Eronda koronavirusdan vafot etganlar soni 8 taga etdi

57
0

Eronda koronavirusdan vafot etganlar soni 8 taga etdi

Eron rasmiylari koronavirusdan yana ikki nafar kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Bu bilan Eronda yangi COVID-19 virusidan halok bo‘lganlar soni 8 taga etdi.

23 fevralь kuni milliy telekanalda so‘zlagan Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Kianush Jahonpur mamlakat bo‘ylab virusni yuqtirganlar soni 15 taga ko‘payganini aytdi. Bu bilan Eronda virusga chalinganlarning umumiy soni 43 ga etdi.

Eron koronavirusdan halok bo‘lganlar soni eng yuqori bo‘lgan ikkinchi davlatga aylandi. 22 fevralь kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat bo‘ylab 785 odam virusni yuqtirishda gumonlanayotganini bildirdi.

Virus yanada keng tarqalishi oldini olish uchun rasmiylari cheklovlarni joriy qildi. Xususan, qo‘shni Iroqqa diniy ziyoratlar to‘xtatildi.

Shuningdek, bir necha shaharda maktab, universitet va kinoteatrlar yopildi. Rejalashtirilgan professional sport o‘yinlari esa tomoshabinsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi.

21 fevralь kuni Sog‘liqni saqlash rasmiysi Minu Muhraz virus Qomda quyosh energiyasi zavodini qurayotgan xitoylik ishchilardan tarqalgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Hafta boshida Iroq, Kuvayt va Saudiya Arabistoni Eronga muhim reyslarni bekor qildi.

Virus o‘chog‘i Xitoyda bugunga qadar 2300 dan oshiq odamning yostig‘ini quritdi.

Tahlil:  Koronavirus  muammosi va yirik davlatlar orasida manfaat talashish xalqaro raqobat quroliga aylanib, xalqaro siyosiy tus olib boryapti.

24 – fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp rasmiy safar bilan Hindistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif haqida “Ozodlik radiosi” “Ikkala davlat rasmiylari¸ hamkorlikning¸ ayniqsa¸ Xitoy iqtisodiy ekspansiyasi (boshqa yurtga nisbatan hududiy, geografik yoki boshqa kengayishi) kengayish fonida o‘zaro manfaatli ekaniga alohida e’tibor qaratmoqdalar¸ deb xabar qildi o‘z manbalariga tayangan Reuters” deya xabar tarqatdi.

Xitoy koronavirus karantini tufayli dunyo bozorlaridagi bir qator pozitsiyalarini boy berishi kutilyapti. Uni bu holga (virus tarqash ortidan karantin holatiga) solgan favqulotda vaziyatmi yoki xalqaro siyosatdagi giosiyosiy o‘yinlarmi, bundan qat’iy nazar hozirgi Xitoyning holati nochor ahvolga tushib boryapti. Bu esa olamda o‘ziga xos iqtisodiy bo‘shliqlar paydo qilishi mumkin bo‘lgan holatdir. AQSh bu bo‘shliqni Hindiston bilan to‘ldirishi mumkinligiga ishora qilmoqda.

 AQSh Xitoyga qarshi olib borayotgan olamiy matbuot kurashi butun dunyoni vahimaga sola oldi. AQSh Xitoydagi virusni vabo darajasiga ko‘tarish bilan Xitoyning olamda bosqinchilik maqsadidagi investitsiya yurishiga barham berishni, hech bo‘lmasa uning shu iqtisodiy bosqinchiligini vaqtincha bo‘lsa ham bartaraf etishni maqsad qiladi. Xitoyning vaqtinchalik falaj holatidan foydalanib olam investorlarini Hindistonga burish, shuningdek olamdagi ochilib borishi kutilayotgan iqtisodiy bo‘shliqlarni Hindiston singari arzon ishchi kuchlari mavjud mamlakat bilan to‘ldirmoqchi bo‘ladi.

Eron kabi AQSh uchun noqulay yoki vaqtincha muammo paydo qilayotgan mamlakatlarni ham, xuddi Xitoyning holiga solishi mumkinligi bilan ularga ham tahdid qiladi. Chunki kapitalistlarda “matbuot kimning qo‘lida bo‘lsa olam uning qo‘lida” degan shior bor. Koronavirusga qarshi kurash insoniyat sog‘ligini himoya qilish asosiga qurilishi kerak edi. Xalqaro siyosat esa uni iqtisodiy va siyosiy manfaat talashish quroliga aylantirib boryapti. Bu maqsad esa, xalqaro quvvatli matbuot mashinasi vositasi bilangina amalga oshirilishi mumkin.

Olamiy matbuot insoniyatga vahima sola oldi. Ba’zilar karantindagi o‘z fuqorolarini ham qabul qilishdan bosh tortib, Ukrainadagi singari to‘palonlar uyushtirishyapti. Ular Xitoy fuqorolarini ham, o‘z yurtlariga kirgizishga qarshilik qilishlari tabiiy hol. Xitoy o‘ziga tobe olamda kengayib borayotgan investitsiya va qo‘shma korxonalarini boshqarishda muammolarga duch kela boshlaydi. Chunki u mamlakatlar fuqorolari xoin hokimlariga qarshi ko‘tarilib, ulardan Xitoy korxonalari va fuqorolarini chiqarib yuborshni talab qilishlar ko‘payadi.

Eron va unga o‘xshagan boshqa yirik davlatlarga yoqmay qolgan xalqaro siyosatda zayif va mustamlaka davlatlar, hamisha matbuot kurashi ortidan jabr tortib kelishadi. Chunki ular ergashib borayotgan xalqaro siyosat kufr aqidasi asosiga qurilgan bo‘lib, xalqaro siyosatda olamiy etakchilikni o‘z ixtiyorlari bilan Islom ummati yashagan mamlakatlarga topshirib qo‘ymaydi. Aksincha har bir imkoniyatdan foydalanib bizning yurtlarimizni tahqirlashga, har bir illatda bizni ayblash bilan haddimizni tubanlashtirishga urinishadi. Ommaviy qirg‘in viruslari ham, antiviruslari ham ularning qo‘llarida ekanidan, xohlagan vaqtlarida bizni olamdan izolyatsiya qilishlari ham mumkin.

 Vaboga qarshi kurashni islomiy hadlarga bog‘lamas ekanmiz, ular bizni boshimizga tushgan balolardan ham o‘z moddiy manfaatlari yo‘lida bizni dovdiratib yuraverishadi! Vaholangki Xalifalik davlati ostidagi hududlarda ham vabo kasali tarqagan. Unga nisbatan shar’iy hukmga rioya qilish bilan musulmonlar Allohning nusratiga etishgan va kasallik ortga chekingan. Aqidaga aqlan iymon keltirgan musulmonlar faqat Allohga tavakkul qilishgan. Trampga yoki kufr olamiga emas! Boshimizga tushayotgan yoki kufr olami atayin solayotgan kulfatlardan faqat Allohga qaytish bilan qutila olamiz birodarlar!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.