Suriyaning xolis qo‘zg‘olonchilari o‘zlariga qarshi uyushtirilayotgan fitnalarni hamda bu fitnalarga Turkiyaning va guruh etakchilarining qanchalar darajada bog‘liqligini anglab etish vaqti keldi

315
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Suriyaning xolis qo‘zg‘olonchilari o‘zlariga qarshi uyushtirilayotgan fitnalarni hamda bu fitnalarga Turkiyaning va guruh etakchilarining qanchalar darajada bog‘liqligini anglab etish vaqti keldi

«Samanews» axborot veb-sayti (hijriy 1441 yil 24 jumodus-soniy, milodiy 2020 yil 18 fevral seshanba kuni) nashr qilgan xabarda shunday keladi:

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti va bir necha inson huquqlari tashkilotlari Suriyaning shimoliy g‘arbidagi fojiali vaziyat oqibatlaridan ogohlantirdi. Ularning bildirishicha, ayniqsa, uch million kishi panoh topgan mintaqadagi bolalar ahvoli juda og‘ir. Ushbu mintaqada panoh topganlarning qariyb yarmi qochqinlardir. Gumanitar vaziyat og‘irlashgan va sovuq kuchaygan bir sharoitda 900 mingga yaqin kishining qochib chiqishi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiadan darak beradi.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet – hozirda Suriya urush boshlangandan beri eng katta ko‘chish to‘lqinlarini boshdan kechirmoqda, dedi hamda buning javobgarligini rejim va uni qo‘llab-quvvatlayotgan tomonlar zimmasiga yukladi. Shuningdek, u Suriyaning shimoliy g‘arbidagi gumanitar vaziyat «dahshatli» deb qo‘shimcha qildi.

Bachelet chiqargan bayonotida bildirishicha: BMT bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil dekabr boshidan to shu kungacha 900 ming suriyalik fuqaro qochqinga aylangan bo‘lib, ularning sakson foizi ayollar va bolalardir. Uning qo‘shimcha qilishicha, 900 ming kishining mamlakatdan qochib chiqishi 2011 yil urush boshlangandan beri eng yirik qochqinlar to‘lqinidir».

Roya gazetasi sharhi:

Shom zaminida musulmonlarga qarshi sodir etilayotgan ishlar tom ma’noda salibchilik urushidir. Urushni olib borayotganlar Amerika malayi Bashar Asad rejimi, Islomdan nafratlanish va unga qarshi kurashishda Amerikaning egizagi va ittifoqchisi bo‘lgan Rossiya hamda Amerika siyosati bo‘yicha harakat qiluvchi Eron va Turkiya rejimlaridir. Bu urushda ularga Islom va musulmonlarga qarshi kurashda etakchilik qilayotgan, kufr va jinoyatning onasi bo‘lgan Amerika boshchilik qilmoqda. Shu kunlarda, ayniqsa, hamma gap Idlib shahri va Turkiyaga chegaradosh hududlar haqida ketayotgan bir paytda, Erdogan Turkiyasining jirkanchli roli yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shubhasiz, bu urushda Suriyadagi jinoyatkor rejimning ayni mintaqalarni o‘z changalida ushlab turishiga imkoniyat yaratib berishdek eng yomon va jirkanch rolni Erdogan Turkiyasi o‘ynamoqda.

Mudom jangchi guruhlar ayni achchiq haqiqatni anglab etmas ekanlar hamda ular orasidagi xolis kishilar xoin etakchilarni tiyib qo‘yib, etakchilikni ulardan tortib olmas ekan, Shom ahli tortayotgan azob-uqubatlar yanada kuchayib murakkablashaveradi.

Shu nuqtai nazardan, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi joriy yil 17 fevral dushanba kuni bayonot chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Turkiya hukmdorlari bilan jangchi guruh etakchilari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Chunki ular faqat xo‘jayinlari ruxsat bergan doiradagina o‘z qarori va irodasiga egadirlar. Shuning uchun ular AQSh va Rossiya rejimlari bilan barcha sohalarda uchrashuvlar, kelishuvlar va aloqalarni tinimsiz davom ettirishmoqda». Bayonotda quyidagilar izohlandi:

«Amerikaning siyosiy echimi butun G‘arb tatbiq qilishga va Shom ahliga zo‘rlab o‘tkazishga urinayotgan echim bo‘lib, xavf-xatar jihatidan harbiy echimdan farq qilmaydi. Siyosiy echim bilan harbiy echim faqat bir mazmun-mohiyatga ega». Bayonot Shom ahliga quyidagicha xushxabar etkazish bilan tamomlandi:

«Shubhasiz, qo‘zg‘oloningiz to‘g‘ri yo‘lini topib olishi hamda bu zolim boshqaruvni Rosululloh ﷺ bashorat qilgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik boshqaruviga o‘zgartirish yo‘lida kunlarini tunlarga ulab qattiq harakat qilayotgan zotlar bor. Bas, shunday bo‘lgach, Allohning dushmani bo‘lgan anavi jinoyatkor malay davlatlarga hargiz ishonmang. Bilingki, musulmonlar najot topishining yagona yo‘li Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun faoliyat qilayotganlar bilan birgalikda jiddiy harakat qilishdir. Oqibat esa, taqvodorlarnikidir».

Roya gazetasining 2020 yil 26 fevral chorshanba kungi 275-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.