Konstantinopol fathi ro‘yobga chiqqan maqsad bo‘lib, o‘z ortidan qator maqsadlarni ergashtiradi

126
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Konstantinopol fathi ro‘yobga chiqqan maqsad bo‘lib, o‘z ortidan qator maqsadlarni ergashtiradi

Ustoz Abdulaziz Munis

Konstantinopolning fath qilingani xotirasi buyuk xotira bo‘lib, unda Rosulimiz ﷺning bashoratlari ro‘yobga chiqqan. Bu bashorat yosh amir yigit Muhammad Fotih va uning mujohid qo‘shini qo‘li bilan amalga oshdi. Ushbu amirni ham, uning qo‘shinini ham Alloh rahmat qilsin. Rosululloh ﷺ bunday marhamat qilganlar:

«لَتُفْتَحَنَّ الْقُسْطَنْطِينِيَّةُ فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ»

«Konstantinopol albatta fath qilinadi. Uning amiri qanday ham yaxshi amir, uni fath qilgan qo‘shin qanday ham yaxshi qo‘shin». (Hokim rivoyati va Ahmad ham o‘zining «Musnad»ida sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

Ushbu buyuk xotira bizga haqiqiy er kishilarini eslatmoqda. Darhaqiqat, ular Allohga tavakkul qildilar va shar’iy sabablarning moddiy va ma’naviysi bilan birga ushlab, dushman tomonidan musulmonlarning o‘z Rosullari bashoratini amalga oshirishishlari oldiga qo‘yilgan to‘siqlarni engib o‘tdilar. Bu ishda ular o‘sha zamondagi odamlar aqli bovar qilmaydigan ishlarni qildilar. Masalan, atigi uch oy ichida ulkan qo‘rg‘on qurishdi… Konstantinopol devorlarini vayron qilish uchun zambarak yasashdi… Shahar devori buzilmasligi uchun dushmanlar Ko‘rfazning kirish qismiga tortgan zanjirdan kemalarni olib o‘tishga hojat qolmadi. Chunki Galata tepaligiga qalin yog‘och-taxtalarni yotqizib, ularga katta miqdorda yog‘ va moy to‘ktirildi. So‘ng yog‘och-taxtalar ustidan kemalarni sudrab olib o‘tkazdilar. Va nihoyat buyuk fath amalga oshdi valhamdu lillahi Robbil alamin.

Biz ushbu xotiradan foydalanib, Ummatga boshqa hali ro‘yobga chiqmagan nabaviy bashoratlarni eslatamiz. Ulardan biri Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikning qayta barpo bo‘lishi bashoratidir. Rosululloh ﷺ bunday marhamat qildilar:

«تَكُونُ النُّبُوَّةُ فِيكُمْ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ اللهُ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَاضًّا، فَيَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ يَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ. ثُمَّ سَكَتَ».

«Sizlarning orangizda Alloh xohlaganicha payg‘ambarlik davom etadi. So‘ng Alloh xohlagan paytda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng raiyatiga zulm va adolatsizliklar etadigan podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi. Keyin Payg‘ambar sukutga cho‘mdilar». (Ahmad hasan sanad bilan ishlab chiqqan). Yana biri yahudiylar bilan jang qilinajagi haqidagi bashorat: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

«لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يُقَاتِلَ الْمُسْلِمُونَ الْيَهُودَ فَيَقْتُلُهُمْ الْمُسْلِمُونَ حَتَّى يَخْتَبِئَ الْيَهُودِيُّ مِنْ وَرَاءِ الْحَجَرِ وَالشَّجَرِ فَيَقُولُ الْحَجَرُ أَوْ الشَّجَرُ يَا مُسْلِمُ يَا عَبْدَ اللَّهِ هَذَا يَهُودِيٌّ خَلْفِي فَتَعَالَ فَاقْتُلْهُ إِلَّا الْغَرْقَدَ فَإِنَّهُ مِنْ شَجَرِ الْيَهُودِ»

«Musulmonlar to yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni o‘ldirmagunlaricha qiyomat qoim bo‘lmaydi. O‘shanda yahudiy tog‘-tosh va dov-daraxtlar ortiga yashirinib olsa, tog‘-tosh va dov-daraxtlar (tilga kirib) ey Allohning bandasi, mana yahudiy, orqamda turibdi, kel uni o‘ldir, deydi. Faqat g‘arqad daraxti unday demaydi, chunki u yahudiylarning daraxtidir». (Muslim rivoyati). Yana biri Rimning fath qilinajagi haqidagi bashorat: Abdulloh ibn Amr aytadi:

«Biz Rosululloh ﷺning oldilarida yozib o‘tirgan edik. Rosululloh ﷺdan qaysi shahar birinchi fath qilinadi, Konstantinopolmi yoki Rimmi?, deb so‘radilar. Shunda Rosululloh ﷺ

«مَدِينَةُ هِرَقْلَ تُفْتَحُ أَوَّلاً، يَعْنِي قُسْطَنْطِينِيَّةَ»

«Irakli shahri, ya’ni, Konstantinopol birinchi fath qilinadi», deb javob qildilar. (Ahmad hasan sanad bilan ishlab chiqqan).

Ushbu buyuk bashoratlar hech shubhasiz albatta ro‘yobga chiqadi. Biroq u osmon Farishtalarining hadiyasi bilan ro‘yobga chiqib qolmaydi, balki Ummat orasida yurib, u bilan birgalikda Rosuli karimlari ﷺning tariqatlari bo‘yicha harakat qiluvchi xolis er kishilari qo‘li bilan ro‘yobga chiqadi. Ular zolim rejimlarni ag‘darib, ularning xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etadilar. Armiyalar xalifa amirligi ostida harakatga keladi va yahudiy vujudni yo‘q qilib, uning iflosligidan muborak zaminni ozod etadilar. Keyin ular sherlar kabi o‘kirib, Allohga tavakkul qilib, Rim fathi sari yo‘l oladilar va ana shunda Allohning izni ila – Rosulullohning barcha bashoratlari ro‘yobga chiqadi. Mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlikka to‘ladilar.

Ey musulmonlar!

Qolgan ikki bashoratni, ya’ni, yahudiylarga qarshi jang qilish va Allohning madadi ila, Rimni fath qilish bashoratlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida harakat qiladigan roshid Xalifalikni barpo etish uchun Rosululloh ﷺning tariqatlari bo‘lmish shar’iy tariqatni tabanniy qilgan birdan-bir hizb Hizb ut-Tahrirdir. Bas, hech ikkilanmang va ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta – Alloh u kishiga nusrat bersin – amirligi ostidagi ushbu Hizb bilan birga harakat qilib, ikki dunyo baxtini qo‘lga kiriting.

Alloh Taolo bunday dedi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to`planursizlar» [Anfol 24]

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.