Tehronda Juma namozlari bekor qilindi, vitse-prezident ham koronavirus yuqtirdi

83
0

Tehronda Juma namozlari bekor qilindi, vitse-prezident ham koronavirus yuqtirdi

Koronavirus shiddat bilan yoyilayotgani ortidan Eron poytaxti Tehronda Juma namozlari bekor qilindi.

Mamlakatda virusni yuqtirgani qayd etilganlar 245 nafarga etdi. Ular orasida prezidentning ayollar va oila ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ma’suma Ebtekar ham bor.

COVID-19 virusini yuqtirgan yuqori darajali Eron rasmiylari orasida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari va parlament xavfsizlik qo‘mitasi rahbari ham bor.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan o‘lganlar soni 26 kishiga etgan. Bu Xitoydan tashqari yangi virus qurbonlari soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Tahlil: Koronavirusni qurol qilib olgan xalqaro siyosat butun dunyoni sarosimaga solgan holda mamlakatlarni bir-biridan ajratib, iqtisodiy muammolar keltirib chiqaryapti. Endi u islomiy qadriyatlarimizdagi ibodat va munosabatlarimizga ham ta’sir ko‘rsata boshladi.

Saudiya hukumati Makka va Madinaga ibodat uchun boruvchi musulmonlarning yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Eron juma namozini ta’qiqladi. Bu holat davom etib boraversa qolgan islomiy yurtlar ham juma, hayit, tarobeh kabi jamoiy ibodatlarimizga cheklovlar qo‘yishadi.

Islomda vabo kasalligiga qarata shar’iy echim mavjud bo‘lib, u har bir mintaqa voqe’ligiga qarab o‘sha hudud uchun xos munosabat belgilaydi. Har bir vabo tarqagan hududga kirish va chiqish yo‘llari to‘siladi va Allohga tavakkul qilib vaboni bartaraf qilish yo‘llari izlanadi. Vabo tarqagan mintaqa uchun alohida hukmlar tatbiq qilinib, kasallikning xarakteriga ko‘ra kerak bo‘lsa jamoiy yig‘inlar ta’qiqlanishi mumkin.

Lekin vaboni oldini olish uchun hali mamlakatga kirib kelmagan kasallikni ro‘kach qilib biror ibodatni to‘sish yoki fuqorolarni jamoatchilik ishlarini ta’qiqlash mumkin emas. Vabo mamlakatning biror shahrida paydo bo‘lganida ham, o‘sha shahar qamal holatiga olinadi va u erda o‘zicha shariy hukmlar tatbiq qilinadi, qolgan mintaqa uchun unga joriy qilingan hukmlar joriy qilinmaydi.

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri, mamlakatimizda koronavirusga chalingan birorta odam yo‘q deb bayonot berdi. Shunga qaramay vazirlik to‘y va Juma namozlariga chek qo‘yish kerak degan taklif bilan chiqdi. Koronavirus shar’an vabo hukmini olgan taqdirda ham, uni siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy va saqofiy manfaat yo‘lida foydalanishlariga yo‘l berib bo‘lmaydi. Xalqaro siyosatning etakchi davlatlari odamlar sog‘ligi haqida ham va hayot mamoti masalasi bo‘lgan vabo kasalligiga ham, o‘zlarining moddiy manfaatlari yo‘lida foydani ko‘zlab muomila qilishyapti.

Biz musulmonlar ham kufr olami etakchilari chizib berayotgan yo‘ldan borishimiz to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ularning moddiy mafkuraviy va saqofiy manfaatlaridan kelib chiqib, oldimizdan chiqqan muammolarga echim izlashimiz bizni boshi berk ko‘chalarga olib kiradi. Ya’ni ibodatlarni noshariy to‘sish ortidan ichki diniy nizolar va boshqa dunyoqarashlar o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqishi mumkin. Balki xarqaro siyosat bizni xuddi ana shu jar tomon atayin turtib borayotgandir!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.