Sudandagi o‘tish davri hukumati ma’rufga buyurish va munkardan qaytarishga qarshi kurashyapti

331
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudandagi o‘tish davri hukumati ma’rufga buyurish va munkardan qaytarishga qarshi kurashyapti

Sudan diniy ishlar vazirligi buyrug‘i bilan Qazorif viloyati Daym Nur rayonidagi qarshilik harakati va xizmatlar qo‘mitalari «juma xutbalarida siyosiy ma’ruza qilishni to‘xtatish» to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qo‘mita qarorida bunday deyiladi: «Juma xutbasi namozxonlarni chiroyli axloqqa chaqirishi, fazilatlarga da’vat qilishi va ma’rufga buyurib, munkardan qaytarishi kerak», «Biroq bugungi kunda masjidlarimizda siyosiy xutbalar o‘qilyapti va o‘tish davri hukumati tanqid qilinyapti».

Allohning uyiga nisbatan qilingan bunday adovat hamda Islom va ahkomlarini mana shunday ochiqdan-ochiq xato tushunish qarshisida Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Islom aqida va hayot nizomi sifatida mukammal dindir. Dinni hayotdan ajratish, shu jumladan, siyosatdan ajratish esa, mustamlakachi kofir G‘arb aqidasidir. Hukmdorlardan Islom asosida hisob so‘rash ma’rufga buyurib, munkardan qaytarishning bir qismidir. Mudom bugungi o‘tish davri hukumati Islomga asoslanmagan ekan, hatto Islom va uning da’vatini ko‘tarib chiqayotganlarga qarshi kurashayotgan ekan, demak, haq da’vatchilari bunday hukumatning qilmishlarini, zalolatga kirganini fosh etmoqlari shart. Agar hukumat xolis bo‘lganda edi, hujjatni hujjat bilan qarshilagan bo‘lar edi. Ammo u hujjatga og‘izlarni yopish va zo‘ravonlik bilan javob qilyapti va bu sobiq hukumat uslublaridan biridir!». Bayonotda yana shunday keladi:

«Allohning yo‘lidan to‘sish va Nabiy ﷺning minbarini laganbardorlarga topshirish zolimlar yo‘lidir. Totalitar hukumatlar bo‘ladimi, demokratik hukumatlar bo‘ladimi, farqsiz, hammasi haq so‘zdan qo‘rqishadi va fikrga zo‘ravonlik bilan javob qilishadi». Bayonot so‘nggida shunday keladi:

«Qarshilik harakati qo‘mitalari ham avvalgi rejimning xalq qo‘mitalaridan farq qilmaydi. Bu ham masjidlarda josuslik qilyapti, odamlarni haqiqatni bilishdan to‘syapti. Ammo Hizb ut-Tahrir esa, haqiqat bayrog‘ini baland ko‘tarib, Islomga hayot tuzumi sifatida da’vat qiladi. Kechagi xalq harakati qo‘mitalari axlat qutiga otilgani kabi, bugungi qarshilik harakati qo‘mitalarining ham taqdiri shunday bo‘lishi, odamlar la’natiga uchrashi muqarrar».

Roya gazetasining 2020 yil 26 fevral chorshanba kungi 275-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.