Qirg‘iziston muftiyoti islomiy pozitsiyani ushlamoqda

329
0

Qirg‘iziston muftiyoti islomiy pozitsiyani ushlamoqda

OAV xabar qilganidek, muftiyotga Sog‘liqni saqlash vaziriligidan juma namozlarini to‘xtatib turish bo‘yicha taklif tushgan. Muftiyotning bunga nisbatan bildirgan javobi islomiy pozitsiyada bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Tolo Isakov bunday dedi: “Musulmonlar din boshqarmasidan telefon qilib, juma namozini cheklash bo‘yicha noto‘g‘ri talab qo‘yyapsizlar dedi”

Muftiyot bayonotida shunday deyiladi: “Bu kuni masjidlarga bormanglar deyishga shariat yo‘l qo‘ymaydi. Juma musulmonlar kutgan kun. Hech kimga bu kuni jumaga kelmanglar deb ta’qiq qo‘ya olmaymiz. Juma namozi uyda emas, masjidlarda jamoat bo‘lib o‘qiladigan namoz. Islom dini virusning oldini olishga qarshi emas. Alloh Taolodan yaxshilik tilab, har bir inson o‘zini ehtiyot qilsa, o‘zimizga va mamlakatimizga yaxshi. Biroq faqat juma namozi vaqtida koronavirus yuqadi deb ta’qiqlash noto‘g‘ri tushuncha”.

Bundan bir hafta oldin ham juma namoziga yig‘ilishni ta’qiqlash bo‘yicha taklif kirgizilgan va bu taklif ham muftiyot tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan edi.

Shu bilan bir vaqtda, muftiyot bunday vaziyatda odamlar tomonidan qilinish zarur bo‘lgan shartlarni qabul qildi.

Muftiyot tomonidan koronavirusning oldini olish maqsadida imomlarga tushintirish ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriq berilib, masjidlarni toza saqlash, joynamozlarni dezinfektsiyalashga buyruq berildi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vaziriligi ko‘rsamasiga muvofiq, korkonovirusdan saqlanish yo‘llarini yodda saqlashga chaqirdi.

Qo‘shni Tojikistonda esa, bunday islomiy pozitsiyaga rioya qilinmadi. U erda “hukumat taklif kiritdi” degani bilan, bu taklif emas, buyruq bo‘lib qoldi. Tojikistondagi Islom markazi ulamolar kengashining fatvosi bilan janoza namozidan boshqa barcha jamoat namozlari ta’qiqlandi. OAV xabar qilishicha, Shoxmansur jome masjidi imomi namozxonlarga o‘zining chorasizligini shunday bildirdi: “Xurmatli namozxonlar bizni to‘g‘ri tushininglar, biz shunday ko‘rsatma oldik”.

Tojikistonda koronavirus vahimasi sababli oziq-ovqat maxsulotlari tanqisligi ham paydo bo‘lmoqda. Tojikiston hukumati esa g‘o‘yo xalqini vahimaga tushmaslikka chaqirgandek bo‘lmoqda. Bu ikki yuzlamachilikdan boshqa narsa emas! Chunki, bu kasallik pandemiya ko‘rinishi olmasdan turib, hatto, birorta ham virus qayd etilmagan jamoatda (buni hukumatning o‘zi aytmoqda) jamoat namozlarini ta’qiqlash orqali hukumat o‘z xalqini vahimaga solmoqda…

Shu tarzda, Qirg‘iziston muftiyoti ayni sharoitda islomiy pozitsiyani ushlamoqda. Alloh u erdagi birodarlarimizning iymonlarini ziyoda, qadamlarini sobit qilsin! Qilayotgan shu amallariga ajrlar ato etgan bo‘lsin!

Biroq, muftiyotga bu ishlar oson bo‘lmayotganini sezib turibmiz. Sababi, G‘arbga malay ayrim odamlar hamda ularning axborot vositalari muftiyotning bunday pozitsiyasiga qarshi chiqa boshlashdi. Masalan, “Bi-bi-si” va “Ozodlik” kabi G‘arb qurollari bu xabar bilan yonma-yon – Qirg‘izistonda boshqa tadbirlar ham to‘xtatilgani va virus tahdidi to‘g‘risida xabarlar tarqatish orqali – makkorlik bilan xalqni bunday pozitsiyaga qarshi chiqishga chaqirmoqda. Bunga nisbatan biz, musulmonlar jamoati muftiyotning shu pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishimiz vojib.

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.