni” deb nomlangan harbiy harakat olib borib Halabdagi qo‘zg‘olonchilarning asosiy qismini tashqariga olib chiqib ketdi. Bu vaqtda Basharning kuchlari Halabga qarshi markazlashgan hujum qilayotgan edi. Shunday qilib, Suriya shimoliga Turkiya harbiylari kirdi va harbiy harakatlarni Jaroblis hududidan boshladi. Bu bilan Halab janubidagi o‘ziga moyil qo‘zg‘olonchilarni “IShID” bilan jang qilish uchun Jaroblis hududiga olib chiqdi. Qisqacha aytganda, Halab jangovor frontlari kuchlarini zaiflashtirish va qo‘zg‘olonchilarni o‘zaro to‘qnashishlarini jonlantirish maqsad qilindi. Mana shunday yo‘l bilan Erdogan o‘ziga ergashgan qo‘zg‘olonchilarni Al-Bab hududiga olib chiqib ketdi va Halabni yordamsiz qoldirdi. U erda kam sonli jangovor guruhlar qoldi. Qolgan katta miqdordagi jangovor guruh Erdoganning “Furat qalqoni” nomli chaqirig‘iga javob berib, Halabdan chiqib ketishdi. Natijada himoyasiz qolgan shaharni Asad kuchlari egallab oldi.

 2017-yili “Islom davlati” tashkilotiga ochilgan eshiklar yopilib, egallagan hududlarining ko‘p qismi tortib olindi.

 2018-yili Erdogan Halabdagi hiyonatini takrorlab, “Zaytun novdasi” nomli harbiy yurishini boshladi. Bunda Idlib shahrini ozod qilish maqsad qilingandi, u erdagi harbiy kuchlarni Afrin hududiga olib chiqib ketdi.

 2019-yili Turkiya bu xizmatlari evaziga mamlakat yaxlitligiga tahdid soladi deb hisoblangan “Kurdiston” kuchlarini chegarada 30 chaqrim uzoqlikka surib chiqarishga ruxsat oldi.

 2020-yil boshida Turkiya yana qayta Idlibning qolgan hududlarini jihodiy tashkilotlardan Asad rejimiga bo‘shatib berish uchun “Suriya ozod armiyasi” bilan birga “Bahor qalqoni” amaliyotini boshladi.

 Shunday qilib, hozir Suriyaning 65,34 foizini Asad rejimi, 25,16 foizini “Suriya ozod armiyasi”, 11,32 foiz hududini Turkiya nazorat qilmoqda. Qolgan mayda hududlar jihodiy tashkilotlar tomonidan nazorat qilinmoqda.

 Xulosa qilib aytganda, Suriya qo‘zg‘oloni o‘n yildan beri to‘xtamayotganining yagona sababi, AQShning arab yurtlarida qo‘llagan “arab bahori” uslubining ishga yaramay qolganidir. Aniqrog‘i, AQSh boshqa inqiloblarda boshqaruvdagi malay hokimni almashtirish yoki harbiy to‘ntarish orqali boshqaruvdagi rejimni almashtirish bilan xalqni chalg‘itib keldi. Suriya masalasida esa ummat AQShning bu strategiyasiga aldanmadi. Asad va uning rejimi o‘rniga taklif qilingan birorta rejim xalq tomonidan qabul qilinmadi. Natijada, AQSh boshchiligidagi kuchlar Asad rejimini himoya qilishga majbur bo‘lishmoqda. Unga qarshilarni esa shafqatsizlarcha bostirishga harakat qilishmoqda. Biroq, tarixda mafkuraga qarshi harbiy kuch bilan kurash usuli hech qachon muvafaqqiyat olib kelgan emas! Aksincha, Shomda bo‘layotgan bu qirg‘in, xiyonat va zulmlar iymoniy muhitni, mabdaiy tushunchalarni va mafkuraviy harakatlarni kuchaytirmoqda. Albatta, kufr olami bu haqiqatdan xabardor. Biroq, ularning vaziyatni vaqtinchalik bo‘lsa ham harbiy amaliyotlar bilan bostirib, yashirib turishdan boshqa chorasi qolmadi!

 Achinarlisi, musulmon yurtlar hokimlari hech uyalmay ummatga xiyonat qilishda davom etishmoqda. Ularga haqiqat bayon qilingani sari o‘z xojalarini yanada ko‘proq rozi qilib, o‘z mansablarini saqlab qolish uchun bu haqiqatdan yanada uzoqlashishmoqda. Ular o‘zlaridan avvalgi malay hokimlar taqdiri qanday yakun topganiga nazar solishmadi, xo‘jayinlari bu malaylarning vaqti o‘tganidan so‘ng tuflab tashlashgan edi. Bunday xorlik 99 yildan buyon, Ummatni himoya qiladigan qalqonsiz qolgani sababli yuz bermoqda. Demak, vaziyatdan chiqishning haqiqiy yo‘li ham mana shu buyuk davlatni tiklash bilan bo‘ladi. Albatta, Allohning nusrati yaqin…

 Maqola Xalifalik tugatilgan qayg‘uli kunning 99 yilligiga bag‘ishlanadi.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.