Jazoir armiyasi Liviyadagi vaziyat sababli kimning foydasiga harbiy safarbarlik e’lon qildi?

416
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Jazoir armiyasi Liviyadagi vaziyat sababli kimning foydasiga harbiy safarbarlik e’lon qildi?

Ustoz Solih Abdurrohim – Jazoir

Shu kunlarda Jazoirda yangi prezident Abdulmajid Tabbun tomonidan armiya darajasida safarbarlik holati hamda tashqi ishlar darajasida sezilarli diplomatik harakatlar va keng ko‘lamli aloqalar kuzatilmoqda. Bular xalqaro kurash olovi ostida qolgan Liviyada murakkablashib borayotgan inqirozni to‘xtatib qolishga qaratilgan. Biroq Jazoir rejimida ham ahvol yaxshi emas, u ham ulkan muammolarga duch kelmoqda. O‘z navbatida, bu nisbiy barqarorlikni oshirish va ichki frontni mustahkamlash uchun tezroq echim berishni talab qiladi. Toki, Jazoir mintaqaviy sahnada o‘zining odatiy rolini o‘ynasin. Biroq bular kimning foydasi uchun bo‘lyapti?!

Rasmiy axborot agentligi nashr qilgan Jazoir prezidentlik apparati bayonotiga ko‘ra, prezident Abdulmajid Tabbun 18 oy va undan kam muddatga qamalgan mahbuslardan 6294 nafariga amnistiya e’lon qilish to‘g‘risida rasmiy farmon chiqardi. Bu bilan joriy fevral oyida amnistiya qilingan mahbuslar soni o‘n mingga etdi. Bu Jazoir tarixida uchramagan hodisa. Prezident farmoni «terrorizm», vatanga xiyonat, josuslik, qotillik, giyohvand moddalar savdosi, moliyaviy korruptsiya va boshqa qator jinoyatlar bilan hukm qilingan shaxslarni istisno qilgan. Bundan oldingi 2020 yil 1 fevraldagi amnistiya, olti oy va undan oz muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahbuslarni ozod etilishini o‘z ichiga olgan edi. Biroq prezidentlik bayonotida ushbu amnistiyaning yurtda o‘tgan yil fevral oyidan buyon guvoh bo‘linayotgan norozilik namoyishlari va yurishlarida hibsga olingan shaxslarga ham tegishi yo tegmasligi ochiqlanmadi. Shunisi e’tiborliki, «milliy birlikka tahdid» ayblovi ham istisnolar ro‘yxatiga kiritilmagan, vaholanki, norozilik namoyishlari chog‘ida milliy bayroq o‘rniga barbarlar bayrog‘i ham ko‘tarilgan. Bunday amnistiya qadami piramidaning eng tepasidagi qaror qabul qiluvchilarning chora va tadbirlari doirasida tashlandi. Chunki bu piramidadagilar o‘zlarini ko‘chalarda norozilik namoyishga chiqqanlar, qator partiyalar, inson huquqlari tashkilotlari va hokimiyatga qarshi barcha doiralarning muhim talablaridan birortasiga go‘yo javob berayotgandek ko‘rsatishyapti. Zotan, hokimiyat ayni qadamni Respublika prezidentining qudratga kelishi ortidan chaqirgan muvaffaqiyatli muloqotning muhim shartlaridan biri, deb biladi. Haqiqatda ham Respublika prezidenti shu kunlarda hokimiyat chizgan chiziqdan chiqmaydigan qator partiya va hay’atlar rahbarlarini qabul qilishga kirishdi. U bilan uchrashishga bulardan tashqari hatto zohirda muxolafatchi bo‘lib olgan siyosiy shaxslar ham shoshilishdi. Holbuki, bu soxta muxolafatchilar keng ko‘lamli o‘zgartishga chaqirgan va hokimiyat bilan muloqot qilishni rad etgan xalq harakati namoyishchilarini yaqin-yaqinlarda ham qo‘llab-quvvatlashayotgan edi.

Eslatib o‘tish joizki, yurt tepasidagi harbiy muassasada gavdalanuvchi amaldagi rejim xalq harakatiga hamroh bo‘lib olib, uning boshlangandan beri qo‘yayotgan talablarini yolg‘ondan qabul qildi, beqarorlik xavfidan va prezidentlik saylovlarini kechiktirish oqibatlaridan, yurtda boshboshdoqlik yuz berishidan ogohlantirib, yaqin vaqt ichida konstitutsiyaviy yo‘lga qaytish shartligiga chaqirib keldi… Mana shular orqali rejim o‘ziga chizib berilgan yo‘l xaritasini tatbiq qilmoqda. Bu xarita, avvalo, prezidentlik saylovlarini o‘tkazish, raqiblar tomonidan talab qilinayotgan har qanday o‘tish davri bosqichiga rozi bo‘lmaslikdan iborat. Yana shuni ham eslatmoq lozimki, bu hukmron harbiy muassasa avval siyosiy sahnaga o‘z vaznini tashlab oldi, so‘ng shosha-pisha harakat qilib, prezidentlik saylovlarini tashkillashtirish va belgilangan muddatda o‘tkazishga ham ulgurdi. Siyosiy sahnaga vaznini tashlab olishini sobiq Jazoir Bosh shtabi raisining turli harbiy qismlarda, hatto yurt janubidagi harbiy qismlarda ma’ruzalar qilganida ko‘rish mumkin. Shuningdek, bu harbiy muassasa xalq namoyishlarini aldab-avradi va ularni mustamlakachi Frantsiyaning malaylari, deb atadi. Ya’ni, raqiblarini yo‘q qilish va korruptsiyachilardan hisob so‘rash bilan shug‘ullanib keldi. Vaholanki, ularni shu tizimning o‘zi yaratgan.

Shunisi ham aniqki, namoyish harakati olovini o‘chirish maqsadida qattiq turib prezident saylashga shoshilish va Jazoirdagi vaziyatni barqarorlashtirishga intilishning ko‘p sabablari bor. Ammo asosiy sabab, bu hukmron muassasa sharqiy va g‘arbiy qo‘shni region, ya’ni, Liviya bilan Afrikadagi Sohil davlatlaridagi murakkab vaziyatning oqibatlariga qarshi turishga muvaffaq bo‘lishdir va bu evropaliklar ko‘rsatmasi bilan bo‘lmoqda. Chunki haqiqatdan ham Liviyada inqiroz murakkab tus olgan hamda Amerikaning malayi Haftar qat’iy turibdi. Uni Amerika o‘zining mintaqadagi vakillari va Rossiya orqali qo‘llab-quvvatlayapti. U xo‘jayinlari uchun Liviyada imkoniyatlar yaratib berishini istayapti. Sir emaski, Qazzofiy Liviyasi siyosiy jihatdan Britaniyaga tobe edi, o‘nlab yillar davomida zaif va mo‘rt davlat bo‘lib, unda davlatning haqiqiy potentsiallari yo‘q edi, faqat shaklan davlat edi, xolos. Abdulmajid Tabbunning Jazoirga rahbar bo‘lganidan so‘ng «Tripoli qizil chiziqdir!», degan gapni ham tasodifan aytgani yo‘q. Chunki bu Haftarni regional va xalqaro qo‘llab-quvvatlovchilari yaxshi tushunadigan ibora! Shuningdek, Tabbunning regional o‘z rolini qayta qo‘lga kiritish uchun tezkor amaliyot boshlagani ham mintaqa ahli foydasiga qilinayotgan tabiiy harakat emas. Chunki ayni regional rolь bilan ancha vaqt sahnadan uzoqlashishi ortidan Jazoir Evropaning ko‘rsatmalari asosida sahnaga qaytmoqda. Maqsad, Sahrodagi janub qabilalariga ko‘mak bo‘lish orqali Evropaga tobe qo‘shni davlatlar hukumatlarini mustahkamlash. Ayniqsa, Fayz Sarroj rahbarlik qilayotgan «xalqaro darajada tan olingan» G‘arbiy Tripolidagi Vifoq hukumatini kuchaytirish. Evropa shu orqali xavfsizlik kamarini yaratib, Amerikaning yo‘lini kesmoqchi. U uzoq yillar davomida Britaniya va Frantsiya tomonidan talon-toroj qilingan Afrika Sohilidagi mo‘rt davlatlar sari kengayish maqsadida Amerikaning kartalarini yoqishni, xususan, mintaqadagi IShID kabi tashkilotlarga qarshi kurash kartasini yo‘qqa chiqarishni, rejalarini bekor qilishni istayapti. Zotan, Sohildagi bu davlatlarning kuchliroq mudofaaga ega armiyasi bir kun ham bo‘lmagan. Shu bois Amerikaning har qanday sohadagi nufuziga qarshi turishga aslo kuchlari etmaydi. Ayniqsa, Xitoy bilan Rossiya ham, har biri o‘z uslubi bo‘yicha Afrika tomon kengayishga harakat qilishyapti. Bu esa, ingliz siyosatchilarini Breksitga imzo chekishga majbur qildi. Chunki Britaniya Evropa Ittifoqi cheklovlaridan qutulishni hamda qolgan qit’alarda o‘z joylashuvi va nufuzini mustahkamlashni, shu orqali u erlardagi o‘z manfaatlari va mustamlakalarini saqlab qolishni istayapti.

Aynan shu sababdan Jazoir janub tomondan sharqiy chegaralaridagi vaziyatga nisbatan o‘z armiyasida safarbarlik holati e’lon qildi. Bu safarbarlikni insonparvarlik yordamlari yuborish, «terrorizm» va kontrabandaga qarshi kurashish kabi niqoblar ostida amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, tashqi ishlar darajasida ham tezkor harakatlarni boshladi. Jumladan, Jazoirning xususan Afrika sahnida turishi hamda Marokashdagi Suxayrot-Sxirat shartnomasini faollashtirish uchun Shimoliy Afrikadagi Evroga tobe davlatlarni qo‘llab-quvvatlashi kabi harakatlarni boshladi. Zero, ayni shartnoma Liviyadagi kurashayotgan tomonlarni ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, unga 2015 yil 17 dekabrda BMT rahnamoligida imzo chekilgan. Shuning uchun evropaliklar harbiy harakatning kuchayishini oldini olishga bor imkoniyatlarini sarflashdi. Shu sababdan Britaniya yaqinda Xavfsizlik Kengashi zalida Liviya masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan konferentsiya natijalarini faollashtirishga urindi. Biroq Haftar, Amerikaning buyurtmasiga binoan, vaziyatni ham harbiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchaytirishda qattiq turibdi va buning uchun neftь eksport qilinadigan portlarni nazorat ostiga olish orqali harbiy blokadani amalga oshiryapti. Toki, Amerika Liviyada istayotgan narsasiga qisman yoki bosqichma-bosqich bo‘lsa ham qo‘lga kiritishi kerak.

Boshqa jihatdan, ayyorona soxta saylov o‘yini orqali Jazoirdagi harbiy muassasa olib kelgan yangi prezidentga hatto yurt ichkarisida ham ishlar oson kechmaydi. Chunki uning yurtdagi nufuzli guruh tuzgan ushbu prezidentlik yutuqlarini amalga oshirganligi, hokimiyatda hamon o‘sha sobiq guruh hukmron ekanini anglatmoqda. Tabbun garchi Buteflika davrida va undan oldin o‘nlab yillar davomida ma’muriyatda ishlagan bo‘lsa-da hamda Abdulaziz Jarrod raisligida malakali hukumat o‘rnatib, barcha sohadagi muammolarga qarshi kurashishga chiranib harakat qilayotgan bo‘lsa-da, biroq, uning saylovoldi bergan va’dalari ustida sinalishi muqarrar. Chunki uning asosiy va’dalari iqtisodni ko‘tarish, moliyaviy va ma’muriy korruptsiyani yo‘q qilish, yoshlar o‘rtasida, xususan, oliy ma’lumotlilar o‘rtasidagi ishsizlik muammosini hal etish, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qayta qurish, sud tizimini tuzatish, ilgari o‘g‘irlangan boyliklarni qaytarish va boshqa va’dalar. Zotan, u o‘g‘irlangan boyliklarni qaytarish yo‘lini bilishini saylovoldi kampaniyasida iddao qilgan edi. Tabbun bergan bayonotida agar prezident bo‘lsa «yangi Jazoir» bino qilmoqchi ekanini, birlamchi vazifasi konstitutsiyaga prezident vakolatlariga cheklovchi o‘zgartishlar kiritish hamda kelasi bir necha kun ichida saylov qonuniga qisman o‘zgartish kiritishdan iboratligini, chunki Jazoir shubhasiz, ichki va tashqi jihatdan yangi o‘zgarishlar va kurashlar bosqichiga kirayotganini ta’kidladi.

Shunday bo‘lsa-da, ko‘chalarda o‘z talablarini ko‘tarib chiqqan xalq harakati hamon Jazoir poytaxtida va ayrim shaharlarda davom etmoqda. Biroq u o‘zining  katta tezligini yo‘qotgan. Bunga rejimning o‘z raqibini uzoqlashtirish va cheklashga muvaffaq bo‘lganigina sabab emas. Balki xalq harakatining o‘z tezligini yo‘qotganiga sabab, uning Islomni hokimiyatga qayta olib kelish orqali Ummat loyihasining amalga oshirishni talab qilmaganidir. Buning o‘rniga u boshdanoq umumiy shior va talablarni ko‘tarib chiqdi, ularning asl mohiyati tushunarsiz, manba va alьternativlari noaniq bo‘ldi. Masalan, adolatsizlikka barham berish, boshqaruv tizimini o‘zgartirish, turli xildagi korruptsiyadan voz kechish, huquq va qonuniylikka erishish, harbiylarni siyosatga aralashtirmaslik, jazoirliklar o‘rtasida yarashuvga erishish, adliya tizimini isloh qilish, yashash sharoitlarini yaxshilash va hokazo kabi.

To‘g‘ri, ushbu xalq harakati shu kunlarda o‘zining boshlanganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan o‘z kuchi va jonliligiga qayta erishdi. Biroq, u ko‘zlagan o‘zgartirish ishiga aslo yaqinlasholmaydi. Chunki namoyish va mitingchilar Islomni ber chetga qo‘yib, demokratiya va fuqarolik davlati talablarini mahkam ushlab olishgan. Ya’ni, bu Ummatdagi mavjud real kuchni qo‘zg‘ab, portlata olmasligini anglatadi. Ummatda portlash bo‘lishi uchun esa, albatta Jazoir xalqining o‘zligi asosida talab qilingan o‘zgarish yasashga qodir fikriy va siyosiy manbani aniq belgilab olmoq darkor. Ya’ni, bu ish Jazoir xalqi o‘zining Islomga mansubligini ta’kidlamog‘i, nusrat talab qilmog‘i, Allohning o‘zidan qo‘llov so‘rab, albatta-albatta qiyinchilik va inqiroz damlarida Allohga tavakkal qilib, amal qilib, sabru sabot ko‘rsatmog‘i bilan amalga oshadi.

Roya gazetasining 2020 yil 26 fevral chorshanba kungi 275-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.