3- mart Ummat «Qalqon»ini yo‘qotgan kun

638
0

3- mart Ummat «Qalqon»ini yo‘qotgan kun

Islom tongi yorishgan kundan boshlab, Islom fikrlari bilan kufr fikrlari, musulmonlar bilan kofirlar o‘rtasida dahshatli kurash boshlandi. Rasulullox(s.a.v) 610 y. payg‘ambar bo‘lib yuborilgan vaqtdan boshlab to Madinada 622.09.27 kuni Islom davlatiga asos solinib, bir qancha muddat islomiy quvvat tashkil bo‘lgunga qadar faqat fikriy kurash bilangina cheklandilar. Madinada Islom davlati tiklanib, o‘z armiyasiga ega bo‘lgan o‘sha kundan boshlab fikriy kurash bilan yonma-yon qurolli kurash, ya’ni jaholat zulmatlarida har xil nomlar ostida eng sharafli mavjudot bo‘lmish insoniyatni ezib kelayotgan zulmatlarni parchalash ham boshlandi. Qisqacha aytganda, aldov, zo‘ravonliklar, nohaqliklarning posboni bo‘lgan kufr kuchlarini parchalab, insoniyatni Islom nuriga olib chiqish uchun Alloh Taolo farz qilgan moddiy jihat boshlandi.

Kurash uzoq yillar shunday davom etdi. Hujjat asosidagi fikriy kurash bilan birga jihod ham, to xalqlarni ezib kelayotgan zolim kuchlar er yuzidan tozalangunicha yoki Kiyomat kunigacha davom etajak. Mana shu sababli kufr – Islomning, kofirlar — Musulmonlarning dushmani bo‘lib qoldi. Er yuzida Islom va kufr, Musulmonlar va kofirlar mavjud ekan bu holat to Kiyomat kunigacha davom etaveradi. Bu qattiq va doimiy urushni Musulmonlar hayotining har bir lahzasida ravshan idrok qilishlari, hamda uni Islom bilan kufr, Musulmonlar bilan g‘oyridinlar o‘rtasidagi aloqalar uchun me’yor-o‘lchov qilib olishlari zarur.

Rasululloh(s.a.v)ning Makka shaxrida olib borgan fikrny kurashlari mashaqqat, sabr va matonat bilan 13 yil davom etdi. Bu davr ichida Islom fikrlari kufr fikrlari ustidan g‘alaba qozondi va kofirlar hajjat asosida bahs qilishga hech chora topisha olmaganlaridan musulmonlarga ozorlar bera boshladilar. Quvg‘inlar, hatto ba’zilarining shahid qilinishigacha etib borgan zulmlarga duchor bo‘lgan Rosululloh(s.a.v) va U Zotning ashoblarini (r.a.) madinalik ansorlar qarshi oldilar. Kofirlarning har qancha qarshiliklariga qaramasdan, Alloh Taolo Islomni ularning qo‘llari bilan barcha dinlar ustidan g‘olib qildi. O‘shandan boshlab, boshqalar bilan bo‘lgan hamma urishlarda musulmonlarga zafar yor bo‘ldi. Musulmonlar garchi ba’zi bir janglarda engilgan bo‘lsalar ham, lekin ular urushlarda albatta g‘alaba qozonar edilar. Musulmonlar 6 asr davomida barcha janglarda g‘alaba qozondilar. Bu muddat davomida Islom Davlati olamida yagona etakchi davlat bo‘lib qoldi. Bunday ulkan g‘alaba insoniyat tarixida Musulmonlardan boshqa hech kimga, Islom Davlatidan o‘zga biron bir davlatga nasib etgan emas. Ummat o‘z tarihida faqat xalifalik davlatida yashab keldi va bir necha xalifalar birin ketin rahbarlik qilib, Rasululloh(s.a.v)ning quydagi hadislari o‘z tasdig‘ini topdi:

 «Banu Isroilga payg‘ambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir payg‘ambar halok bo‘lsa, ortidan boshqa bir payg‘ambar kelardi. Mendan keyin esa payg‘ambar yo‘q. Xalifalar bo‘ladilar. Ko‘p bo‘ladilar. … »

Xulafoi roshidinlar: 4

Shomdagi umaviy xalifalar:14

Abbosiy xalifalar: 37

Usmoniy xalifalar: 37

Musulmonlar mazkur xalifalarni “xalifa” yoki “sulton” deb atashda turli davrlarda bir qancha ixtiloflarga borganlar. Ularning ixtiloflari xalifalarning vazifalari va ularni tiklash vojibligi xususida bo‘lmay, faqat ularni qanday nom bilan atash ustida borgan. Abu Bakr, Umar, Usmon va Aliylarni (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) barcha davr musulmonlari bil-ittifoq xulafoi roshidinlar deb ataganlar. Umaviy xalifalarni va Abbosiy xalifalarni o‘sha davrda yashab o‘tgan musulmonlar xalifalar deb atasalar, keyingi davrdagi musulmonlar podshohlar deb ataganlar. Usmoniy xalifalarni aksar musulmonlar xalifalar desalar, ba’zilar sultonlar yoki turk sultonlari deb ataganlar.

Ularning barchalari xalifa bo‘lganlar. Ularning barchalari islomiy davlatning rahbar-hokimlari bo‘lganlar. Hokimiyatga musulmonlarning bay’at berishlari orqali kelganlar va islomiy davlat fuqarolariga islomiy ahkomlarni — Qur’on va sunnatni tatbiq etganlar.

Rosululloh(s.a.v) bu dunyodan rihlat qilgan kundan to 1924yilning 3 martigacha xalifalarninin doimo “bay’at” yo‘li bilan saylanishlari va Islom davlatini kuchli holatda bardavom etishi Ummatning asosiy diqqat e’tiborida bo‘lgan. Hatto xalifalikning oxirgi damlarida ham, ya’ni O‘rta Osiyoni Chor Rassiyasi xalifalikdan ajratib olgan, bolqonni va janubiy Afrika o‘lkalarini Evropa davlatlari bosib olgan davrlarda ham xalifalikka bo‘lgan bunday e’tibor ularda zaiflashmagan edi. Bunga bir misol tariqasida hozirgi Pokiston yurtlarida bo‘lgan hodisani keltirib o‘taman. U erdagi bir maydonga, tepasidan pul solishga moslashtirilgan sandiq turardi. Bu sandiq xayriya kutisi emas edi, balki uning ustiga “Usmoniy xalifalik havf ostida, unga har kim baholi qudrat moddiy yordam qilsin” deb yozib qo‘yilgan edi. Hamma topgan-turganini olib kelib tashlardi. Shunda bir muslima ona sandik atrofida aylanib yurib, ko‘ringan insonga bolamni sotaman, kim oladi deb u yoqdan, bu yoqqa yugirib yurar edi. Bundan taajublangan bir badavlat odam;

ey, sinlim, bu bolani yo‘ldan topib oldingmi? – deb so‘radi.

Yo‘q, o‘zimning jigarbandim deb javob berdi, bir oz sekinlab.

Ey, noshukr ayol! Nega o‘z bolangni sotayapsan…?! To‘g‘rida, qanday berahim ona o‘z bolasini sotadi?! Hech bir iymonli, toza ko‘ngilli ona, o‘z farzandini sotishga, bag‘ridan umuman ajratib tashlashga jur’at qilolmaydi.

Yo muhtojlikdan shu qabohatga qo‘l urmoqchimisan? Yoki og‘ir dardga chalindingmi? Senga pul nima uchun kerak?

Axir, sandiq ustiga yozilgan e’lonni o‘qimadingmi?! Xalifalik og‘ir ahvolda ekan. Agar xalifalik qulatilsa, unda butun Ummat tugaydi. O‘shanda haqiqiy halokat bo‘ladi. Bolamgina emas, butun Ummat parchalanadi, yomon ahvolga tushadi–yu?! Xalifalik qulatilsa, bizni kim himoya qiladi va xalifamiz bizning «Qalqon»imizku! Men bolamni sotib, pulini o‘sha sandiqqa tashlamoqchiman, boshqa qo‘shadigan narsam yo‘q-da…

Imom Muslim Abu Hurayra(r.a)dan rivoyat qiladi: «Rasululloh(s.a.v) dedilar: «Albatta imom (Xalifa) qalqondirki, uning ortida turib urushiladi va u bilan himoyalaniladi».

Ha, Ummatning «Qalqon»i yo‘qolsa, toza qalbli, haqiqiy iymonliklardan tashqari hammaga qo‘rqoqlik baloi omm bo‘ladi. Natijada o‘zlarining kindik qoni to‘kilgan yurtlariga o‘zgalar egalik qiladi. Jannat makon bo‘lishishiga, tabiiy konlar bilan to‘tib toshganiga qarmasdan boyliklarini talon–taroj bo‘lishiga sukut saqlab, o‘zga yurtlarga; Rossiyami, Koreyami, har qancha qiyinchiliklarga qaramasdan ketaveradi. Bizning tillalarimiz qani?, konlarimiz nima bo‘lyapti? – degani jur’at qilolmaydi.

Ummatning «Qalqon»i yo‘qolsa, ayollarini himoya qilolmaydigan dayuslarga aylanib qoladilar. Hamyurtlari, hatto o‘z yaniqlari o‘zga yurtlarga tanalarini sotishga majbur bo‘lib ketishayotganiniga ko‘z yumadilar.

Ummatning «Qalqon»i yo‘qolsa, yurtdoshlardan chiqqan haqiqiy, sheryurak qahramon yurt o‘g‘lonlari kufrning nayranglariga, aldovlariga uchib, o‘z xalqiga xoinliklar qila boshlaydi, el–yurtning g‘azabi toshganda kufrni qo‘yniga qochib qoladigan g‘urursizlarga aylanib qolishadi.

Ummatning ««Qalqon»»i yo‘qolsa, musulmon bo‘lib dunyoga kelsalar ham, nikoh bilan hayotlarini boshlasalar ham, janoza bilan o‘liklarini oxirgi safarga kuzatsalar ham farzandlariga o‘z Islomlarini o‘rganishlariga imkon–sharoit yaratib berolmaydilar.

Ummat «Qalqon»ini yo‘qotsa, ilm–fan, ixtiro sohasida; meditsina, astranomiya, algebra kabi sohalarda, iqtisodiy va harbiy sohada ham, oilalarning mustahkamligi, ko‘p farzandlik borasida ham uzoq yillar dunyoga etakchilik qilib kelgan tarixlarini buzuq suratda, kufr tasvirlab bergan ko‘rinishda o‘rganadilar.

Shuning uchun o‘z umrini Islom uchun bag‘ishlagan ustozlardan biri “kufr bizga shunday ish qildiki, agar erkaklarimizni qiymalab, temir taroqlar bilan taraganida ham, ayollarimizni o‘ldirib yuborganida ham hozirgi qilgan ishlaridan engilroq bo‘lar edi” deb afsuslangan. Chunki biz Islomimizdan yuz o‘girdik, natijada kufrga oshiqib, unga malaylik qilish uchun kreslo talashadigan, unga erishish yo‘lida bir birlarimizni urishtiradigan xoinlarga, ayollarimizni sharmandalarcha yurishlariga beparvo dayuslarga, do‘sti-dushmanni ajrata olmaydigan gumrohlarga, birovda ko‘rgan narsamizni ko‘r-ko‘rona qiladigan manqurtlarga, nohaqliklar, aldovlar, yolg‘onlarga tomoshabin bo‘lib turadigan or-nomussizlarga, boyliklarimizni talon-taroj bo‘lishiga jim turadigan qo‘rqoq-soqovlarga aylanib qoldik.

Hayotning barcha tarmoqlari ishonchsiz ahvolga kelib qoldi. Xalqdan yig‘ilgan mablag‘lar evaziga boyib yotgan rahbarlar, deputatlar, jarnalistlar, sud-prokratura hodimlari, organ hodimlariga bosh bo‘lganlar o‘z xalqiga xiyonat qilishlari odatiy holga aylandi. Hech qanday narsa umid qilmasdan, faqat Alloh Taoloning rizosini istab, kechayu-kunduz tinmay, og‘ir turmish sharoitidan imkon topib, o‘z xalqiga jokuyar o‘g‘lonlariga qora dog‘larni choplab, “ekstremist”, “terrorist” kabi tamg‘alarni yopishtirib qamoqlarga tashlamoqda.

Bu balodan qutilish yo‘li, har qancha qiyin bo‘lsa ham, Islomimizga qaytish, uni yaxshilab o‘rganish, o‘rgatish va o‘sha asosidagi hayotni boshlashdir. Bu boradagi qiyinchiliklarni katta qismini Rosululloh(s.a.v)ning haqiqiy merosxo‘rlari sahih ijtihod bilan mufassal echib, kitoblarga bitib qo‘ydi. Bizga bu boradagi qiyinchiliklarni engillatdi. Biz o‘sha ko‘rsatmalarni olishimiz, ishonchli yo‘llanmalar asosida har bir ishga yondoshishimiz bilan kufrning changalida qutilamiz va “qalqon”imiz yana tiklanadi va biz avvalgi etakchilik maqomimizga qaytib, zo‘ravon zolimlarni tiyib qo‘yamiz, olamni jaholat botqog‘idan Islom nuriga olib chiqamiz, inshoalloh. Alloh Taolon “Ra’d” surasida shunday deydi;

إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

– „Aniqki, to biron qavm o‘zlaridagi narsani o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas“. [13:11]

Alloh Taolo ushbu oyatda “o‘zlaridagi narsani” deb, o‘zimizdagi narsani o‘zgartirishni bu dunyodagi ahvolimizni o‘zgartirishni shart qilyapti. O‘zimizdagi nimani o‘zgartira olamiz? shaklimizni, yuz tuzilishimizni, rangimizni, ovozimizni, naslimizni yoki bo‘yimizni o‘zgartira olmaymiz. Biz e’tiqodimizni, tushunchalarimizni, amallarimizni, hamda urflarimizni o‘zgartira olamiz. Demak, demokratiyaga o‘xshagan ahmaqona e’tiqodni yoki undan kelib chiqayotgan g‘ayriinsoniy tushunchalarni qabul qilsak yoki o‘shanday odamlarga taqlid qilsak, ularni qo‘llab quvvatlasak, demak ahvolimiz o‘shanga yarasha bo‘ladi. Agar biz aqidalarni ham, tushunchalarni ham tekshirib, fikrlab ko‘rib faqat to‘g‘risini olsak, unda hayotimiz ham tug‘ri bo‘lishini va Alloh Taolo hozirgi ahvolimizni ham to‘g‘rilab qo‘yishini ta’kid bilan xabar qilmoqda. Bu farzand ko‘rish masalasiga o‘xshaydi. Farzandni Alloh Taolo beradi. Lekin duo qilishning o‘zi bilan farzandli bo‘lmasligini hamma biladi. Oila qurmasdan farzand so‘rab kecha-yu, kunduz duo qilgan kishini ko‘rsang kulging qistaydi. Bu o‘rinda duo qilib, Allohdan farzand so‘rashi noto‘g‘ri emas, balki o‘zi bajarishligi kerak bo‘lgan ishni qilmasdan turib duo qilishining o‘zidan maqsad hosil bo‘lmaydi. Shunga o‘xshab, mustamlakadan, jaholatdan qutilish faqat duo qilish bilan yoki bir necha shaxslarning urinishi bilan bo‘lmaydi, oyatda «قوم» qavm deb bir xalqdagi o‘zgarish o‘shalarning o‘zgarishi, ya’ni urfini o‘zgarishi bilan bo‘lishini ifodalamoqda. Jobir ibn Abdulloh(r.a)dan rivoyat qilinadi, u aytadi: … Rasululloh(s.a.v) dedilar: «Ummatimning oxirida mol-dunyoni hech bir hisob-kitob qilmay, mo‘l-ko‘lchilik bilan odamlarga tarqatadigan xalifa bo‘ladi». Roviy: Abu Nazra va Abul Alodan: «U xalifa Umar ibn Abdul-Azizmi?» — deb so‘radim. Ular: «Yo‘q», — deb javob berdilar, deb aytadi. [Sahihi Muslim, 5189-hadis]

Abu Zar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.