Qurbonlarining soni 32 kishiga etgan Qobuldagi hujum mas’uliyatni «ID» o‘z zimmasiga oldi

21
0

Qurbonlarining soni 32 kishiga etgan Qobuldagi hujum mas’uliyatni «ID» o‘z zimmasiga oldi

Afg‘oniston poytaxti Qobulda 6 mart kuni sodir etilgan hujumda halok bo‘lganlar soni 32 kishiga, jarohat olganlar soni esa 58 kishiga etdi. 6 mart kuni 27 kishi halok bo‘lgani, qariyb 30 kishi jarohat olgani xabar qilingan edi.

Mazkur hujum uchun mas’uliyatni “Islom davlati” guruhi o‘z zimmasiga olgani to‘g‘risida guruhga mansub bo‘lgan Amaq agentligi xabar berdi.

Hujum Afg‘oniston ijroiya hokimiyati rahbari Abdulla Abdulla etnik hazora etakchi Abdul Ali Mozoriy xotirasiga uyushtirilgan tadbirda ishtirok etayotgan paytda sodir etilgan edi. Abdulla Abdulla hodisa joyidan eson-omon olib ketilgan.

Mozoriy 1995 yilda jangarilar tomonidan asir olinib, o‘ldirilgan edi. 6 mart kuni Tolibon guruhi hujum uchun mas’ul emasligini bildirdi.

Mozoriyni xotirlashga bag‘ishlangan o‘tgan yilgi tadbir qatnashuvchilari ham hujumga uchragan edi.

Tahlil: Xalifalik davlati qulab Olamni kufr sistemasi boshqara boshlaganidan beri Afg‘oniston birorta g‘oyriislomiy tuzumga to‘la bo‘yin sungan emas. Sovetlar Ittifoqi bir necha o‘nlagan yillar uni kommunistik tuzumga bo‘yin sundirmoqchi bo‘ldi. Keyin Amerika Qo‘shma Shtatlari qariyb 20 yil bosib olib, uni ilmoniylashtirmoqchi bo‘ldi. Ikkala olamiy etakchi davlat ham Afg‘onistonda islomiy Xalifalikdan qolgan islomiy mentalitetini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lolmadi. Musulmonlarga demokratiyaga asoslangan kufr etakchiligini singdira olmadi. Natijada SSSR inqirozga yuz tutib hayotdan yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsa, AQSh inqiroz jarligi yoqasiga kelib qoldi. Afg‘oniston – olamiy etakchi davlatlar qabristoni nomini oldi.

Afg‘onistonga uyushtirgan harbiy bosqinchiligida qariyb 1 trillion dollar sarf qilgan AQSh to‘la mag‘lubiyatga yuz tutdi. Endi Afg‘onistondan qochib chiqishini yashirmoqchi bo‘lib, bir necha yillardan beri Tolibonni muzokaraga chaqirib kelyapti. Uni “terrorist”lar ro‘yxatiga kiritganiga qaramay, butun dunyo oldida unga deyarli yalinyapti. Maqsadi, Tolibon bilan o‘zi tuzgan qalbaki hokimiyati o‘rtasida sulh tuzib berish yo‘li bilan mamlakatni tashlab chiqib ketish. Shu bilan AQSh dunyo oldida o‘zini maqsadiga etgandek ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.

AQSh Afg‘onistondan chiqib ketishi bilan xalqaro siyosatda ta’sirli davlatlar Afg‘oniston ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Mamlakatda qurolli kuchlar bir necha guruhlarga bo‘linib, yana avvalgi urush holati kuchayib borishi kutilyapti. AQSh hokimiyat bilan sherik bo‘lgan etakchi guruhni qo‘llab quvvatlasa ham, qolgan guruhlar boshqa manfaatlardan kelib chiqib, mamlakatda tinchlik-barqarorlik hukm surushiga imkoniyat berishmaydi. Yuqoridagi qo‘poruv amaliyoti fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Afg‘oniston faqat islomiy mabda asosida xalq bilan davlat uyg‘unligiga erisha oladi va faqat shu yo‘l bilan mamlakatda osoyishtalik hukm surishi mumkin. Bu esa Afg‘oniston faqat islomiy Xalifalik davlati ostiga kirishi bilan amalga oshishi mumkin.

AQSh va boshqa ilmoniy quvvatlar mamlakatni kufr aqidasi ostidagi mabdalar bilan boshqarishga har qancha harakat qilishmasin, mamlakatda urush battar alanga olib boraveradi. Chunki xalq e’tiqodi bilan hokimiyatning mabdaiy boshqaruv tizimi bir aqidadan balqib chiqmas ekan, davlat qudratli, barqaror, siyosiy va iqtisodiy quvvatga ega bo‘la olmaydi. Demakki, AQSh taklif qilayotgan kelishuv bilan mamlakatda osoyishtalik bo‘lishi mumkin emas.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.