Xitoy jahon brendlari fabrikalarida uyg‘urlarni ishlatmoqda

32
0

Xitoy jahon brendlari fabrikalarida uyg‘urlarni ishlatmoqda

 Xitoy rasmiylari yuz minglab musulmon, asosan uyg‘ur millatiga mansub shaxslar majburan saqlanayotgan “kasbga tayyorlash markazlari”da odamlarni taniqli brendlar mahsulotlarini ishlab chiqaradigan fabrikalarda ishlashga majbur qilmoqda.

 Bu haqda Avstraliya strategik siyosat instituti (ASPI) hisobotida aytilgan.

 Hisobot mualliflari Xitoy xukumati hujjatlari va ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlarga tayangan holda, Shinjon Uyg‘ur muxtor o‘lkasi rasmiylari lagerdagi odamlarni nafaqat bu hududda, balki Xitoyning boshqa mintaqalarida ham mehnatga jalb qilayotganini iddao qilganlar. Bu erda gap kamida 80 ming nafar uyg‘ur ishlaydigan 27 ta fabrika haqida bormoqda.

 Bu fabrikalar mahsulot etkazib berayotgan shirkatlar orasida Apple, BMW, Nike, Samsung, Sony, Volkswagen va boshqalarining nomlari sanalgan. Taxminlarga ko‘ra, bu shirkatlar mahsulot etkazib beruvchi fabrikalarda odamlar majburan ishlatilayotganini bilmagan. Reuters agentligi ayrim kompaniyalarning bu xabarlar tekshirilayotgani aytilgan bayonotlarini keltirgan.

 Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 2 mart kuni hisobotda aks etgan ma’lumotlarni rad etdi. Xitoylik diplomatlarga ko‘ra, hisobotdan maqsad hukumat olib borayotgan “aksilterror choralarini” yomonotliq qilishdan iborat.

 Izoh: BMT ning inson huquqlari bo‘yicha Kengashining o‘tgan yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida, The China Tribunal nomli inson huquqi himoyasi tashkiloti Xitoyning har bir mintaqasida keng ko‘lamda diniy va etnik ozchilik vakillarini tiriklayin jism a’zolari donor sifatida kesib olinayotganini ma’lum qilgandi.

 Huquqshunos va huquq himoyachisi Hamid Sabi BMTga bergan bayonotida “Xitoyliklar tirik, xech bir gunohsiz, bezarar, tinch aholi vakillarini qasdan ichini yorib yurak va boshqa ichki a’zolarini chiqarib olyapti. Gap uyg‘urzabon aholining yuraklari, buyrak, o‘pka va boshqa a’zolari haqida ketyapti. Bu amaliyot Xitoy hukumatiga “yoqmagan” va muvofiq kelmagan boshqa millat va din vakillariga nisbatan qilinayotgan ommaviy qirg‘in qatori baholanadi. Ichki organlar kesib olingandan so‘ng noqonuniy tarzda sotuvga chiqariladi”, – degan edi.

 Ha, Xitoyning musulmonlarga nisbatan qilayotgan zulm va vahshiyligidan butun dunyo xabardor. Ammo, bu xabardorlik faqat o‘z manfaatlari uchun kerak bo‘lgan vaqtdagina esga olinadi xolos. Agar musulmonlarni himoya qilishdan manfaat bo‘ladigan bo‘lsa, bu masala darhol ko‘tarila boshlanadi. Turli tadbir va turli minbarlardan mazlumlar huquqlarini “himoya” qilish masalasi ko‘tariladi. Masalan, AQSh ham Xitoy hukumatining uzoq yillardan beri uyg‘ur musulmonlariga zulm qilib keayotgani, ularni millat va musulmonlar sifati yo‘q qilish uchun jiddiy kurashib kelayotganidan xabardor edi. Biroq, Xitoy kuchayib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan o‘ziga tahdid uyg‘otmagunga qadar bu xabardorlik hech qanday natija bermadi. Qachonki, Xitoy kuchayib, iqtisodiy va harbiy jihatdan olamdagi ikkinchi kuchga aylanganidan keyingina Amerika hukamati esiga uyg‘ur musulmonlari va Xitoy mushriklarini ularga zulm qilayotgani “esiga” tushib qoldi. AQSh o‘zini go‘yoki uyg‘ur musulmonlariga “jon koyitayotgandek” ko‘rsatib, unga qarshi sanktsiyalar qo‘llay boshladi va dunyo hamjamiyatida aksilxitoy kayfiyat uyg‘otish harakatiga kirishdi… 

 Kuni kecha hind mushriklari Dehlida musulmonlar yashaydigan kvartallarga hujum qilib, 30ga yaqin musulmonni o‘ldirishdi, masjidlarni vayron qilib, uy-joylarni talashdi. Ammo mushriklarning bu jinoyatini na BMT va na biror davlat qoralab chiqmadi. Chunki, hozir AQSh va Hindiston o‘rtasida munosabatlarda iliqlik kuzatilib, AQSh Hindistonni Xitoy ekspantsiyasiga qarshi qo‘yishni mo‘ljallab turipti. Trampning fevral oyida Hindistonga qilgan safari davomida AQSh Hindistonga uch milliard dollarlik qurol-yaroq etkazib berishi bo‘yicha shartnoma imzolandi.

 Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning mana bu hadislari bugungi musulmonlarga batamom to‘g‘ri kelib qoldi:

 “Eb to‘ymas ochofatlar o‘z tovog‘iga tashlangani kabi yaqinda millatlar barcha tarafdan sizlarning ustingizga tashlanadi”, deganlarida: “Yo Rasululloh, o‘sha paytda sonimiz kam bo‘lganidanmi?” – deyildi. U zot: “Sizlar u paytda ko‘p bo‘lasizlar. Dushmanlaringiz qalblaridan qo‘rqinch ko‘tariladi, sizlarning qalblaringizni vahn egallaydi”, dedilar. Shunda: “Vahn nima” – deb so‘ralgandi, u zot javob berdilar: “Dunyoni sevish, o‘limni yomon ko‘rish”.

 Bundan 96 yil oldin musulmonlar Xalifasidan judo bo‘lgan kundan boshlab butun dunyodagi eb to‘ymas ochofatlar o‘z tovog‘iga tashlangani kabi dunyoning barcha tomonidan musulmonlar ustiga tashlanishdi. Islom shariatini bekor qilib, musulmonlar boshiga ne-ne balolar yog‘dirishdi va yog‘dirishda davom etishmoqda. Toki, musulmonlar o‘z azizliklari asosi bo‘lgan Islom dini va shariatiga qaytishmas, qalqonlari bo‘lmish Xalifalik davlatini qayta barpo etmas ekanlar bunday balolar yog‘ilishda davom etaveradi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.