«Mustaqil katibalar vakillarimizdir» nomli juma namoyishi

28
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

«Mustaqil katibalar vakillarimizdir» nomli juma namoyishi

Ey ozod etilgan erlardagi sharafli kishilar qo‘zg‘olonni ilk siyratiga qaytaringlar

Shom ahlining muborak qo‘zg‘olonidan ko‘zlangan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida qo‘zg‘olonning yana davom etishini ta’kidlash uchun Armanoz shahrida «Mustaqil katibalar vakillarimizdir» nomli namoyish o‘tkazildi. Namoyishda «Bizning muborak qo‘zg‘olonimiz Turkiya rejimining yolg‘onchiligi va soxta ma’ruzalarini fosh qildi», «Putin va Erdogan bitta tanganing ikki tomonidir, chunki bugun ular bilan aloqa qilgan va kolonnalarni musulmonlarga qarshi harakatlantirgan etakchilar basharasi ochildi» kabi so‘zlar yozilgan plakatlar ko‘tarib chiqildi. Yana bir plakatda «Biz bu kolonnalarning kufr loyihasiga emas, bizga nusrat berishini juda istagan edik», deyildi. Namoyish qatnashchilaridan namoyishni davom ettirish to‘g‘risida gapirib, bunday dedi: «Biz qo‘zg‘olonimizni aslo to‘xtatmaymiz, chunki qo‘zg‘olon mafkuradir, mafkura esa o‘lmaydi… kimdir qilich bilan o‘ldirilsa, kimdir boshqa narsa bilan. Ammo yigitning qilich bilan o‘ldirilishi ham sharaf, ham qahramonlikdir». Namoyishchilar sharafli kishilarga o‘z javobgarliklarini eslatib, bunday dedilar: «Ey ozod etilgan erlardagi sharafli kishilar, tashabbus tizginini qo‘lga olib, qo‘zg‘olonni ilk siyratiga qaytaring, biz dushmanimizning zaif ekaniga ishonamiz va bu dushmanga vaziyatni chappa qilib yuboruvchi haqiqiy mardlar etishmaydi. Binobarin, bizni Allohdan o‘zga kafilimiz yo‘q, zotan, nusrat o‘z qo‘llaringizdadir, anavi «kafil» davlatlar qo‘lida emas. Zotan, bizning talab mustaqil katibalardir».

Roya gazetasining 2020 yil 26 fevral chorshanba kungi 275-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.