Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini 26 foizga oshiradi

54
0

Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini 26 foizga oshiradi

Jahondagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Saudi Aramco apreldan sutkasiga 12,3 mln barrelgacha neft qazib oladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Bu OPEK va OPEK+ a’zolari o‘rtasida tuzilgan bitimda ko‘rsatilgan hajmga nisbatan 26 foizga ko‘pdir. Bitimga ko‘ra, Saudi Aramco 2020 yilning birinchi choragida sutkasiga 9,7 mln barrel neft qazib olish majburiyatini olgandi.

1 apreldan OPEK+ bitimi bekor bo‘ladi, chunki Rossiya 6 mart kuni Venada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda neftь qazib olishni qo‘shimcha qisqartirishga rozi bo‘lmadi.

Dushanba kuni Brent nefti narxi 20 foizdan ortiqroqqa tushib ketdi va bu jahon birjalariga salbiy ta’sir qildi.

Neft narxining pasayishi ortidan Rossiya rublining AQSh dollari va evroga nisbatan qiymati keskin tushib ketdi.

Izoh: AQSh SSSRni parchalab tashlash uchun qurollanish poygasini boshlab, uni “sovuq urush”ga tortgan va 15 yildan ortiq vaqt mobaynida neft narxini sun’iy ravishda past darajada ushlab turgan edi. AQSh Rossiyani yanada holdan toydirish uchun yana o‘sha eski stsenariyni ishga solayotganga o‘xshaydi. Ma’lumki, Rossiya iqtisodi asosan neft savdosidan keladigan daromadga qarab qolgan, neft narxi esa jahon bozorida yana sun’iy pastlatib borilmoqda. Amerikaning bu rejasini amalga oshirishda tarixda bo‘lgani kabi yana Saudiya Arabistoni muhim rol o‘ynab beradigan ko‘rinadi.

2014 yilning mart oyida AQShning sobiq prezidenti Ronalьd Reyganning o‘g‘li Maykl Ronalьd Reygan o‘sha vaqtdagi prezident Barak Obamaga maktub orqali murojaat qilib, unga o‘zining otasi 20 asrning 80 yillarida Saudiya Arabistoniga borgani va jahon bozorida neft narxini tushirishni talab qilganini eslatib o‘tdi. Kichik Reygan Putinga qarshi ham shunday strategiya qo‘llashni taklif qilib, “Agar bizning prezident Rossiyani haqiqatdan ham Ukrainadan uzoqlashtirishni jiddiy xohlayotgan bo‘lsa, yangi sovetlar imperiyasi vujudga kelmay turib o‘z harakatlarini obdon o‘ylab ko‘rishi va Reygandan o‘rnak olishi kerak bo‘ladi. U “ona Rossiyani” iqtisodiy bo‘g‘ib tashlashi kerak, toki u erda yashayotgan odamlar o‘zlariga ichki kiyim sotib olishga ham qodir bo‘lmasinlar”, — degan edi. AQSh Rossiyaning hozirgi holatidan ham rozi emas. U imkon qadar Rossiyani yana qayta Elьsin davridagidek zaif va qarzdor davlatga aylantirish harakatida bo‘lmoqda.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.