Koronavirus: olamiy vahima – mustamlakachilik ekstremizmi

139
0

Koronavirus: olamiy vahima – mustamlakachilik ekstremizmi

 Ikkinchi jahon urushidan so‘ng olamni taqsimlab olgan mustamlakachi davlatlar mustamlaka talashishni hozirga qadar davom ettirib kelishmoqda. Bugungi koronavirus vahimasi ham ayni mustamlakachilikni amalga oshirishdagi uslublardan biri bo‘lib hisoblanadi.

 Davlatlarning xalqaro tizimida AQSh dunyodagi 1-davlat bo‘lib qolmoqda. Uning dunyoni boshqarishdagi ittifoqchilari – ayni paytda – uning mustamlaka talashishdagi raqobatchilari ham hisoblanishadi. Amerika bu raqiblariga nisbatan qabul qilgan strategiyalarning asosiylari quyidagilar: AQShning Xitoyga qarshi strategiyasi, Evropa Ittifoqiga qarshi strategiyasi va Rossiyaga qarshi strategiyasi.

Amerika Xitoyni nazorat ostida tutish uchun unga qarshi strategiyani birinchi o‘ringa qo‘ydi. Mana shu strategiya doirasida olamiy koronavirus vahimasi kelib chiqdi.

 Dastalab Xitoy koronavirus voqeasiga jiddiy e’tibor qaratmadi. Chunki, uning tahdid darajasini yaxshi bilar edi. Shu sababli, u bu ishdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib qolish haqida o‘yladi. Xalqi e’tiborini shunga qaratib, uning ortida Sharqiy Turkiston va Gonkong kabi muammolarini bostirib olmoqchi bo‘ldi. Mana shu maqsadda virus vahimasini olamiy tus olishiga yo‘l ochib berdi. Biroq, u axborot urushida zaiflik qildi va Amerikaning axborot urushi qopqoniga tushdi.

 AQShning axborot urushini kuchaytirishiga uning ta’sir ostidagi hukumatlar xizmat qilib berdi. Masalan, dastlab koronavirus tarqalishini bo‘rttirib ko‘rsatishda Tailand, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya davlatlari xizmat ko‘rsatishdi. Hozirgi xalqaro tizim bo‘yicha, Avstraliya o‘z manfaatlarini AQSh va Britaniya orqali amalga oshiradigan mustaqil davlat hisoblanadi. Yaponiya esa, tizim bo‘yicha AQSh ta’siri ostidagi davlatdir. Janubiy Koreya va Tailand bo‘lsa, Amerikaga bevosita qaram davlatlar bo‘lib hisoblanadi.

 Vahimani yanada kuchaytirishga quyidagicha xissa qo‘shildi:

 Eron bosh vaziri va boshqa amaldorlari koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqatildi. Eronda virus tarqalganidan buyon 600 nafar oddiy fuqarolar qurbon bo‘ldi, biroq, boyagi amaldorlar xanuz tirik. Ma’lumki, Eron hukumati tashqi ko‘rinishda AQShga dushmandek ko‘rinadi, amalda esa malaylik qiladi.

 Amerika Evropa ittifoqi o‘zining birinchi raqamli davlatligiga xavf solmasligi uchun, uni o‘zidan zaif holatda ushlab turish strategiyasini qabul qilgan. AQSh koronavirusdan shu maqsadda ham foydalana oldi. Bunda unga evropalik ittifoqchilari yordam qo‘lini cho‘zdi.

 Evropada virus o‘chog‘i Italiya bo‘lib qoldi. Italiya xalqaro tizimda o‘z manfaatlarini AQSh va EI orqali amalga oshiradigan mustaqil davlat hisoblanadi. Ya’ni, Italiya AQShning Evropadagi eng birinchi ittifoqdoshi. Shu sababli ham Italiyada bir qator amaldorlar virus yuqtirgani xabar qilindi. Bugunga qadar virusdan 400ga yaqin odam o‘ldi, biroq, amaldorlar o‘lmadi. (Qarigan biror amaldor yoki o‘limga hukm qilingan muxolifatchiga atayin yuqtirishmasa, amaldorlar bu virusdan o‘lishmaydi). Natijada, Italiya boshqa davlatlarga virus tarqatuvchi bo‘lib qoldi, shuningdek, virus vahimasini dunyoga yaxshigina “reklama” qilib berdi.

 Britaniya esa dunyoga mashxur futbolchilarini “kasal” qildi. Ma’lumki, Britaniya mustamlakachi derjavaligini saqlab qolish uchun Evroittifoqdan ajrab chiqdi, hozirgi sharoitda Amerikani asosiy ittifoqchisi sifatida ko‘rmoqda. Shu o‘rinda, dunyo axborot maydoni deyarli mana shu Britaniya va AQSh nazorati ostida ekanligini eslatib o‘tish zarur.

 Polьsha qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni ham “tumov” bo‘lib qolgani xabar qilindi. Eslatib o‘tamiz, Evroittifoq ichida muammolar yaratib turish uchun AQSh ittifoq ichiga Sharqiy Evropa davlatlarini kiritgan. AQSh ta’siri ostidagi bu davlatlarning avvalgi safida Polьsha turadi.

 Endi esa, Kanada bosh vazirining ayoli “virus yuqtirib” oldi. U Britaniyadan qaytib kelgan edi. (Agar Jastin Tryudo o‘z ayolni virusdan o‘lishini xohlamasa u ham sog‘ayib ketadi). Tizim bo‘yicha, Kanada o‘z manfaatlarini AQSh va Britaniya orqali amalga oshuruvchi mustaqil davlatdir.

 Birlashgan Millatlar Tashkilotini 5 yirik davlat tuzgan bo‘lsada, aslida, undan ko‘pincha Amerika o‘z matfaatlari yo‘lida foydalanadi. Shu sababli, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti – hech qanday asos bo‘lmasa-da – soxta asoslar bilan bu kasallikni olamiy pandemiya deb e’lon qildi.

 Evroittifoq davlatlariga kelsak, Frantsiya hukumati mamlakatdagi to‘xtovsiz davom etib kelayotgan norozilik aktsiyalarini to‘xtatish uchun bu vahima safiga qo‘shildi. Germaniya esa xalqini norozi qilmaslik uchun ilojsiz vahimaga ergashdi, aslida bu EI lokomativi bo‘lgan bunday davlat uchun og‘ir zarba hisoblanadi.

 AQShning Rossiyaga nisbatan strategiyasi – uni derjava davlat maqomidan tushirib, zaif davlatga aylantirishdir. Shu sababli, “virus”ning bir uchi Rossiyaga ham qaratilgan. Hech bo‘lmaganda, bu Rossiyaning EOII tashkilotiga zarba bo‘ladi. Chunki, koronavirus bahonasi bilan chegaralar yopilishi tashkilot ichidagi dalvtlar integratsiyasini sindirib, a’zo mamlakatlar qiyin vaziyatga duchor bo‘ladi. Rossiya ham Xitoy va Frantsiya xatolarini takrorladi. U ham o‘zidagi norozilik aktsiyalarini to‘xtatib, konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritib olish uchun “virusni yuqtirib oldi”.

 Bular Amerikaning shu kunga qadar qilgan o‘yinlari edi. Biroq, uning o‘yini tugagani yo‘q. Ayni vaqtda Amerikani Afrikada Britaniya va Frantsiyadan talashayotgan joylari bor. Shuningdek, Rossiya va Xitoy bilan O‘rta Osiyo davlatlarini talashyapti. Endilikda bu davlatlarning Rossiyaga malay, Xitoyga xizmatkor bo‘lgan hukumatlarini sindirishda shu vahimadan foydalanishi ehtimoli kuchli. Rossiya hukmronligidan qutulish uchun G‘arbga intilayotgan Qozog‘iston va O‘zbekistonda virusni qayd etilishi hamda Tojikiston va Qirg‘izistonda oziq-ovqat vahimasi boshlanishi shunga dalolat qiladi.

 Qirg‘izistonga kelsak, Rossiyaga xizmat qilayotgan Qirg‘iziston hukumati Amerika qaxriga uchraganiga ancha bo‘ldi. Shu sababli, AQSh amaldagi hokimiyatga qarshi bir qator choralarni ko‘rib kelmoqda. Buni oldida Qirg‘iziston hokimiyatining zaifligi bir nechta o‘rinlarda ko‘rinib qoldi. Mana endi koronavirus voqeasida ham zaifligini ko‘rsatib, noiloj shu vahima ortidan ergashib bormoqda. Amerika esa xalqqa g‘amxo‘r bo‘lib ko‘rinib, koronavirusga qarshi – virus qayd etilmasdan turib – “yordam qo‘lini” uzata boshladi. Bu narsa Rossiya qo‘lloviga suyangan Qirg‘iziston hokimiyatining AQSh kadrlariga qarshi kurashini zaiflashtiradi.

 Qirg‘iziston hukumati Amerikaning demokratiya niqobiga o‘rangan siyosiy harakatlari qarshisida zaiflik qilyapti. Chunki, uning o‘zi ham shu buzuq demokartiya tuzumini qabul qilgan. Demokaritiya buzuqliklariga qarshi qo‘yayotgan millatchilik, vatanparvarlik g‘oyalari o‘zini oqlamayapti. Mavzuga muvofiq misol keltirsak, ushbu koronavirus vahimasiga millatchilik va vatanparvarlik g‘oyalari bilan qanday qilib qarshi turish mumkin?

 Bu mening o‘zimdagi ma’lumotlarni bir-biriga bog‘lash orqali chiqargan tahliliy xulosam bo‘ldi. Uni yuz foiz haqiqatga to‘g‘ri keladi degan fikrdan yiroqman, biroq, bir narsani ishonch bilan ayta olamanki, koronavirus xodisasi mustamlakachilarning manfaat talashishlaridan boshqa narsa emas.

 Qirg‘iziston xalqi musulmon bo‘lganliklari sababli, uning rahbarlari ham, fuqarolari ham har bir xodisaga nisbatan islomiy pozitsiyada turishlari kerak. Islomiy aqidaga ko‘ra, dard ham, shifo ham Allohdan. Shu sababli ham, xali kelmay turib, bu kasallik va uning oqibatlaridan vahimaga tushish kerak emas, aksincha Allohga tavakkul qilish kerak. E’tiqod jihatidan shunday. Endi bajarish kerak bo‘lgan amallarga kelsak, bunday vaziyatda bajarilishi zarur bo‘lgan shar’iy hukmlar bor, mana shularga amal qilishimiz kerak. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz:

– Hech qanday vahimaga berilmaslik kerak. Chunki, rasmiy bo‘lmasa-da, garchi kech bo‘lsa ham dunyoni vahimaga solgan axborot urushiga nisbatan, uni bekor qiluvchi ma’lumotlar oshkor bo‘lmoqda. Biz musulmonlar, bu sohada sergak va yorqin fikrlamagunimizcha manfaatdor tomonlar aytayotgan xulosani tasdiqlashimiz mumkin emas.

 – Boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi choralar ko‘rilgani kabi o‘z imkoniyatimizdagi choralarni ko‘rishimiz kerak. 

– Davlat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlab berishi kerak. Boylarni bu xodisada monopoliya yo‘li orqali yanada boyib olishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Chunki, monopoliya Islomda ehtikor deb ataladi va bu ish haromdir. Shu sababli oziq-ovqat vahimasiga berilmay, davlatdan shuni talab qilish zarur.

 – Shuningdek, davlatlar qo‘shni musulmon o‘lkalar bilan chegaralarni yopilishiga jiddiy qarshi turishi zarur, biz shuni talab qilishimiz kerak.

– Davlat boshqalar tomonidan kasallik yuqtirilishi xavfsizligini ham ta’minlab berishi shart. Sababi, bunday yuqtirishning ehtimoli yuqori. Masalan, virusni Italiyadan Qozog‘istonga kelishidagi bir misolni fikrlab ko‘ringlar. Italiyada 20 ming odamgagina virus yuqqan. 60 millionlik xalqning qolgani sog‘-salomat yuribdi. Endi shu millionlab odamlar ichidan bu virus “bir qozog‘istonlikni topib kasallantiray” deb, o‘zicha yuqib olgan deysizmi?.. Davlat musulmonlarni “ekstremist” degan bo‘xton bilan ta’qib qilmay mana shunday virus tashuvchi haqiqiy ekstremistlar tahdidlarini to‘xtatishi kerak. Baxtga qarshi, xukumatimiz ularning diplomatlarini tekshira olmaydi ham. (Shu sababli ham ommaviy tadbirlar bekor qilinishiga qaramay ular “ayol huquqi” aktsiyalarida bemalol yurishibdi). 

 Bular ayni vaqtdagi echimlar bo‘ldi.

 Endi tub echimga kelsak, demokratiya bilan niqoblangan kapitalistik mafkurani uloqtirib tashlab, uning mustamlakachilik tuzumini qulatishimiz kerak. Chunki, foydani iloh qilib olgan kapitalistlar o‘z manfaatlari yo‘lida shu kabi qabihliklarni amalga oshirishadi. Bunday o‘yinlarida oddiy odamlarni qirilib ketishi ular uchun hech narsa emas. Sababi ularning nazarida “g‘oya vositani oqlaydi”. Demokratiya niqobi ortiga yashiringan imperializmni qulashi – uni engishga qodir bo‘lgan Islom mabdasini olib kelish orqaligina amalga oshadi. Islomni yoyishda koronavirus xodisasi kabi harom ishlar vosita qilib olinmaydi, chunki, maqsadni ro‘yobga chiqarishda harom vositadan foydalanish ham harom. Islom davlati Islom dinini hayotga to‘lig‘icha tatbiq qiladi. Shu sababli, Islom davlatini qayta barpo etish uchun biz musulmonlar Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatib ketgandek harakat qilishimiz kerak.

 Tarixda Islom davlati bo‘lgan Xalifalik 14 asr mobaynida dunyoda birinchi davlat bo‘lib kelgan. Olamga Islomni risolat sifatida tarqatgan. U dastlabki davridan boshlab, o‘sha vaqtda dunyoga buzuqlik bilan hukm yuritgan Vizantiya, Fors imperiyalarini qulatgan. Joriy yilda esa shu davlat kofirlar tomonidan qulatilganiga 99 yil bo‘ldi. Shundan buyon 3 kun ichida bajarilishi kerak bo‘lgan vojib 99 yildan beri bajarilmay, musulmonlar zimmasida turibdi…

 Maqola Xalifalik qulatilgan qayg‘uli kunning 99 yilligiga bag‘ishlandi.

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.