16-sonli qamoqxonada “ekstremizm” bilan qamalganlar uchun maxsus bo‘lim tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda

467
0

16-sonli qamoqxonada “ekstremizm” bilan qamalganlar uchun maxsus bo‘lim tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda

 Bu haqda Jazoni ijro etish davlat xizmatining matbuot xizmati xabar qildi.

 Xabarda aytilishicha, bugun Belovodsk qishlog‘idagi №16-qamoqxonasida JIDX jamoatchilik kengashining ko‘chma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hukumat, prokuratura, probatsiya departamenti, Qizil yarim oy xalqaro qo‘mitasi, shuningdek, jamoatchilik va inson huquqlari tashkilotlari vakillar ishtirok eishdi. Ular yuqorida aytib o‘tilgan masalani ko‘rib chiqishdi.

 Eslatib o‘tamiz, BMT talabiga muvofiq 2015-yili Qirg‘iz parlamenti “Ekstremizm va terrorizmda ayblanib ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni qamoqxonalarda alohida ajratilgan, kamera tartibida saqlash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilgan edi. Bunga asos sifatida, qamoqxonalarda ekstremizm yoyilishining oldini olish ko‘rsatilgandi. Aslida, bundan haqiqiy da’vatchi musulmonlarni jamoatdan ajratish va qamoqxonalarda Islom dini tarqalishiga to‘siq qo‘yish maqsadi ko‘zlangan edi.

 Shu munosabat bilan BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi Yaponiya ko‘magida Qirg‘iziston Jazoni ijro etish xizmatiga 900 ming dollar ajratdi.

 O‘sha vaqtda bu kufr boshqarmasining Qirg‘izistondagi vakili Aleksandr Fedulov Qirg‘iziston hukumatini musulmonlarga qarshi qanday ishlatayotgani haqida shunday degan edi:

– Qirg‘iziston kuch organlari bu yo‘nalishda faol ish boshlashdi, barcha kuch tuzilmalarida “ekstermizm-terrorizmga” qarshi kurashuvchi maxsus bo‘limlar ochilib, xodimlar tegishli bilimlarga ega bo‘lishmoqda. Jazoni ijro etish xizmati ham qamoqxonalardagi mahkumlarning radikallashib ketishini oldini olish uchun ulkan ishlarni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keladi.

 Shu tarzda, mustamlakachi kofirlar va ularning halqaro tashkilotlari nazorati ostida Qirg‘izistondagi malaylari Islom va musulmonlarga qarshi kurashni kuchaytirib kelishmoqda. Bunga dalil sifatida, oxirgi 5 yilda “ekstremizm” tuhmati bilan qamalganlar soni 3 barobar ortganini keltirish mumkin. Ularning 90% Hizb ut-Tahrir  yigitlari.

 “Alohida saqlash” qonuni doirasida yopiq tartibga qamalgan musulmonlarning 90% ham hizbiylardan iborat. Bu yigitlarimiz jazoni umumiy tartibdagi qamoqxonalarda o‘tashlari belgilangan bo‘lishiga qaramay, hozir turmalarda yopiq rejimda jazo muddatini o‘tashmoqda (buni tiniqroq tushinish uchun, jazoni ijro etish kodeksiga murojaat qiling, ana shunda umumiy tartib bilan yopiq tartibdagi turma o‘rtasidagi farqni ajratib, bundagi zulm o‘rtasini ajratib olasiz). O‘sha vaqtdagi prezident Atambaev “ekstremist va terroristlar alohida saqlanishi to‘g‘risidagi” qonunni imzolaganidan boshlab, mazlum musulmonlarni “ekstermist va terroristlar” uchun alohida qurilgan yangi turma ishga tushgunga qadar noqonuniy tarzda mana shunday qamoqxonalarda ushlab turishmoqchi.

Tarixga nazar solsak, Islom va musulmonlarga qarshi kurashgan tog‘utlar bu dunyoda xor bo‘lishganiga guvoh bo‘lamiz. Dunyo azobi hech narsa emas, ular uchun alamli Oxirat azobi ham bor. Shu sababli kofirga malaylik qilib, diniga hiyonat qilayotgan, shuningdek xo‘jayinlariga xushomad qilib, musulmonlarga zulm qilayotgan yugurdaklarni ogohlantiramiz: bu ishinglar bilan ikki dunyo xorligiga giriftor bo‘lib qolishdan qochib, ikki dunyo azizligiga eltuvchi amallarga o‘tinglar!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.