Turkmanistonda byudjet tashkilotlari xodimlariga Juma nomoziga borish ta’qiqlandi

55
0

Turkmanistonda byudjet tashkilotlari xodimlariga Juma nomoziga borish ta’qiqlandi

 Turkmanistonning Lebap viloyati byudjet tashkilotlari xodimlarini Juma nomoziga borishi ta’qiqlandi. Bunday ta’qiq Turkmaniston prezidenti Lebapda yangi qurilgan masjidni ochilish marosimiga kelishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda “Ozodlik” radiosining turkman xizmati xabar qildi.

 “Ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash va harbiy xizmatchilarga Juma nomoziga borish va ish joylarida nomoz o‘qish ta’qiqlandi. Juma nomoziga borgan yoki ish joyida nomoz o‘qigan odam ishdan xaydalishi haqida ogohlantirish berildi. Biroq ayrim xodimlar ishdan ayrilish tahdidiga qaramay masjidga borishmoqda”, – deyiladi xabarda.

 Izoh: Turkmanistonning birinchi prezidenti, marhum Saparmurod Niyozov qalamiga mansub “Ruhnoma” kitobi nashr qilinganidan so‘ng ommaviy axborot vositalarida “Turkmanboshi”ni payg‘ambar deb atash va ulug‘lash jarayoni boshlanib ketgan edi. Saroy amaldorlari va maddohlarining bunday shirk ishlarini jim kuzatib turishga iymoni yo‘l qo‘ymagan  turkmanistonlik diniy ulamo Xojaahmad O‘rozqilichev “Bu musulmonlarning e’tiqodiga zid” ekanligini aytib chiqqandi. Shundan so‘ng turkman hukumati Islom diniga qarshi kurashni boshlab yuborgan edi. Ulamoning shu so‘zlaridan so‘ng turkman hukumati O‘rozqlichev tarjimasidagi turkman tilida chop etilgan 40 ming nusxa Qur’onni yoqishga buyruq berdi. Shu bilan kifoyalanib qolmagan rasmiy hukumat poytaxt Ashxoboddagi masjidlarni teng yarimini buzib tashladi va o‘z e’tiqodida sobit turgan musulmonlarni turli xil ayblovlar bilan qamoqqa tashlay boshladi.

  Niyozov o‘limidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan Gurbanguli Berdimuhammedov ham Islom va musulmonlarga qarshi kurashni davom ettirdi. Davom ettirish bilan kifoyalanib qolmay bu kurashni yanada kuchaytirib yubordi. Berdimuhammedov nafaqat ulamo va masjidlarga qarshi, balki jamiyatda islomiy ko‘rinishlarga qarshi kurashni boshlab yubordi. Hukumat buyrug‘iga binoan kuch organlari soqol qo‘ygan musulmonlarga qarshi kurashga kirishdi.

2017-yilga kelib Turkmanistonda nomoz o‘qigan harbiy tizim xodimlarini hamda nomoz o‘qishni tashlash talabini bajarishdan bosh tortgan davlat xizmatchilarini ishdan bo‘shatib yuborish holatlari ko‘paydi. Xarbiy xizmatchilarga yo nomoz yoki ishni tanlash sharti qo‘yildi. O‘sha vaqtda “CA-NEWS” nashri ishdan bo‘shatilgan sobiq harbiy nomoz o‘qishni tashlash talabini rad etgani sababli qurolli kuchlar safidan bo‘shatib yuborilganini, avvaliga ish joyida nomoz o‘qimaslikni talab qilishgani, keyin esa uyida tintuv o‘tkazib, Qur’on kitobini olib ketishganini xabar qilgan edi.

Milliy xavfsizlik boshqarmasi va yo‘l politsiyasi xodimlari soqol qo‘ygan va 50 yoshga to‘lmagan musulmon erkaklarni ushlab, maxsus suhbatdan o‘tkazish ortidan, soqollarini majburan olib tashlashdi va hatto ularni aroq ichib, cho‘chqa go‘shti eyishga majburlashdi. Kuch organlari talabini bajarmagan e’tiqodli musulmonlar esa hech qanday sud va tergovsiz 7-8 yilga ozodlikdan mahrum etildi…

 O‘tmishda Allohning diniga qarshi kurash olib borgan qancha-qancha hukumdorlar, hatto xudolikni da’vo qilgan Firavn kabi zolimlar qanday ayanchili xotima topganidan ibrat olmagan bugungi kundagi fravnchalar ham o‘zlarini dunyoga ustun bilib, ochiqchasiga Allohning shariati va buyuruqlariga qarshi borishga jur’at qilmoqdalar. Ular qanday oqibat sari ketayoganlaridan g‘aflatda qolmoqdalar. 

 “Zolim kimsalar yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar”. (Shuaro: 227).

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.